O‘simlik to‘qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar



Yüklə 21,47 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2022
ölçüsü21,47 Kb.
#55353
  1   2   3   4
O‘simlik to‘qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar


Aim.uz

O‘simlik to‘qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar.

 

Reja:



1. To‘qima tasnifi

2. To‘qimalarning kelib chiqishi va bajaradigan vazifalariga qarab xillari

3. Hosil qiluvchi to‘qima

4. Birlamchi meristema

5. Ikkilamchi meristema

6. Hujayraning ko‘payishi

7. Kariokinez bo‘linish

8. Reduksion bo‘linish

9. Qoplovchi to‘qima

10. Epidermis

11. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periderma

12. Uchlamchi qoplovchi to‘qima (qobiq)

 

       Shakli jixatdan o‘xshash bo‘lib, ma’lum bir yoki bir necha vazifani bajaradigan hujayralar gruppasiga (to‘plamiga) to‘qima deyiladi. To‘qimalar ularni hosil qilgan hujayralarning shakliga qarab parenxima hujayralaridan tashkil topgan parenximatik to‘qimalar va prozenxima hujayralaridan tashkil topgan prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi.



       Po‘stlari bir-biriga zich taqalgan hujayralardan iborat to‘qma zich to‘qima deyiladi, hujayra orqali yaxshi taraqqiy etgan to‘qima g‘ovak to‘qima deyiladi. To‘qima hosil qiluvchi hujayralar po‘stlarining kimyoviy tarkibiga qarab yog‘ochlashgan, po‘kaklashgan va x.k. deb ta’riflanadi. Xujayra po‘stlarining qalinligiga qarab qalin devorli yoki yupqa devorli to‘qima deyiladi. Bulardan tashqari tirik va o‘lik hujayralardan tuzilgan to‘qimalar mavjud. To‘qimalar kelib chiqishi jixatidan 2 gruppaga: 1) Embrional va 2) Doimiy to‘qimalarga bo‘linadi: ular birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Embrional to‘qima o‘zida boshqa hujayralari bo‘linib yana yangi hujayralarni hosil qiladi.

       Rus botaniklari akademiklar Borodin, Paladin, professorlar Ivanov, Aleksandrov va Rozdorskiylar to‘qimalarning bajaradigan vazifalariga binoan, ya’ni fiziologik xususiyatiga asoslanib to‘qimalarni 5 gruppaga bo‘lishdi.



1.        Embrional (tuzuvchi, tashkil etuvchi, yaratuvchi meristema).

2.        Qoplovchi to‘qima (pokrovnaya tkan)

3.        Mexanik to‘qima (mexanicheskaya tkan)

4.        O‘tkazuvchi to‘qima (provodyashaya tkan)

5.        Asosiy negiz to‘qma (osnovnaya tkan).  

6. Hosil qiluvchi to‘qimalar (Obrazovatelnыy tkan).

       O‘simliklarning o‘suvchi qismlarida bitta yoki bir nechta initsial huayralar bo‘ladi. Masalan: qirqbo‘g‘im, qirqquloq poyasining uchida bitta initsial hujayra, gullik o‘simliklar ildizining, poyasining uchida bir nechta initsial ya’ni boshlang‘ich hujayra bo‘ladi. Initsial hujayralarning bo‘linib ko‘payib turishi natijasida «birlamchi meristema» paydo bo‘ladi. Birlamchi meristemaning hujayralari kariokinez yo‘lida bo‘linib ko‘payib uch xil qavat hujayralarni paydo qiladi.



1.        Tashqi qavati - Dermatogen

2.         O‘rtacha qavat - Periblema

3.         Ichki qavat - Pleroma

Dermatogendan birlamchi qoplovchi to‘qima - epiderma

Periblemadan ildiz poyalarining po‘stloq qismi.

       Pleromadan ildiz poyalarning markaziy silindr qismi hosil bo‘ladi. Birlamchi meristemadan paydo bo‘lgan to‘qimalarning hammasi birlamchi to‘qima deb ataladi. Bir pallalik o‘simliklarning to‘qimalari birlamchi to‘qima. Ikki pallali o‘simliklarda birlamchi va ikkilamchi to‘qimalar bo‘ladi. Ikkilamchi to‘qimalarni ikkilamchi meristema-kambiy va fellogenlardan paydo bo‘ladi. Birlamchi meristema o‘simliklarni asosan bo‘yiga o‘stiradi. Ikkilamchi meristema (k. Va f.) o‘simliklarni asosan eniga o‘stiradi. Meristemalar joylanish jixatidan ham 3 gruppaga bo‘linadi.

 

Birlamchi meristema

 

       Kelib chiqishga ko‘ra hosil qiluvchi to‘qimalar va ikkilamchi to‘qimalarga bo‘linadi. Birlamchi  meristema urug‘ murtagida, poya, ildiz va ularning uchlarida yon poyalar hamda kurtaklarda joylashib,  yangi organlar-ning hosil bo‘lishini shuningdek o‘simliklarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi.



 


Yüklə 21,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin