№4 2022
9
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH
Axmatova Feruza Batirovna
Termiz shahar 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7256925
Annotatsiya:
ushbu maqola o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mavzusida
yozilgan bo‘lib, unda maktab yoshidagi va bitiruvchilarni o‘zi o‘ylagan kasbga
yo‘naltirish haqida ma’lumotlar yozilgan.
Kalit so‘zlar:
kasb, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, klassifikatsiya, mahorat.
Bugungi kunda kasb-hunarga yo‘naltirish sohasida mavjud bo‘lgan ilmiy
xulosalar va tavsiyalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasb-
hunarga yo‘naltirish, xususan, kasblar olami bilan tanishtirish usullarini yangilash
zarurati yuzaga kelmoqda. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi kasbiy
targ‘ibot va tashviqotni o‘z ichiga olgan kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot); u yoki bu
soha, kasbga bo‘lgan shaxs qiziqish va qobiliyatlarining birlamchi kasbiy tashxisi,
kasb tanlashda mutaxassislar tomonidan individual, guruhiy yordam ko‘rsatishga
qaratilgan kasbiy maslahatlar, ko‘proq muvofaqqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan
kasbni tanlab olishga qaratilgan kasbiy tanlov, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-kasbiy moslashuv, tanlangan kasbni o‘rganish
jarayonida burch, mas’uliyat, kasbiy or-nomus hislarini o‘quvchilarda
shakllantirishga qaratilgan. Undan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga kasblar olami,
kasblarning belgi va xususiyatlari, kasb klasifikatsiyasi, kasblar professiogrammasi,
hududning qaysi kasblarga ehtiyoji borligi to‘g‘risidagi axborotlarni berishdan iborat
bo‘lib, ular asosida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan, jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasbni
tanlaydi.
1997 yil 29 avgustda O‘zbekistonda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilidi.
Ushbu xujjatlarda kasbga tanlashga yo‘llash haqida Prezidentimiz I.Karimov o‘z
nutqida quyidagilarga alohida e’tibor bergan:
Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga ‘pue niyatlarimizga
erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli
amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakli, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz
anglab yetmoqdamiz.
SHu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina
chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qalriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda,
Dostları ilə paylaş: |