Odam savdosining uyushgan transmilliy jinoiy faoliyat sifatida asosiy farq qiluvchi xususiyati bo‘lib, uni sodir etish oqibatida jismoniy shaxslar tovarga aylanadilar



Yüklə 15,16 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü15,16 Kb.
#128828
Hujjat (5)


Odam savdosining uyushgan transmilliy jinoiy faoliyat sifatida asosiy farq qiluvchi xususiyati bo‘lib, uni sodir etish oqibatida jismoniy shaxslar tovarga aylanadilar. Ya’ni odamlar sotib olish yoki sotib yuborish, hadya qilish, topshirish uchun obekt bo‘lishlari mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ular jonsiz buyumlarga tenglashtiriladilar. Jabrlanuvchilar, asosan, o‘z yurtidan boshqa davlatlarga tranzit qilish, chegaralardan o‘tkazish orqali sotib yuboriladi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu jinoyat chegara bilmaydi, bu shaxslarga nisbatan barcha yoki ayrim ko‘rinishdagi huquqiy egalik alomatlari amalga oshiriladi.
Mamlakatimiz inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarga sodiqlikni namoyon qilgan holda, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro huquqiy hujjatlarning qoidalarini to‘la qo‘llab-quvvatlab, ularning deyarli barchasini ratifikatsiya qildi. Shuningdek, mustaqillik yillarida davlatimiz xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (xususan, odam savdosi)ning xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurashish haqida 29 ta shartnoma va kelishuvlarni imzoladi.
Huquqbuzarlikning sabablarini, jumladan, odam savdosi jinoyatlarining sabablarini tushuntirishda turli xil qarashlar mavjud. Ushbu qarashlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarda yuzaga keladigan ayrim muammolar, ziddiyatlar bilan izohlanadi. Kriminologik adabiyotlarda huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni tushuntirishda ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Birinchisi – huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarning ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liqligidir. Bunda jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlar obektiv va subektiv turlarga bo‘linadi. Obektiv sabab va shart-sharoitlar insonlarning irodasi va ongiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda mavjud bo‘ladi, shu bois ularni bartaraf qilib bo‘lmaydi, ammo ularni cheklash, bir qismini zararsizlantirish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, ya’ni ularni nazorat qilish va ularga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Subektiv sabablar va shart-sharoitlar odamlarning muayyan maqsad yo‘lidagi faoliyatiga taalluqli va bog‘liq bo‘lib, odatda ushbu faoliyatdagi kamchiliklarning oqibatida yuzaga keladi.
Ikkinchi yondashuv jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni inson, ijtimoiy guruh, jamiyat hayotining subektiv sohasi bilan bog‘liqdir. N. F. Kuznesovaning fikriga ko‘ra, sabab har doim oqibat bilan bevosita bog‘liqdir, undan hech qanday oraliq bo‘g‘inlar bilan ajralmagan. “Bizningcha, – deb yozadi N. F. Kuznesova, – oqibatning eng yaqin (bevosita) sababigina sabab deb atashga loyiqdir... Jinoyatchilik (va jinoyat)ning bunday bevosita sababi subektiv omil, ya’ni individumlar, ijtimoiy guruhlar psixologiyasidagi nuqsonlardir. Aynan ular jinoyatchilikning sabablari sifatida qaralishi mumkin Professor N. F. Kuznesova jinoyatchilikning sabablariga ijtimoiy-psixologik determinantlarni kiritadi; shaxsning jinoiy ruhda shakllanishiga imkon beruvchi sharoitlarga esa oilaning, yaqin atrofidagilarning, maktabdagi, ishlab chiqarishdagi, maishiy tarbiyadagi kamchiliklarning, har xil tashkiliy boshqaruvga oid xato va kamchiliklarning salbiy ta’siri singari hodisalarni kiritadi. Shunday qilib, jinoyatchilikning sabablarini tushuntirishga nisbatan ushbu yondashuv jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, avvalo, motivlar (subektiv sabablar) bilan bog‘liq. Shart-sharoitlar esa makro va mikro muhitda o‘z ifodasini topadi. Bunda mikro muhitga asosiy e’tibor qaratiladi, chunki individ ana shu darajada ijtimoiylashadi.
Mikro muhit darajasida ijtimoiy psixologiyada nuqsonlar shakllanishiga va bilvosita mikro muhit darajasidagi ijtimoiy institutlar orqali aniq shaxslarga ham ta’sir etadi. Subektiv sabab (shaxsning moyillik holati) bilan shaxs bo‘lgan vaziyat (obektiv sharoit) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir faqat yakka darajada yuz beradi. Ana shu o‘zaro ta’sir oqibatni keltirib chiqaradi. Boshqa tomondan, o‘zaro ta’sir (ushbu holda muayyan shaxsning vaziyat bilan shaxsning moyillik holat) bunday o‘zaro ta’sirning pirovard natijasi bo‘lmish oqibat (jinoyat) bilan amalga oshirilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek oqibat ham (qaytma aloqa prinsipi bo‘yicha) amalga oshib bo‘lgan va oqibat paydo bo‘lganidan keyin yo‘qolgan o‘z sababiga (shaxsning moyillik holatiga) ta’sir eta olmaydi.
Odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxslarda g‘ayriijtimoiy xulq-atvor rivojlanishining profilaktikasiga qaratilgan muhim yo‘nalishni ularni tarbiyalash, ularda jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashgan manfaatlarni shakllantirish, ijtimoiy zarurat talablariga bo‘ysungan holda o‘z manfaatlarini boshqarish va jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish tashkil qiladi.
Motivlar. Maxsus adabiyotda motiv deganda, insonni ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi omil tushuniladi. Keng ma’noda motivlarga ehtiyojlar va instinktlar, mayllar va emotsiyalar (his-tuyg‘ular), shaxsning moyillik holati va ideallar kiritiladi. Jinoyat huquqi fanida, jumladan, kriminologiyada shakllangan nuqtai nazarni keltiradigan bo‘lsak, jinoyat sodir etilishi motivlarining (kriminologiyada esa xatti-harakat motivlari asosida jinoyatchilarning ayrim tiplari ajratiladi) quyidagi turlari ajratiladi: g‘arazli, g‘arazli va zo‘ravonlikka asoslangan, zo‘ravonlikka asoslangan va egoistik (xudbin), anarxistik–individualistik va h.k.
Motivlarni talqin etishga bo‘lgan ushbu ikki yondashuvni yuzaki (tahminiy) qiyoslagandayoq, biz ularni tushunish va talqin etishda katta farqlar borligini aniqladik.
Biologiyada motivlarni insonni harakatga undovchi miya tuzilmalarining faol holati bilan bog‘laydilar. Ushbu tuzilmalar irsiy tarzda mustahkamlangan yoki yakka tartibda va guruhiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga qaratilgan tajriba tufayli orttirilgan bo‘ladi. Bunday holda biologiyadan maxsus bilimlarga ega bo‘lmay turib ham, motivlarni yakka tartibda jinoiy xulq sabablari bilan birday qarash mumkin emas, aks holda, “tug‘ma jinoyatchi” nazariyasiga olib boruvchi yo‘lga og‘ib ketamiz.
Shaxsning moyillik holati – motivlar zanjirini yakunlovchi, shaxsning atrofdagi ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’siriga vosita bo‘luvchi yo‘nalishi, shuningdek uning muayyan shaxsiy manfaatlar majmuini qamrab oluvchi xususiyati. U ijtimoiy-psixologik kategoriya bo‘lib, muayyan insonga xos bo‘lgan undovlarning ierarxik tarzda bir-biriga bo‘ysunishini bildiradi.
Manfaatlar – subektiv harakatlantiruvchi kuch, shaxsning voqelikni subektiv idrok etishi, subekt harakatlarining umumiy potensial sabablari yig‘indisidan bo‘lak narsa emas. Ammo muayyan harakatning eng yaqin sababi bo‘lib shaxsning muayyan vaziyatdagi muayyan harakatga ijtimoiy determinantlangan moyilligi sifatidagi shaxsning moyillik holatidir.
Shunday qilib, shaxsning moyillik holatlari yig‘indisi u yoki bu shaxsning axloqiy-psixologik darajasini aks ettiradi, deb xulosa chiqarish mumkin. Shu bois individning ijtimoiylashuv (jamiyatga moslashuv) jarayonida hosil qilinadigan va aniqlanadigan har xil (g‘arazli, zo‘ravonlikka asoslangan va boshq.) shaxsning moyillik holatlari individ jinoiy harakatining aniq, haqiqiy sabablari deb atalishi mumkin.
Yüklə 15,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin