«Ommaaviy madaniyat» ning



Yüklə 28,29 Kb.
səhifə1/3
tarix26.09.2023
ölçüsü28,29 Kb.
#148690
  1   2   3
(Musiqa Ommaviy madaniyat)


Mavzu: Yoshlarimiz ongi va qalbiga qaratilgan “ommaviy madaniyat” ijtimoiy pedagogik tahdidi


REJA



  1. «Ommaaviy madaniyat» ning tarixi va kirib kelish sabablari.




  1. «Ommaviy madaniyat» ning asosiy maqsadi, mazmun mohiyati.




  1. «Ommaviy madaniyat» ning darajalari.




  1. «Ommaviy madaniyat» ning rivojlvnishida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni.




  1. «Ommaviy madaniyat» ning bugungi kundagi mafkuraviy tahdidi.

Prezident Islom Karimov 2007 yil 30 avgust kuni Oqsaroyda Senat, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasining qo’shma majlisida so’zga chiqib, bugungi kunda yoshlarimiz qalbi va ongiga tahdid solayotgan ommaviy madaniyat tahdidi mohiyatini ochib berib: “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so’ng, jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va ahloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo’lishi kerak” - dedi.
Ushbu ogohlikka da’vat yoshlarni, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda yangi, amaliy vazifalarni belgilab berdi. Zero shu paytgacha bizga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar qatorida “ommaviy madaniyat” tahdidi bu darajada qayd qilinmagan va ma’naviy-axloqiy tarbiya rejalarida maxsus qayd qilinmagan edi. Ushbu tahdidning pedagogik nuqtai-nazardan o’rganilmaganligi, to’g’ridan to’g’ri talaba yoshlarning g’oyaviy-estetik dunyoqarashiga qaratilganligi sababli biz ommaviy madaniyatning mohiyati, uning yoshlar madaniyati va ma’naviyatiga ta’sirini pedagogik talqin qilishni alohida masala sifatida belgilab oldik. Bu borada xorijlik jamiyatshunos, madaniyatshunos, faylasuf va pedagog olimlardan Ortega-i-Gasset,
U.P. Smolskaya, D.Bell, A.Ya.Fliyer, T.A.Fetisova, V.P.Rudnev, V.P.Shestakov, K.T.Teplis, Ye.N.Shaginskaya, O.Xaksli hamda O’zbekistonlik olimlar N.Umarova, M.Quronovlarning tadqiqotlariga murojaat qildik.
“Ommaviy madaniyat” iborasining keng tarqala boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to’g’ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo’nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o’zgarishi, hayot taqazosi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikasiya (radio, kino, televideniye, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi
o’sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli deb, XIX asrning 30- yillarida adabiyotda paydo bo’lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko’rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o’tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “qalb industriyasi” deb nom berdilar.
Asr oxirida Amerika qo’shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo’la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo’ljallangan bo’lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog’i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala boshladi.
Amerikalik atoqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy: “Agar dunyoga huquqni
- Rim, parlamentni - Angliya, madaniyatni - Fransiya bergan bo’lsa, AQSh - fan va texnologik revolyusiyasi bilan ommaviy madaniyatni berdi” - degan edi.
An’anaviy madaniyatda bo’lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki, “Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o’ziga yakdil uchta tushunchani qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish me’yori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
Ommaviy madaniyat hozir insoniyat hayotining barcha jabhalariga tez kirib bormoqda va o’zi tarqalish uchun qulay makonni shakllantirmoqda. Kommunistik mafkura hukmronligi davrida o’ziga xos komunistikmadaniyat – komunistik Sobiq Ittifoq mintaqasida, mafkuraviy temir devor madaniyatga joy qoldirmas edi. Temir devor yiqilgach, Ommaviy madaniyat sovet respublikalariga seldek bostirib kira boshladi, shu jumladan o’zbekistonga ham. Shuning uchun ommaviy madaniyatning namoyon bo’lish holatlarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish muhim zaruriyatga aylandi. Faylasuf A.Ya.Fliyer taklifiga binoan “ommaviy madaniyat” yo’nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  • “Yoshlar submadaniyati” industriyasi;

  • Ommaviy ijtimoiy mifologiya; odamga murakkab qadriyatlar yo’nalishi tizimini joylashtirish; dunyoni ko’p qirrali tushunishini oddiylashtirish;

– Ommaviy dam olishning tashkiliy turlarini, turli shoularni, qiziqish va dam olishni sanoat asosiga ko’chirish;

  • Sog’lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi;

  • Ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa foydalanadigan xizmatlar, takliflarni rag’batlantirish tizimini tashkil etish (reklama, imidjmeykerlik va xokazo).

  • Har xil o’yinlar, mexanik o’yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa vositalardan foydalanish.

Shunday qilib ommaviy madaniyat – bir o’lchamli hodisa emas. U o’ziga xos tur va darajaga egadir. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, “ommaviy madaniyat”ning uchta asosiy darajasini ko’rsatadilar;

  1. Kitch – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)

  2. Mid – madaniyat (“o’rtamiyona” madaniyat);

  3. Art – madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).

“Kitch” nemischa “kitschen” olmoshidan hosil bo’lgan va saviyasi past, arzon va jo’n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at durdonalari soyasida paydo bo’ladigan bo’sh, tez unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g’oya va syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o’ralashib qolgan qatlamga mo’ljallangan madaniyat asarlarini yaratish.
Mid - madaniyatining qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an’anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, “ommaviy madaniyat”ga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo’ljallangan “ommaviy madaniyat”dir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an’anaviy madaniyat standartlariga yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba’zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko’rsatadilar, chunki hayot ularning ham yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko’rsatdi.
AQShda bo’sh vaqt, ya’ni dam olishni sanoat asosiga ko’chirgan. Aholining badiiy jihatdan unchalik yuksak bo’lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish) maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, “ayollar” romani) dunyoga keldi. Shuningdek, arzon- garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning g’oyasi va o’lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish; musiqa janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi.
XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini o’zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an’anaviy madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora tanlilarning “sprichuels”, regtaym va blyuz kabi o’ziga xos o’yinlarini eslatib turadi.
XX asrda o’yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo’sh vaqtni o’tkazish vositasiga aylandi. Densing va diskotekaga sig’inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining rivojlanishi, eskilarining yo’qolishi va o’yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo’ldi. 1920 yillarda “Charlston” modada bo’lsa, keyinchalik uning o’rnini “step”, “chechetka”, jazdan ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda “rok-n-roll”, 60 yillarda “sheyk” va “tvist” xitga aylandi va uning ommaviyligini ta’minlashda barcha vositalar ishtirok etdi: gramplastinkalar chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu “ommaviy madaniyat” tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
– Disko o’yin yo’nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo’lmasa-da, hali bor.
“Ommaviy madaniyat” bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog’iga aylanib bormoqda. Uni hozir “qiziqishlar industriyasi”, “tijorat madaniyat”, “pop- madaniyat”, “bo’sh vaqtdan foydalanish industriyasi” deb atay boshladilar.
Ma’lumki, mehnatkashlarning ma’lum qismida bo’sh vaqt serob. “Ommaviy madaniyat” mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi o’rtasida “bo’sh vaqtni yopish ehtiyoji” ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil bo’ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji “ommaviy madaniyatni” yuzaga keltirmoqdaki, bu ayniqsa odamning ongiga, ya’ni adabiyot va san’atning barcha turlariga bevosita bog’liqdir. Keyingi o’n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta (uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli toifadagi odamlarning to’planishiga sabab bo’lmoqda. Ko’pincha ularni birlashtirgan istak – o’zlarini psixologik jixatdan bo’shatib olish istagidir.
“Ommaviy madaniyat” madaniy mollar bozoridagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi. Avvalo u “oddiy” (buni jo’nlik deb atasa ham bo’ladi). Chunki ko’pincha bunday mahsulotlar “ko’cha odami”ga mo’ljallangandir. Ommaviy madaniyat o’z vazifasini to’la bajarishi, ya’ni ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo’lishi lozim. Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta’sir etadi. Shuning uchun ham “Ommaviy madaniyat”ning “eng qiziqarli” va hammaga tushunarli mavzulari – muxabbat, oila, karyera, jinoyatchilik va xo’rlash, sarguzasht, qo’rqinch va xokazolardir. Mavzular ekspluatasiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
“Ommaviy madaniyat” baynalminal va milliy bo’lishi mumkin. Estrada musiqasi bunga misol bo’ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat’iy nazar, aholining barcha qatlamlariga o’ng’ay.
“Ommaviy madaniyat”ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo’ladi. Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning shu daqiqadagi ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqyea va hodisalarga hozirjavob bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach, ular o’z dolzarbligini yo’qotadi, eskiradi
va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
1917 yili bolsheviklar hukumatni egallagach, avvalo ular madaniyatni isloh qila boshladilar. Badiiy ijod ahlidan proletarlashtirilgan asarlar yaratishni talab etdilar. Ular shunday shiorni olg’a surdilar: “San’at xalqqa tushunarli bo’lishi lozim”. Bolsheviklar bu shiorni nemis marksisti Roza Lyuksemburgga tegishli, deb e’lon qildilar. Keyinchalik u aslida bunday demaganligi ma’lum bo’ldi. Ya’ni u: “San’atni xalq tushunishi lozim!”, deganligi aniqlandi. Birinchi shiorda yuksak madaniyatni ongi jo’n xaloyiq, olomon darajasigacha tushirish nazarda tutilgan. Ikkinchisida xalqni jahon madaniyati darajasiga ko’tarish uchun o’qishga va takomillashishga chaqiradi.
Yoshlar bilan ularga tushunarli bo’lgan o’rtacha tilda muloqot va munosabat qilinishi ommaviy madaniyat usullarining muhim jihati hisoblanadi, bundan tashqari, boshqa kishi ongiga bevosita bog’liq jihatlari ham bor. Masalan, individning ijtimoiy voqyea va jarayonlarda ma’naviy va intellektual ishtirok etishni hoxlamasligi. Boshqacha aytganda, ko’pchilik jamiyat a’zolarining ongi passivligi. Bunga yoshlarning ma’lum qismida madaniyat mahsulotlariga, jumladan, ommaviy madaniyatga so’nggi standart deb qarash istagidir.
Axborot texnologiyasi vositalarining roli tobora kuchayib ketganligi bois bo’sh, o’ta sayoz madaniyat mahsulotlari ham bozorga chiqarilmoqdaki, ularning ko’pchiligi ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida emas, balki tijorat maqsadida tarqatilmoqda. Natijada an’anaviy madaniyat makonida mumtoz xalq ijodiyoti yonida aholi ongini bilim va tafakkurini o’tmaslashtiradigan ijod mahsullari ham ko’payib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda bir qator tashkiliy-ma’rifiy, ma’naviy va moddiy choralar ko’rilmoqda, albatta, lekin bunday mahsulotlar hayotimizga selday kirib kelishi hamon to’xtamayotir. Bu esa mutasaddi madaniy va ilmiy jamoatchilik oldiga muhim vazifalar qo’yadi.
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho’rolar mamlakati respublikalarida boshlangan istiqlolga intilish harakatlari sho’rolar davridagi mudroqlikka chek qo’ydi. Kommunistik senzura hamma vaqt yoqtirmay tanqid
qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida hayotimizga faol kirib keldi, hamda aholi o’rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko’rsatgani, qabul qilolmagani, an’anaviy madaniy qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o’rnashgani ko’zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning katta qismi ayniqsa talaba yoshlar sho’ro davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaradilar.
Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan haridoriga aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o’zimizniki yoki xorijniki ekanligi unchalik ham ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon to’ri” deb nom olgan internet tizimi orqali ommaviy madaniyat mahsulotlari hyech qanday to’siqsiz mamlakatimizga kirib kelmoqda va ayniqsa yoshlar o’rtasida keng tarqalmoqda.
Shashmaqom, Betxovenni tushunish uchun odamdan yuqori musiqaviy madaniyat talab etiladi. Ibtidoiy, 2/4 o’lchovli kuy-qo’shiq(masalan, “qarg’alar” qo’shig’i)ni hamma tushunadi. Biz “Shashmaqom, Betxovenni o’chir. “qarg’alar”ni qo’y” deymiz. Nega shunday deymiz? Sabab – Shashmaqom, Betxovenning yomonligi emas, balki sho’rolar yillarida bizning musiqiy madaniyatimizning ajdodlarimiznikidan pasaytirilganligida. Ana shuning uchun ham “2008 - Yoshlar yili” doirasida aholining musiqa madaniyatiga alohida e’tibor berilishi talabalar badiiy to’garaklari faoliyati, milliy ma’naviyat, san’at va madaniyatimiz rivojida ulkan ahamiyat kasb etadi.
Xullas, odamlardan puxta madaniy bilimni, didni, tayyorgarlikni shart qilib, talab qiluvchi milliy madaniyatni – malikaga, bo’yanib, pardozlanib, odamlarning orqasidan ergashib yuruvchi “ommaviy madaniyat”ni – xulqi noma’qul ayolga o’xshatish mumkin.
Teatrshunos Shuhrat Rizayev talqini bilan aytganda “Yuksak madaniyat ommaviy bo’lishi mumkin emas. U yuqori didni, badiiy mehnatni, tayyorgarlikni talab qiladi. Afsuski, ba’zi teatrlarimiz uchun repertuar siyosatini belgilashda odamlar didini yuqoriga, yuksakka ko’tarishga emas, balki odamlarning orqasidan ergashishga moyillikni ko’rsatmoqdalar. Bu yo’l bilan kassaga tushumni ko’tarish
mumkin. Lekin bebaho milliy ma’naviy boyligimiz - o’zbekistonliklarga xos yuksak badiiy did darajasini o’rtamiyona, ommabop, “bizlarga shu ham bo’laveradi”,- deydigan darajagacha tushirib, pasaytirib yuborishi mumkin.
Shuning uchun biz yoshlarimiz, xalqimiz didini pasaytirish, tushirish yo’lidan emas, balki aksincha, ko’tarish, yuksaltirish yo’lidan borishimiz kerak. Bu – madaniyat, san’at ahlining milliy burchi bo’lmog’i kerak”, - dedi (Muallifning filologiya fanlari nomzodi Sh.Rizayevdan 2007 yil 22 noyabr kuni Jizzax shahrida olgan intervyusidan).
Sho’ro davrining o’z hududiy ommaviy-sinfiy madaniyati – “sovetskaya kultura”si bor edi. Sovet madaniyati nazariyasida milliy qadriyatlarga sodiq odamlarni qoloq, madaniyatsiz, millatchi qilib ko’rsatib, repressiya qilish nazariy asoslandi.
Ma’naviyatni asramoq – odamdagi insonni asramoqdir. Buni shior emas, har kunlik ish, hayotiy talab deb tushunish millatning yana yashashini belgilar ekan. Buni shior deb tushunib, amal qilmagan millatlar, xalqlar tarix kitoblaridan o’chib ketdilar. Mana yangi misollardan biri: – Patrik Byukenen “g’arbning o’limi” degan kitobi (Velikiye protivostoyaniya. Amerika protiv Ameriki)da “Gedonistik qo’shiqlarni kim to’xtatadi? Bunday jozibali o’lim qo’shig’ini yoshlarga qarab hamma – Gollivud, MTV, “ko’pik operalar”, teleko’rsatuvlar, qalin muqovali jurnallar, shou biznes, ayollarning ishqiy g’iybatlari, mish-mishlari, bestsellerlar kuylayotgan bo’lsa. O’qituvchidan tortib dindorgacha, hamma o’smirlarga “kondom” tutqazayotgan bo’lsa. Bu ahvolda ota-onalarga qanday yordam berib bo’ladi? Nima qilsak amerika ayollariga onalari, momolari kabi: “yuvosh er, shahar atrofida hovli va bir etak bola”ni qo’msaydilar? Bu sho’rpeshonalik ommaviy madaniyat kasofatidan bo’ldi. Chunki, “ommaviy madaniyat o’z qadriyatlari iyerarxiyasida shahvoniy hirsni onalik baxtidan yuqori qo’yadi. Ayollar jurnallari, “ko’pik operalar”, ayollarning ishqiy romanlari, praym-taym teleko’rsatuvlar, hammasida karyera, seks, yosh juvonning mustaqilligi(yolg’izligi) madh etiladi”.
Ommaviy madaniyat esa buning teskarisi - “seksual erkinlik”, “seksual mo’ljalni tanlash erki”ning tarafdori. qachon, qayerda, kim bilan, nima bilan? Buning ahamiyati yo’q. Ana shu g’oya XX asrning 50-60 yillarida AQSh va Farbiy Yevropada seksual revolyusiyani boshlab berdi. Bu aslida ommaviy madaniyatning xristianlikka, xudoga qarshi revolyusiyasi bo’ldi. Bugun xudo ularni jazolamoqda. Buzuqi yigitlar 20-30 yoshida notavon, yengiltabiat qizlar esa bepusht bo’lib qolishmoqda.
Barcha dinlar, milliy madaniyatlar talaba qizlarga “o’zingni bokira tut. Asra”, deb keldi. “Ommaviy madaniyat” esa “Kontraseptivdan foydalan. Partneringni hadeb almashtiraverma. Xo’pmi!”, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o’z nasihatini o’zbeklarning qizlariga aytish uchun kelayotir.
XV asrda yashab, ijod qilgan notiq va olim Husayn Voiz Koshifiyning hayo va andisha haqida teran fikrlar muallifi hamdir. Tahlil qilinsa, hayo va andisha nafaqat qiz-ayollarni bezovchi nafis tuyg’u, balki muhim mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar ekanligi ma’lum bo’ladi: “Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo’qolsa hyech kimda vijdon qolmaydi, (u holda) dunyoda tartib buziladi, kishilar bir-birlariga befarq qaraydigan bo’ladilar” (Axloqi Muhsiniy).
“Ommaviy madaniyat”ga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga nimani qarshi qo’ysa bo’ladi? Milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qo’yib kelgan islomiy qadriyatlarni. Ana shuning uchun ham O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo’lib maktab, kollej, institutlarda dinshunoslik asoslari predmetini joriy etdi. MDHning ayrim peshqadam davlatlari bu ma’rifiy tashabbusning samarasini tez his qildilar. Masalan, Rossiya Federasiyasida ham 2006 yildan boshlab “Pravoslav(islom, Buddiylik) madaniyati asoslari” o’quv predmeti joriy etila boshlandi.
Biz tajriba-sinov o’tkazilayotgan badiiy havaskorlik to’garaklarida ommaviy madaniyat tahdidini havaskor talabalarga tushuntirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Munosabat” nomli suhbatlar ruknini joriy
qildik. Unda talaba havaskorlar uchun qiziqarli mavzular: taniqli san’atkorlar, ularning mashhur qo’shiqlari, gastrollari, hayotida sodir bo’lgan qiziq voqyealar, yangi qo’shiqlar, “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini muhokama qilish va o’z munosabatini bildirish amalga oshiriladi. Bunda har bir havaskor talaba muhokama qilinayotgan spektakl, qo’shiq, kuy, remiks, rep, myuzikl, kliplar, kinofilmlar, milliy estrada yangiliklari, jahon musiqa, estrada, teatr san’ati yangiliklariga munosabat bildirish metodidan foydalandik. Bunda talabalarga asarning: kontent, musiqiy va ijroviy tahlillarini amalga oshirish vazifasi qo’yildi.
Masalan, 2006 yil 21 oktyabr kuni Samarqand davlat universitetining “Guldasta” ansambli a’zolari bilan taniqli xonanda Javodbek Kozimovning uchrashuvi o’tkazildi. Suhbat asnosida shu yilning iyul oyida taniqli xonanda Abram Tolmasovning “Ziyoratga keldim” deb nomlangan konsert dasturi haqida so’z ketdi. Pedagog-xonanda J.Kozimov konsert “Ziyoratga keldim” nomli qo’shiq bilan ochilganligini aytdi. qo’shiqda A.Tolmasov tug’ilib o’sgan shahri - Samarqandning, O’zbekistonning muqaddasligi, dunyoda bunday boy madaniyat va san’at maskani yo’qligi va buning qadrini musofir bo’lganda bilish mumkinligi, uni ko’z qorachig’i kabi asrash zarurligi haqida kuylaganligini hikoya qilib berdi. qo’shiq video yozuvda namoyish etildi. Undan so’ng ansambl repertuaridan joy olgan V.Obidov she’ri, J.Kozimov musiqasi bilan aytiladigan “O’ktam diyorim” qo’shig’i ijro etildi. qo’shiqdagi milliy ohang,

Yüklə 28,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin