O‘quv jarayoniga media ta’limning integratsiyasi ilxomjon Aldashev – Farg’ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2022
ölçüsü99,5 Kb.
#66260
  1   2   3
O‘QUV JARAYONIGA MEDIA TA’LIMNING INTEGRATSIYASI


O‘QUV JARAYONIGA MEDIA TA’LIMNING INTEGRATSIYASI
Ilxomjon Aldashev – Farg’ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, ya‘ni ta’lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta’lim mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari qaralmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Media-savodxonligi, media-ta`limi, media-madaniyat, multimedia, media-resurs, YUNESKO.
ИНТЕГРАЦИЯ МЕДИАОБРАЗОВАНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС
Илхомжон Алдашев. Преподаватель кафедры информационных технологий Ферганского государственного университета
Аннотация: Состояние развития современных технологий зависит прежде всего от интеллектуального потенциала общества, то есть от развития сферы образования. Вопросы содержания и качества образования рассматриваются как приоритетные. В развитых и развивающихся странах мира особое внимание уделяется информатизации образования. Рассматриваются пути развития образования и повышения его эффективности, особое внимание уделяется внедрению новых информационных технологий в образование.
Ключевые слова: Медиаграмотность, медиаобразование, медиакультура, мультимедиа, медиаресурс, ЮНЕСКО.

mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda.


KIRISH
Bugungi kunda dunyo ommaviy axborot vositalarida axborotni tanlash va to'g'ri baholash qobiliyati dolzarb bo'lib qolmoqda. Media-savodxonligi, media-ta`limi, media-madaniyat, soxta va propaganda axborotlarga qarshilik ko'rsatish - bu kalit so'zlar bugungi kunning inson yashah tarzini, ta’lim olish jarayonlarini mohiyatini aks ettirmoqda. 
Media kompetentsiyasi - bu tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, muloqot qilish va media matnlarini yaratish turli tiplar, shakl va janrlar, murakkab jarayonlarni tahlil qilish jamiyatda ommaviy axborot vositalarining faoliyati.
Mutaxassisning media kompetentsiyasi ajralmas xususiyatdir shaxsiy kompetensiyalardan tashkil topgan va bugungi kunda mavjud bo'lgan shaxs media madaniyatining belgisi xisoblanadi.
“2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-sonli Farmonida, Xalq taʻlimi vazirligiga multimedia ilovalarini ishlab chiqish talabi qoʻyilgan, unga koʻra maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali multimedialar berib borilishi aytib oʻtilgan. 2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratish koʻzda tutilgan. Mutahasislar tomonidan tayyorlangan elektron resurslar oʻquvchilarning bilimlarini toʻldirishga xizmat qiladi. Mavzular yuzasidan shaklllantirilgan multimedia mahsulotlari, oʻqituvchiga koʻmakchi, ota-onalarga yoʻl koʻrsatuvchi, oʻquvchiga esa bilimlarni mukammal oʻzlashtirish imkonini beradi. Multimedialar orqali oʻquvchilar oʻzlariga mediataʻlim beradilar. Turli mamlakatlarning koʻplab olimlari "media muhiti", "media-madaniyati", "media-taʼlimi", "media-savodxonligi" kabi asosiy tushunchalarni shakllantirishning bir necha usullarini aytib oʻtishgan.1
Media taʼlim – (ing. media education, lot. media – degan maʼnoni anglatadi). "Taʼlim" tushunchasining oʻzi nafaqat kasbiy va ilmiy bilimlarni, balki maʼnaviy meʼyorlar va madaniy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni, toʻplashni taʼminlaydigan ijtimoiy institutdir. Media taʼlim talabalarni ommaviy kommunikatsiya (matbuot, televideniye, radio, kino, video, internet va boshqalar) qonuniyatlarini oʻrganishga qaratadi.2
Manbalardan kelayotgan axborot oqimi­dan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin