O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari 5-sinf



Yüklə 22,72 Kb.
səhifə1/4
tarix14.10.2023
ölçüsü22,72 Kb.
#155167
  1   2   3   4
Kirish testlari


O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari


5-sinf
1. Daraxtlar zich o‘sadigan katta yer maydoni nima deb ataladi? (b)
A. O‘rmon. B. To‘qay. S. Dala. D.Cho‘l.
2. O‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydigan qurg‘oqchil yerlar nima deb ataladi? (b)
A. O‘rmon. B. To‘qay. S. Dala. D.Cho‘l.
3. Tog‘larda yashaydigan qaysi hayvon xalqaro Qizil kitobga kiritilgan?
A. Tog‘ qo‘yi. B. Tog‘ echkisi. S. Qor barsi. D. Tirnoqli ayiq.
4. Butasimon o‘simlikni aniqlang. (k)
A. Qoqio‘t. B. Yalpiz. S. Na'matak. D. Ayiqtovon.
5. Shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qaysi o‘simlikdan foydalaniladi? (hayotda qo‘llash. M.)
A. Zubturum. B. Yalpiz. S. Qoqio‘t. D. Sachratqi.
6. Sholi O‘zbekistonning qaysi viloyatida ko‘p yetishtiriladi? (b)
A. Namangan. B. Buxoro. S. Andijon. D. Xorazm.
7. Eng yirik donli o‘simlikni toping.(b)
A. Bug‘doy. B. Arpa. S. Makkajo‘xori. D. Sholi.
8. Adirda yashaydigan qaysi jonivor zararkunanda xashorotlar bilan oziqlanib foyda keltiradi.(m)
A.Tulki. B. Yumronqoziq. S. Bo‘rsiq. D. Tipratikan.
9. Issiqxonalarda eng ko‘p yetishtiriladigan o‘simlikni toping? (m)
A. Qulupnay. B. Pomidor. S. Sabzi. D. Rediska.
10. Qaysi poliz ekinining po‘sti qattiq bo‘ladi? (m)
A. Tarvuz. B. Qovun. S. Bodring. D.Qovoq.


O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari


6-sinf
1. Hayotiy shakliga ko‘ra daraxtlarga mansub o‘simlikni belgilang? (k)
A. Limon. B. Nastarin. S. Anor. D. Majnuntol.
2. Qanday ildizga asosiy ildiz deyiladi? (b)
A. Poyadan rivojlangan ildizga. B. Murtakdan rivojlangan ildizga. S. O‘q ildizdan rivojlangan ildizga. D. O‘q, yon va qo‘shimcha ildizlirga.
3. O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi o‘g‘itlar. (m)
A. Azotli va fosforli o‘g‘itlar. B. Azotli o‘g‘itlar. S. Azotli va mahalliy o‘g‘itlar. D. Go‘ng va mineral o‘g‘itlar.
4. Qaysi daraxtlarning poyasidagi xalqalariga qarab ularning yoshini aniqlab bo‘lmaydi? (k)
A. Archa. B. Saksovul. S. Qarag‘ay. D. Chinor.
5. Barglarda organik moddalar qachon hosil bo‘ladi? (b)
A. Yorug‘likda fotosintez jarayonida. B. Faqat kechasi fotosintez jarayonida. D. Kechayu-kunduz nafas olish jarayonida. D. Kechasi nafas olish jarayonida.
6. Qaysi daraxtlarning tolasi tez yo‘g‘onlashadi. (k)
A. Nok. B. Chinor. S. Shamshod. D. Archa.
7. Kartoshka tugunaklari yerga ekilganda, ularning kurtaklari nima hisobiga oziqlanadi va o‘sadi? (b)
A. Urug‘idagi ozuqa hisobiga. B. Ildizdagi ozuqa hisobiga. S. Ildiz va poyadagi ozuqa hisobiga. D. Tugunaklaridagi shakar (kraxmal) eritmasi hisobiga.
8. Gulli o‘simliklar qanday ko‘paytiriladi? (m)
A.Urug‘lar yordamida. B. Sporalar yordamida. S.Ildizlar yordamida. D.Poyalar yordamida.
9. Barglar poyada navbat bilan joylashadigan o‘simliklarni aniqlang? (b, k)
A. Terak, kashtan, rayxon. B.G‘o‘za, pomidor, do‘lana. S.Yong‘oq, sholg‘om, chinnigul. D.Olma, yalpiz, pomidor.
10. Qalamchalari yordamida ko‘paytiriladigan gulli o‘simliklar vakillarini belgilang? (m)
A. Anjir, nok, anor. B. Anor, terak, olcha. S. Anjir, anor, tok. D. Terak, tol, o‘rik.
11. Barg asosan necha qismdan tuzilgan? (b, k)
A. Asosan ikki qismdan. B. Bir qismdan.. S. Uch qismdan. D. To‘rt qismdan.
12. Qaysi o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan? (k)
A. Beda. B. Arpa. S. Olcha. D. Olma.
13. Barglardagi organik moddalar poyaning qaysi qavati orqali harakatlanadi? (b)
A. Yog‘ochlik orqali. B. Po‘stloqning to‘rsimon naychalari orqali. S. O‘zak orqali. D. Po‘kak orqali.
14. Poyasi shoxlamaydigan o‘simlikni belgilang? (k)
A. Archa. B. Palma. S. Dalachoy. D. Olma.
15. Ildiz tukchalari qachon o‘z faoliyatini to‘xtatadi? (b)
A. Baxor kelishi bilan. B. Gullashi bilan. S. Qish kirishi bilan. D. Gullashi va meva hosil qilishi bilan.



Yüklə 22,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin