2
https:\\www.xabar.uz\\uz\jamiyat\shavkat-mirziyoyev-qatag‟on-qurbonlari-haqida
9
1 – BOB. QISHLOQ XO‘JALIGINI OMMAVIY JAMOALASHTIRISH
JARAYONI.
(SIYOSATI VA AMALIYOTI).
1.1.
20 – yillarning oxirlarida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining
ahvoli.
Yurtimiz tarixini o„rganar ekanmiz, o„z ko„lami va iztirobi bilan tarixda chuqur
iz qoldirgan qishloq xo„jaligi ommaviy jamoalashtirish davri, hozirgi kun nuqtai
nazaridan qayta tahlil qilinishi lozim ekanligini his qilamiz. Ayniqsa, sho„ro
inqilobidan keyin qishloq xo„jaligini sotsialistik asosda qayta qurishning dastlabki
bosqichi hotimasi hisoblangan “harbiy kommunizm” davrida amalga oshirgan agrar
o„zgartirishlarni tahlil qiladigan bo„lsak, bu davr uzoq o„zbek qishlog„ida ko„zga
ko„rinarli ijtimoiy-iqtisodiy natijalariga olib kelgan emas. Yer-suv islohoti arafasida
qishloq xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish 1914-yilgi darajada nisbatan 1921-
yilda 48,8 foizga qisqardi.
3
Shuningdek, yirik xo„jaliklar soni ulardagi yollanma
ishchilar soni ham kamayib bordi. Misollarga murojaat qiladigan bo„lsak, birgina
Toshkent uyezdida qishloq xo„jaligidagi yollanma ishchilar soni 11876 dan 1029
gacha, Mirzacho„lda 457 dan 135 gacha ozaygan va hakozo. Yerni ijaraga oladigan
va beradigan xo„jaliklar soni ham qisqardi.
4
Sababi-harbiy komмunizm siyosati
oqibatidan qishloq xo„jaligi ayniqsa, agrar sohaning halokatli darajaga kelib
qolganligidir.
Shuningdek, respublikamiz qishloq xo„jaligiga 20-yillar oxiri Sho„ro inqilobidan
so„ngi vaqtda ham yerlarning taqsimlanishi bir xilda amalga oshirilmadi. Aholining
ko„p qismini tashkil etuvchi o„rta hol dehqonlarning xo„jalik tomorqasi 15-20
desyatinadan oshgan emas.
Rahbariyatda
esa
yo„llanma
ishchilar
sonining
qisqarishi
mustaqil
xo„jaliklarning ko„payishi tufayli sodir bo„lmoqda, degan fikr mavjud bo„lsada,
amalda buning teskarisi edi. Kambag„allar soni ko„paydi. Kambag„al va yo„qsillar
xo„jaliklarining ko„payishi birinchi navbatda o„rta hol dehqonlar xo„jaliklarining
3
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Т.:Шарқ, 2000.-180-бет
4
Аминова Р.Х. Аграрная политика Советской власти в Узбекистане (1917-1920 гг.) – Т.: АН УзССР, 1963. – 247-
ст.
10
barham topishi tufayli yuz berdi. Masalan, yeri yo„qlar soni Samarqand viloyati
o„troq tumanlari bo„yicha 1917-yilda 0,5% bo„lsa, 1920-yilda 3,3% ga yetdi.
Sirdaryo viloyati bo„yicha 4,4% dan 6,9 foizgacha o„sdi.
.5
Qishloq kambag„lasha bordi. Sababi qishloqdagi o„ziga to„q toifa iqtisodiy
qudratining siquvga olishining sinfiy qarama – qarshilik siyosiy natijasida
umumqashshoqlik yuz berishidir. Ushbu salbiy holatlarni tugatish uchun agrar va
ijtimoiy siyosatda o„zbek qishlog„ining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o„ziga
xos xususiyatlarni inobatga olish zarur edi. Uning ijtimoiy tuzilmasidagi asosiy
elementlarning mutanosibligini saqlab turish maqsadida qishloq xo„jaligi sohasida
ma‟lum ishlar rejalashtirildi.
Jumladan,Turkistonning, Buxoro va Xorazm xalq respubliklalarining og„ir
inqirozdan chiqishi uchun muhim tadbirlardan biri RSFSR hukumatining,sanoat
markazlarining yordami bo„ldi. Natijada, kambag„al va o„rta hol xo„jaliklar kredit
bo„yicha mablag„ bilan ta`minlandi.1919-yil Turkistonda 1390 kredit tashkilotlari
mavjud bo„lib, ular 481707 dan ortiq mustaqil dehqon xo„jaliklarini va 2,5 millionga
yaqin dehqonlarni birlashtirgan edi. Ularga kredit bo„yicha 300 millon so„mdan ortiq
mablag„ ajratilgan edi, 1920-yilda esa – 5 milliard so„mga yaqin mablag„ ajratildi.
.6
Ajratilgan mablag„larning ko„p qismi paxtachilikni rivojlantirish uchun sarflandi.
Shunga qaramasdan, yangi iqtsodiy siyosatga o„tilish munosabati bilan
paxtachilikning inqirozi metropoliyaning iqtisodiy manfaatlariga jiddiy ta`sir
ko„rsatadi. Shuning uchun markaz birinchi navbatda paxtachilik sohasini
rivojlantirish uchun zarur choralarni ko„ra boshladi. Hattoki, RSFSR Oliy xalq
xo„jalik
kengashi
huzurida
Bosh
Paxta
Qo„mitasi
tuzildi.
Dehqonlarni
rag„batlantirish, qishloq xo„jalik qurollari bilan ta`minlash borasida biroz ishlar
qilindi va ko„rilgan chora – tadbirlar xo„jalik sohasida muayyan samarasini bera
boshladi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun muhim omil bo„lgan irrigatsiya ishlarini,
ayniqsa suv xo„jaligini tiklash uchun dehqonlar ommasini majburan ishga jalb etish
to„g„risida 1921-yil mayida Turkiston AvtonomRespublikasi HKK Moskvaning
5
Статичесский ежегодник 1917-1932 гг.Т.2.-Т.,1934. 50,54,56,58-ст.
6
Уз PМДА,фонд-44,рўйхат 1,иш :,124-варақ.
11
talabi bilan o„lkadagi irrigatsiya ishlarini harbiylashtirish to„g„risida dekret qabul
qildi.
.7
Bundan
tashqari,
dehqonlarni
majburiy
mehnatga
jalb
etish
bilan
irrigatsiyalishini yaxshilab bo„lmasligi ma‟lum bo„lgach, davlat budjetidan 1924 -
yilga kelib 6 260 ming so„m hisobida mablag„ ajratildi.
8
Shu bilan birga
dehqonlarning bepul mehnatidan foydalanish yo„lidan ham orqaga qaytish bo„lmadi.
Birgina 1923-yili umumiy bepul xizmat haqqi 3,8 mln. so„mdan ortdi. Yer–suv
islohati o„tkazish arafasida agrar o„zgarishlarining muhim yo„nalishi –
muvofiqlashtirilgan yer siyosatining o„tkazilishi bo„ldi. Mazkur yondashuv 1921 –
1922 yillar amalga oshirilgan yer – suv islohatida yaqqol ifodalandi. Agar islohatning
yangi bosqichining umumiy vazifalari TKP V sezdida va Turkiston Sovetlarining IX
qurultoyi ( 1920 y sentabr ) qarorlarida belgilab olindi.
9
Umuman Turkistonda qishloq xo„jaligini tiklash uchun irrigatsiya inshoatlarini
tartibga solish maqsadida biroz oldinroq ham davlat budjeti tomonidan Turkistonga
1922-yilda 4 ming so„m, 1923-yilda - 5567 so„m, 1925 yilda - 2971 so„m ajratilgan
edi.
10
Bundan tashqari yer – suv islohati o„tkazish davrida ham paxtachilikni
rivojlantirish uchun katta tashkiliy yordam berilib, bu tadbir 1921 yil bahorida
kengroq amalga oshirila boshlandi.
Tarixiy tajriba nuqtai nazaridan 1921 – 1922-yillar islohatini baholaydigan
bo„lsak, shuni ta`kidlab o„tish joizki, o„sha voqealarning asl mohiyati harbiy
kommunizm rejimiga borib taqaladi. Bu islohat yerdan foydalanish bo„yicha
mehnatni taqsimlash tamoyiliga asoslangan edi. Yana shuni aytib o„tish kerakki,
islohot o„tkazish davrida o„lkanining o„ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi va
shoshilinch ravishda ish olib borildi. Kuch ishlatish usullaridan butunlay voz kechish
kerakligi inobatga olinmadi. Yangi iqtisodiy siyosatga o„tish islohotining iqtisodiy
7
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-181бет.
8
Уша жойда.
9
Уша жойда.182-бет.
10
Бюллетень VII съезда КПТ.№ 9.1923.18 марта.
12
vositalar orqali o„tkazilishini, ya‟ni kooperatsiyaning turli formalaridan foydalanishni
taqozo etardi.
1921–1922-yillardagi yer–suv islohatini o„tkazish mobaynida yo„l qo„yilgan
xato va kamchiliklarni tuzatish ham kuch ishlatish yo„li bilan olib borildi. Ko„chib
kelgan aholining asosiy ommasi quloqlar deb e‟lon qilindi. ( Stolipin islohoti
davridagi siyosat natijasida ko„chirilgan rus dehqonlari nazarda tutilmoqda – O.N.).
Ularning o„z manfaatlarini himoya qilib chiqishlari esa “quloq – mustamlakachi
elementlarning qarshi kurashi” deb baholandi. Yer–suv islohoti favqulodda tadbir
sifatida olib borildi. Uning asosiy vositasi – ma‟muriy siquvga olish bo„ldi. O„ziga
to„q ko„chib kelganlardan nafaqat mehnat me‟yoridan ortiqcha sanalgan yer, balki
qishloq xo„jalik qurollari ham tortib olindi. Bunday yondashuv esa qishloq
aholisining sinfiy va milliy jihatdan parchalanishiga olib keldi.
Shuni aytish kerakki, ko„chib kelganlar yeri tortib olinganligi bilan birga
monastirlar, cherkov, vaqf yerlari hamda “oq gvardiya” zobitlari tomorqalari va
“nomehnat” xo„jaliklar yerlari ham yer taqsimlash fondiga tortib olindi. Yer–suv
islohoti o„tkazilgan asosiy tumanlar Toshkent, Sirdaryo, Farg„ona viloyatlari bo„ldi.
Tortib olingan yerlar asosida 20 ming xo„jalik tashkil etildi. Kam yerli
dehqonlarga va yo„qsillarga jami 117 512 desyatina yer taqsimlab berildi.
11
1921 – 1922-yillar yer – suv islohoti, bir tamondan, yer masalasining hal
etilishiga birmuncha ko„maklashgan edi. O„n minglab kam yerlilar va yo„qsillar uzoq
yillar davomida kutilgan yerga ega bo„lishdi. Boshqa tamondan esa, islohot
qishloqdagi siyosiy ahvolni keskinlashtirib yubordi. Natijada qishloqda sinfiy qarama
– qarshiliklar yuzaga kelib, qashshoqlar ommasi yerning haqiqiy egasi bo„lgan va
astoydil yerda mehnat qilib kelgan o„rta hol dehqonlarga qarshi kurash boshladilar.
Qishloqda sinfiy ”qayta qurish” vositalaridan biri yo„qsillar va kam yerli
dehqonlarning “Qo„shchi” ittifoqi bo„ldi. 1921-yil yoziga kelib respublikada 6
mingga yaqin ” Qo„shchi ” ittifoqi bo„limlari faoliyat ko„rsatgan edi. Umuman
11
Стенеграфический отчѐт Х съезда Советов Турк республики.-Ташкент,1921.25-ст.
13
olganda, Turkiston Respublikasida “Qo„shchi” ittifoqi yordamida mehnat bilan
shug„ullanmaydigan 8034 ta xo„jalik tugatilgan edi.
12
Ushbu islohat natijasida yer tuzish jamg„armasiga 1.722.626 desyatina yer
qo„shildi. Yer – suv islohoti davomida partiya va sovet organlari tamonidan jiddiy
xato va kamchiliklarga yo„l qo„yildi. Masalan, o„rta hol va qisman kambag„alni yangi
sovet yerlarga tegishli tayyorgarlik ko„rmasdan ko„chirish hollari yuz berdi. Bir qator
rayonlarda mahalliy organlar sun`iy ravishda aholini yer artellariga birlashtirib, ishchi
chorva va qishloq xo„jalik qurollarini jamoalashtirishga urindilar. 1921-yil boshiga
kelib faqat Farg„ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida majburiy ravishda 275 ta
kolxoz tashkil etilib, 8743 ta xo„jalikni birlashtirgan edi.
13
Lekin, qishloq xo„jaligida dastlabki iqtisodiy ko„tarilishni ta`minlashda,
Turkiston qishloqlarida kooperativ harakatning rivojlanishida 1923-yilda tashkil
etilgan Qishloq xo„jaligiga yordam ko„rsatish qo„mitasi salmoqli rol o„ynadi. Bu
qo„mita faoliyatining eng muhim yo„nalishlaridan biri qishloq xo„jalik shirkatlarining
tashkil etilishi bo„ldi. Ular qishloq xo„jalik kooperatsiyasining boshlang„ich shakli
edi. Qishloq xo„jalik shirkatlari bilan bir qatorda Turkistonda kooperatsiyalarning
boshqa turlari ham ommalashgan edi. Chunonchi, 1923 yilda respublikada har xil
turdagi 877 ta kooperativ mavjud bo„lib, ularga 288.1 ming kishi a‟zo bo„ldi. Ular
orasida 259 tasi matlubot kooperativlari, 346 tasi qishloq xo„jalik kooperativlari, 199
tasi hunarmandchilik kooperativi edi.
14
Keyinchalik kooperativlar soni ortdi.
Natijada, kooperativ qishloq xo„jalik ishlab chiqarishning yetakchi kuchiga aylanib
qoldi. Ayniqsa, paxtachilikda ularning ahamiyati katta bo„ldi. Shuni aytish joizki,
1924-yilda kooperatorlar umumiy paxta maydonlarining 92,6 % ga chigit ekgan
edilar.
15
Shu tariqa, paxtachilikda davlat monopoliyasi o„rnatildi. Biroq, kooperativ
harakatida muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda uning qudratli imkonyatlaridan to„la
foydalanilmaganligini ham aytib o„tish joizdir. Bunga ham qisman bo„lsada,
12
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-183-б.
13
Отчет о деятельности Туркестанского экономического совета.Февраль-октябрь 1921 г.Ташкент, 1922.180-ст.
14
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.-187-б.
15
Уз РМДА.9-фонд, 1-рўйхат,1271-йиғма жилд,5-варақ.
14
iqtisodiyotning mafkuralashganligi sabab bo„ldi. Ular kreditlar berish va
kooperativlarga a‟zolar qabul qilish masalalarida yaqqol ko„zga tashlandi. Har kimni
ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag„allarga
imtiyozlar berilganligi dehqon xo„jaliklarini rivojlantirishga iqtisodiy jihatdan zarar
yetkazdi. Shuningdek, islohatining asosiy vositasi ma‟muriy tazyiq o„tkazishdan
iborat bo„ldi.
O„zbekistonda yer – suv islohotining ikkinchi bosqich 1925 – 1929 yillarida
o„tkazildi va qishloqda katta o„zgarishlarga sabab bo„ldi. Agrar masalaning
yechilishida 1924 yilda O„rta Osiyoda o`tkazilgan milliy – davlat chegaralash muhim
shartlarida biri bo„ldi. O„zbekiston SSRning tashkil topishi islohotga tayyorgarlikni
yaxshiladi. Yerdan foydalanish ahvolini aniqlashga va yer bilan ta`minlash
me`yorlarini belgilashga yordam berdi. Chegaralash har bir rayonning ijtimoiy –
iqtisodiy ahvolini yaxshilash va uning qishloq xo„jalik ixtisoslashuviga qarab
rivojlanishi uchun kerak bo„lgan sharoitlarni aniqlashda muhim omil bo„lib xizmat
qildi.
O„zbekiston SSRning tashkil topishi bilan milliy chegaralashdan oldin vujudga
kelgan kooperatsiyalash an`analari davom ettirildi. O„zbekiston hukumati va
kompartiya islohotni amalga oshirish davrida dehqonlar kooperatsiyaning turli
shakllariga kirishi uchun katta ishlar olib borishdi. Natijada, 1927 yilda respublikada
kooperatsiyalashgan dehqon xo„jaliklari hajmi 55 %ga yetdi, 1929 yilga kelib esa 81
% gacha o„sdi.
16
Ayniqsa paxtakor xo„jaliklar orasida kooperatsiyalashuv jihati
muvaffaqiyatli bo`ldi. 1927 yilda respublikada 386 ta paxta yetishtiruvchi
kooperativlar faoliyat ko„rsatgan edi.
17
O„z SSR tashkil topishi davriga kelib respublika hududida kooperativ
tashkilotlarning ikkita turi mavjud edi: universal qishloq xo„jalik kredit – korxona
( Uzselxozkredit ) va matbuot kooperatsiyasi. 1927-yilda respublika
kooperatsiyasi qayta tashkil etilib, maxsus tarmoqlarga bo„lindi. 1927-yil fevralida
“Uzpaxtasoyuz ” paxta yetishtirish kooperasiyasi, 1928-yil martida
16
Голованов А.А.Крестьянство Узбекистана: эволюция социального положения 1917-1937 г.г.-Т.:Фан,1992.-
106-ст.
17
Ўша жойда 107-ст.
15
“Kolxozsentir”, “Kolxozsoyuz”, 1928-yil oktabrida “Jivotnovodsoyuz”
chorvador kooperasiyasi tashkil etildi. Keyinchalik bog„dorchilik – uzumchilik
birlashmalari ham tashkil etildi.
Kooperatsiya tizimining tez sur`atlar bilan o„sib borishi qishloqning iqtisodiy
jihatdan o„sishi uchun muhim omil bo„lib xizmat qildi. Uning yordamida xususiy
sektor faoliyati nazoratga olindi va mahsulot ayirboshlash ta`minlandi. Davlat krediti
taqsimlandi. Dehqonlar tovar – pul munosabatlariga tortildi. Ammo 1921 – 1922-
yillarda boshlangan yer islohati har xil jarayonlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, u
ma‟lum ma`noda yer masalasini hal qilishga yordam berdi. Biroq, yersizlarni yer
bilan ta`minlash sohasida ko„rilgan bu tadbirlar Turkiston xo„jaliklarining ayniqsa
o„zbeklar yashaydigan qismiga nihoyatda kam manfaat keltirdi. Chunki ularga
berilgan yerlar qishloq xo„jalik mahsulotlarni yetishtiriladigan barcha yerlarning 0,7
%ni tashkil etar edi, xolos.
18
Ammo qishloq xo„jaligini rivojlantirish davrida xalq turmush darajasini
yaxshilashdan ko„ra davlat ahamiyatiga molik sohalarini yuksaltirishga e‟tibor yana
orta boshladi va yangi iqtisodiy siyosat yillarida davlat bilan kooperatsiyaning
munosabatlari ko„p jihatdan iqtisodiy negizga qo„yildi. Davlat o„z maqsadlarini
ko„zlab, qishloq kooperativlarini dehqon xo„jalik uchun foydali bo„lgan shartlar
asosida kreditlar bilan ishlab chiqarish – tayyorlov tashkilotlarining tarmoqlarini avj
oldirish bilan qo„llab – quvvatlab turdi. U kooperativlardan yetishtirgan
mahsulotlarini sotib olar va so„ngra boshqa ijtimoiy – mafkuraviy ta‟sir ko„rsatish
choralarini ishga solardi. Bular qishloqda kooperatsiyaning jadal o„sishiga yordam
berdi. Kooperativ birlashmalarning davlat manfaatdor bo„lgan shakllari ancha
ko„proq rivojlandi. Davlatning iqtisodiy manfaati esa avvalgidek birinchi navbatda
paxtachilikka qaratilgan edi.
Yangi iqtisodiy siyosatning dastlabki tadbir va yo„nalishlari o„zida mavjud
ziddiyat hamda murakkablikka qaramasdan, qisman bo„lsada, sog„lom iqtisodiy
munosabatni yo„lga qo„yishga ko„maklashib, qishloq xo„jaligini falajlik holatidan
chiqarishga doir keskin muammolarni hal qildi. Agarda kooperatsiyaning faoliyati
18
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.-183-бет.
16
ko„proq mafkuraviy yo„l bilan olib borilmaganida, yer – suv islohotining oxiriga
kelib qishloq hayotiga mos bo„lgan kooperativ – jamoa xo„jalik tillarini obyektiv
zarurat tarzda izlash, tadrijiy tanlash jiddiy izdan chiqmagan bo„lardi. Bundan
tashqari, ma‟murlarning tazyiqi ostida kooperatsiyaning eng oddiy shakllari tabiiy
ravishda ancha murakkabroq shaklga o„tdi, agrar ishlab chiqarishning sotsialistik
usulini mustahkamlash yo„lga qo„yildi. Shu tariqa, kooperatsiyaning an`anaviy turlari
jamiyat tamonidan qo„llab – quvatlanmay qoldi. Aksincha, bizning fikrimizcha, xalq
xo„jaligini iqtisodiy rivojlanishining dastlabki bo„g„ini bo„lgan tovar ishlab
chiqaruvchilar, xo„jalik yuritishining bozor shakllariga asoslangan dehqon
xo„jaliklarini taraqqiy ettirishning obektiv qonuniyatlari buzulmaganida hamda agrar
o„zgarishlar strategiyasiga sinfiy – mafkuraviy yondashuv yuz bermaganda, yer – suv
islohatidagi mavjud imkoniyatlar barbod etilmagan bo„lardi.
1928-yildan boshlab, kolxozlarni jadal sur‟atlar bilan tashkil etish siyosati
o„tkazila boshlandi. Ayni paytda sovxozlar ham tuzila boshlanishi (bular asosan
paxtachilik xo„jaliklari edi. – O.N.) sababli vaqt o„tishi bilan xo„jalik qurilishida
ma‟muriy – buyruqbozlik tazyiqi kuchayib, iqtisodiy usullardan chekinish tobora
ko„proq ko„zga tashlana bordi. Ma‟muriy – buyruqbozlik usullari tomon sezilarli
burulishi ayniqsa 1927 -1928-yillar chegarasida namoyon bo„ldi. Xuddi o„sha vaqtda
Stalin “yirik xo„jaliklar” masalasi asosan hal bo„ldi deb hisoblab, partiyani agrar
sektorda mayda tovar negizini sun‟iy ravishda cheklash va o„rta hollarni uning
moddiy omili sifatida iqtisodiy jihatdan bug„ishga yo„naltirdi. Natijada, o„zbek
qishloqlarida ahvol jiddiy keskinlashuviga sharoit yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |