O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIYOT FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O’QITISH METODIKASI” kafedrasi
5110300 - “Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi III-kurs 302-guruh talabasi
Ahmatov Dilmurodning
“Organik kimyo” fanidan
ALIFATIK BIR ASOSLI KARBON KISLOTALARNING
GOMOLOGIK QATORI
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Bozorov N. I.
Ilmiy darajasi va lavozimi: dotsent v.b., k.f.n.
Topshirdi: Ahmatov D. A.
Toshkent -2013
REJA:
KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.
Asosiyqism
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning tuzilishi, nomenklaturasi.
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning olinish usullari.
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning xossalari.
Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning qo’llanilishi va tabiatda tarqalishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan so’ng respublikamiz butun ta’lim tizimi, jumladan, bakalavriat va magistrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo’ldi. Ana shu tarixiy hujjat qatorida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaliy ijrosiga, shuningdek, bakalavr va magistrlar tayyorlashga bag’ishlangan O’zbekiston Prezidentining o’ndan ortiq Farmon va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2004 yil 19 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2008 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishi, 2004 yil 21 mayda “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Farmonlarning qabul qilinishi ta’lim rivoji millat, xalq taqdiriga, yangi yosh avlodning kelajagiga, iqtidoriga daxldor ekanini ko’zda tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichini o’z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so’z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o’tish yakunlanmoqda.
Mazkur huquqiy hujjatlarda birinchidan, yangi ta’lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta’lim sohasidagi o’zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo’lganligi va uning O’zbekiston sharoiti, ahamiyatligi bilan bog’liq jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqa xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari, to’rtinchidan, mamlakatimiz oliy ta’lim sohasidagi 71 ta muassasa tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevralda “Yoshlar yili” Davlat dasturi to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Qarorda “Yoshlar yili”da bajarilishi lozim bo’lgan asosiy va muhim vazifalar belgilab berildi va ular ijrosi 9 ta yo’nalishda amalga oshirildi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining majburiyligi
o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining yo’nalishini: akadmik litseyda yoki kasb hunar kollejida o’qishning tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi:
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi:
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv:
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish:
Mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarida 2012-2013 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va yaratilayotgan shart-sharoitlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida joriy yilning 24 avgust kuni Milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda vazirlik rahbariyati va mas‘ul xodimlari, oliy ta‘lim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, talabalar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, o‘quv jarayoniga eng ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, Axborot-resurs markazlarining samarali ishlashini ta‘minlash, laboratoriya amaliyoti va kasbiy amaliyotni kerakli darajada tashkil etish, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, shuningdek, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish har tomonlama bilimli va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yaqinda respublikamiz oliy ta‘lim muassasalariga bakalavriat ta‘lim yo‘nalishiga kirish bo‘yicha test imtihonlari natijalari e‘lon qilinib, unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab 56 607 nafar 1-kurs bakalavrlar o‘qishni boshlaydi. Talabalikka qabul qilinganlarning 10%i esa o‘qishga kirishda belgilangan imtiyozlardan foydalangan.Ular asosan muddatli harbiy xizmatni imtiyozli o‘tab kelgan yoshlar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari.
Aytish joizki, ta‘lim sohasidagi davlat siyosatini yangi islohotlar bosqichiga ko‘tarishga xizmat qilayotgan muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha Dastur tasdiqlandi.
Mazkur Dastur bilan Oliy ta‘lim muassasalarining modiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta‘lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta‘lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma‘lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari belgilangan.
Dasturni amalga oshirish davomida oliy ta‘lim muassasalarida 190ta o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari va sport inshootlarini zamonaviy tarzda qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda 8 ta oliy ta‘lim muassasalarining 32 yaqin ob‘ektlarida qurish, rekonstruktsiya qilish va ta‘mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Shu bilan bir qatorda, OTMlarida mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport inshootlari, axborot resurs markazlari, ovqatlanish shaxobchalari kabi ob‘ektlarni qo‘shimcha yaratish va zamonaviy jihozlash masalalari ham ko‘zda tutilgan.
2012-2013 o‘quv yiliga ma‘naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bevosita “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi bilan bog‘liq holda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati - ulug‘” mavzuida ommaviy axborot vositalariga bergan intervьyusi mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ommabop risola tayyorlanib, 2012-2013-o‘quv yilidan boshlab risola asosida maxsus kurs o‘qitiladi.
Kurs ishining yozilishidan maqsad shundan iboratki, bunda talaba o’zi mustaqil ravishda izlanadi, izlangan sari bu mavzuni mustaqil ravishida o’zlashtirib boradi.
Kurs ishining vazifasi talabaga darslikdan tashqari kitoblardan ham ma’lumot yig’ish uni o’rganish va kerak bo’lganda o’rgangan bilimlarini takomillashtirib hayotga tadbiq etishiga, qisqa qilib aytganda talabaning bilim darajasini mukammanlashtirishga yordam beradi. Prizedentimiz Islom Abdug’aninievich Karimov ham bu xususda alohida to’xtalib, yosh va bilimga boy kadrlar har tomonlama O’zbekistonning rivojlanishiga katta hissa qo’shajagini bir nechamarta takrorlagan va tegishli qonun va qoidalar chiqargan.
Dostları ilə paylaş: |