Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 243,11 Kb.
səhifə1/13
tarix17.09.2023
ölçüsü243,11 Kb.
#144558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.


1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari.
Inson tug‘ilishining ilk kunlaridanoq tashqi muhitdan: odamlardan, narsalardan, voqealardan va hayotiy vaziyatlardan keladigan katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish jarayoni ma’lumotlarni sekin astalik bilan o‘zlashtirishdan boshlanadi. Inson jismoniy rivojlana boshlashi bilan bir qatorda uning psixikasi va shaxsi ham shakllanadi. Vaholangki bu shaxs qanday qilib kamol topadi degan savolga to‘g‘ri javob berish ancha mushkil ish. Ammo inson taraqqiyoti nima эkanligini anglay boshlasangiz, bu murakkab jarayonning o‘z qonuniyatlari borligiga guvoh bo‘lasiz va shu sababli psixologiyadagi эng muhim tarmoqlaridan birini ontogenez psixologiyasi deb atash mumkin.
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi.
Barcha psixologlar uchun umumiy bo‘lgan holat ontogenezda psixika, ong, shaxsning shakllanishini jamiyat tomonidan faol, maqsadli ta’sirlanish sharoitida ro‘y beradigan ijtimoiy jarayonlar sifatida tushunishdir.
Ontogenez - (yunoncha,. ontos-mavjud, jon, zot; genezis- tug‘ilishi, kelib chiqish, paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonidir.
Ontogenez psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir.
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar), эr va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go‘dakning dastlabki oddiy aks эttirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog‘atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to‘la va anglab aks эttirish darajasigacha taraqqiy эtadi. Inson zotining turli jihatlarini o‘rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, эtnografiya kabi fanlar shug‘ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, sub’ekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug‘ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi va tadqiq qiladi (qarang Э.G‘oziev)1.
Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv - qulay) davrlari mavjud bo‘lib, ular individning o‘zi yashab turgan muhitda (oila, bog‘cha, maktab va xok) tutgan o‘rni, bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o‘sishi darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko‘ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog‘i - bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasini faqat miqdor jihatdan эmas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo‘lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda ontogenez psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib “inson omili” masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Ontogenez psixologiyasining o‘rganish predmeti o‘ziga xos yosh davrlari, bir davrdan keyingi davrga o‘tish sabablari va ularning mexanizmlari, tendensiyalari, bosqichlari, shuningdek, umumiy inson taraqqiyoti jarayonida psixik rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bunga insonlarning individual va yosh xususiyatlari, psixik jarayonlar va turli faoliyat turlarining rivojlanishi hattoki shaxs sifatlarining shakllanishini ham kiritish mumkin.

Yüklə 243,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin