Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (oits) haqida tushuncha oiv infeksiyasi etiologiyasi yuqush yo‘llari oiv infeksiyasi klinik manzarasi, profilaktikasi



Yüklə 47,49 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü47,49 Kb.
#178198
  1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu OITS


9-mavzu: Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi
Reja:

  1. Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida tushuncha

  2. OIV infeksiyasi etiologiyasi yuqush yo‘llari

  3. OIV infeksiyasi klinik manzarasi, profilaktikasi

1.Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida tushuncha
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — OIV infektisyasi fonida rivojlanadigan holat bo‘lib, CD4+ limfositlar miqdorining kamayib ketishi, ko‘plab opportunistik infeksiyalar, noinfektsion va O‘smali kasalliklar rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Sindrom OIV-infeksiyaning so‘nggi bosqichi sanaladi.
Mazkur sindrom AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan 1981-yilda birinchi marta tavsiflab berilgan. Uning ko‘zgatuvchisi, odam immunotanqislik virusi esa 1980-yillarning boshlarida ta’riflangan.
OIV-infeksiya — sekin rivojlanuvchi kasallik bo‘lib, virus tomonidan chaqiriladi. Virus yuzasida CD4 retseptorlarga ega immunitet hujayralari: T-helperlar, monositlar, makrofaglar, Langergans hujayralari, dendrit hujayralar, mikrogliya hujayralarini shikastlaydi. Natijada insonning immuniteti zaiflashadi, immunitet tanqisligi sindromi rivojlanadi, bemor organizmi infeksiyalar, O‘smalardan himoyalana olmay qoladi. Normal immunitetga ega bo‘lgan insonlarga xos bo‘lmagan ikkilamchi kasalliklar rivojlanadi.
Shifokor aralashuvisiz bunday ikkilamchi kasalliklar virusning turiga qarab O‘rtacha 9-11 yildan keyin bemorning O‘limiga sabab bo‘ladi. oITS bosqichida O‘rtacha umr davomiyligi taxminan 9 oyni tashkil etadi. Antiretrovirus terapiya O‘tkazilganda bemor hayotining davomiyligi 70-80 yilga yetadi.
Virus bemor organizmning barcha to‘qimalarida uchraydi, lekin O‘ infeksiyalangan odamning biologik suyuqliklari (sperma, vaginal suyuqliklar, qon va ona suti) orqali yuqadi.
OIV bir odamdan boshqasiga qon yoki jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Virus antiretrovirus terapiya (ArT) bo‘lmaganda rivojlanadi. ArT odam immunotanqislik virusining O‘sishini sekinlashtiradi yoki oldini oladi.
Virus rivojlanishi darajasi har bir bemor uchun keng farq qiladi va quyidagi omillarga bog‘liq:

  • Bemorning yoshi;

  • Tananing OIVdan O‘zini himoya qilishi qobiliyati;

  • Dori vositalari olish imkoni mavjudligi;

  • Boshqa infeksiyalar hamrohlik qilishi;

  • Bemorda genetik kasalliklar mavjudligi;

  • Virusning ayrim shtammlariga qarshi himoya.


Yüklə 47,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin