Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 413,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/63
tarix02.01.2022
ölçüsü413,12 Kb.
#47858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
biokimyo-laboratoriya



 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI  

TABIIY FANLAR KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

 

P. MIRXAMIDOVA, X.S. NURMETOV 

 

 

 

BIOKIMYO FANIDAN LABORATORIYA 

MASHG`ULOTLARI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT- 2019 

 

 


1 - LABORATORIYA.  

LABORATORIYA XONALARI BILAN TANISHISH, LABORATORIYA 

JIXOZLARI VA MODDALAR BILAN ISHLAGANDA AMAL 

QILINADIGAN HAVFSIZLIK QOIDALARI 

 

Klinik tashxis laboratoriyasida ishlaganda e’tibor qilmasa havfli oqibatlarga olib 

kelishi  mumkin  bo`lgan  ehtiyot  choralariga  amal  qilish  zarur.  Zaharli,  yengil 

yonuvchi, portlovchi, kimyoviy kuydiruvchi xususiyatiga ega bo`lgan moddalar bilan 

ishlaganda, bu ehtiyoj choralariga ayniqsa amal qilish kerak. 

Pipetka  bilan  ishlaganda  qisman  suyultirilgan  va  kontsentrlangan  kislotalar 

(azot, sulfat, xlorid, sirka kislotalari) zaharli va zazarli moddalarni og`iz bilan tortish 

mumkin  emas,  balki  rezina  nok  yoki  silindrdan  foydalanish  zarur.  Bunga  xrom 

aralashmasi ishlatishda ham amal qilish kerak. 

Zararli gaz yoki bug`lar hosil qiladigan (azot, xlorid, sirka kislota va boshqalar) 

kukun  xolidagi  changlanadigan  moddalarni  ishlatganda  dokali  respiratorlar  va 

himoya ko`zoynagidan hamda mo`rili shkafdan foydalanish kerak. 

 

Turli  asboblar  220V  kuchlanishili  elektr  tokidan  foydalanilganligi  sababli 



laboratoriyada  umumiy  yerga  ulanish  kontur  tizimi  ta’minlangan  bo`lishi  kerak.  Bu 

asboblarida  foydalanishning  nafaqat  havfsizligini,  balki  asboblar  ko`rsatkichlarning 

aniqligini  ham  ta’minlaydi.  Havfsizlik  maqsadida  oxirgi  paytda  asboblarning  elektr 

qo`shimcha  yerga  ulanish  –kontakt  simlari  bor  maxsus  vilka  va  rezetkalar  bilan 

chiqarilmoqda. Shuning uchun ularni qo`shimcha yerga ulash shart emas. 

Laborant  klinik  material  bilan  ishlaganda  ehtiyotlik  va  e’tibor  bilan  ishlashi 

kerak.  Bu  materiallar  bilan  ishlagandan  so`ng  darhol  materialni  va  ishlatilgan 

idishlarni ham zararsizlantirish ya’ni kimyoviy va termik ishlov berish zarur. 

2-3  jadvallarda  eng  ko`p  ishlatiladigan  zaharli,  yonuvchan  va  portlovchi 

kimyoviy  moddalarni  saqlash  qoidalari,  kuyish  va  zararlanishda  ko`rsatiladigan  

birinchi yordam haqida ma’lumot beriladi. 

Shuni  esda  tutib  turish  lozimki,  kimyo  laboratoriyalarida  texnika  xavfsizligiga 

rioya  qilmaslik  turli  travmalarga  olib  kelishi  mumkin.  Zaharlanganda  va  kuyganda 

shuni  qat’iyan  esda  tutish  kerakki,  teriga  ayniqsa  ko`zga  kislota,  ishqor  tekganida 

tanada neytrallash reaksiyalarni qo`llab bo’lmaydi. Har qanday neytrallash reaksiyasi 

(Kislotaga  kuchsiz  ishqor  eritmasi,  ishqorga  esa  kuchsiz  kislota  eritmasi  issiqlik 

ajralishi  bilan  kechadi.)  Kimyoviy  kuyishga  termik  kuyish  eng  yetarli  va  samarali 

choradir.  

 

 




Yüklə 413,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin