O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


ISHANOVA M.


OILA PEDAGOGIKASI
(o’quv qo’llanma)


(5110900 – Педагогика ва психология)
Andijon-2019
ISHANOVA M.


OILA PEDAGOGIKASI
(o’quv qo’llanma)
Taqrizchilar:

М.Р.Қадирова - ТТА Фарғона филиали Тиллар ва таълим технологиялари


кафедраси мудири п.ф.н., доцент

Н.Абдуллаева - Андижон давлат университети Умумий педагогика


кафедраси мудири п.ф.н., доцент
Annotatsiya

Mazkur o’quv qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo’nalishida ta’lim oluvchi talabalar hamda pedagogika mutaxassisligida tahsil oluvchi magistrlar uchun mo’ljallangan.


Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni jamlaydi. Oila pedagogikasi umumiy pedagogikaning bir tizimi bo‘lib, u umumiy pedagogika qonuniyatlari asosida yaratilgan.
Oilada beriladigan tarbiya mazmuni, farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar, insoniyatning ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi, oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatga amal qilish, oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan masalalar yoritilgan.
Настоящее учебное пособие предназначено для студентов, обучающихся на направлении «Педагогика и психология» высших учебных заведений, а также для магистров специальности «Педагогика».
Семейная педагогика вбирает в себя знания о сущности, общим закономерностям, принципам и методам, прививаемые в семье для воспитания подрастающего поколения гармоничными личностями. Входя в единую систему общей педагогики, семейная педагогика создана на основе закономерностей общей педагогики.
В пособии освещены вопросы содержания семейного воспитания, приёмов и методов, применяемых в воспитании ребёнка, соответствия воспитания ребёнка в семье нравственному развитию человечества, мастерства семейного воспитания и его применения на практике, состояния проблем, связанных с воспитанием ребёнка в семье, изучения закономерностей семейного воспитания.
This mannual guide is intended for students studying in the field of “Pedagogy and Psychology” of higher educational institutions, as well as for postgraduates studying in the specialty “Pedagogy”.
Family pedagogy incorporates knowledge about the essence, general laws, principles and methods instilled in the family upbringing to educate the younger generation by harmonious personalities. Entering into a single system of general pedagogy, family pedagogy is created on the basis of the laws of general pedagogy.
The manual covers the content of family education, techniques and methods used in raising a child, the correspondence of raising a child in the family to the moral development of mankind, the skill of family education and its application in practice, the state of problems associated with raising a child in the family, and studying the principles of family education.


KIRISH

O’zbеkiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning nеgizida turgan asosiy omil insondir. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida “Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun javobgardir” dеb bеlgilab qo’yilgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 Farmoni (02.02.2018), PQ-3808 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (27.06.2018)da ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish jamiyatimizning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.


Oilada ota-onalar ma'naviy boy e'tiborli va yuqori ma'lumotga ega bo’lsalar, shu darajada takomillashgan usul orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydi. Buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, dеgan so’zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo’lsa hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o’zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnalini nashr qilishni yo’lga qo’yish, barcha yo’nalishlardagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o’rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib-ulg‘aymoqda: oila pedagogikasi fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya – fiziologiya, psixologiya–pedagogika, ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik mahorat kabilar.
Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, hatto, halokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir qatorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat berilgan. Oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va, aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu holda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib qo‘yadi. Demak, oila va maktab hamkorligi o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Oila pedagogikasi talabalarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashga hamda oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin