Osiyoning iqlim mintaqalari va tabiat zonalari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#179052
  1   2   3   4   5   6
OSIYONING IQLIM MINTAQALARI VA TABIAT ZONALARI


OSIYONING IQLIM MINTAQALARI VA TABIAT ZONALARI

REJA

Kirish
1.Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari.
2.Subekvatorial mintaqa tabiat zonalari.
3.Tropik mintaqa tabiat zonalari.
4.Subtropik mintaqa tabiat zonalari.
5.Mo`tadil mintaqa tabiat zonalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabioytlar


Kirish
Yevrosiyo janubidan shimolga tomon ekvatorial subekvatorial, tropik, subtropik, mo`tadil hamda subarktikua mintaqlarning geografik zonalari joylashgan. Bu zonalar materikning okeanlar bo`yidagi namgarchil chekkalarida turli o`rmonlar zonalardan ichik, qisimda esa dasht, chala cho`l va cho`llardan iborat.
Osiyo geografik zonalarining kenglik bo`ylab yo`nalishini Old Osiyo tog`liklaridagi hamda Markaziy Osiyodagi kotlovinalar ancha murakkablashtirib yuboradi. Ana shu sababli materikning ichki qismidagi zonalar uzun cho`zilgan poloslar shaklida emas, balki tog`liklar qiyofasi hamda orografiyasiga mos ravishda markaziy qisimda cho`llar aniq namoyon bo`lgan cho`ziqroq aylana shaklida joylashgan .Tog`li va yassi tog`liklarning baland toglik chekka qismlarida namlikning oshishi munosabati bilan cho`llar chala cho`llar xamda Old Osiyoning o`ziga xos butazorli dashtlari bilan almashinadi. Bu dashtlar Janubiy Rossiya dashtlaridan ham, Mongoliya dashtlaridan ham aniq farq qiladi.
Osiyoning tropik kengliklarida ham zonalarning kenglik bo`yicha yo`nalishi ancha o`zgarib ketadi. Masalan, Hindiston va Hindixitoyda subekvatorial (musson) o`rmonlar hamda savannalar, siyrak o`rmonlar butazorlar zonalari Afrikadagi kabi janubdan shimolga tomon emas, balki g`arbdan sharqqa tomon birin ketin almashinib keladi. Bu tog` tizmalarining ko`proq meridian bo`ylab yo`nalganligiga hamda musson shamollarining yo`nalishiga bog`liqdir. Bu yerda ekvatorial havo shimolga tomon odatdagidan ko`ra uzoqroq kirib borganidan mazkur zonalar Afrikadagiga qaraganda shimolga davom etib to Himalay tog`larigacha yetib borgan.
Osiyoda keng tarqalgan tog`lik relyefi oblastlari kenglik zonalarini o`zida aks ettirib, balandlik mintaqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Markaziy Osiyoning qurg`oqchil sharoitida balandlik mintaqalari differensiatsiyasi katta emas. Aksincha Himolay va Sichuan Alpi tog`larining Hindixitoydagi tog` tizmalarining shamolga ro`para yon bag`irlarida mintaqalar soni ancha ko`p. Shunday qilib balandlik mintaqalari strukturasiga bir tomondan tog`larning qanday geografik kengliklardan joylashganligi emas, balki ularning sektoral o`rni ham ikkinchi tomondan yon bag`irlar ekspozitsiyasi ham tasir ko`rsatar ekan. Tog`li mamlakat qanchalik quyi gegorafik kengliklarda joylashgan. Qanchalik baland va namgarchilik bo`lsa unda balandlik mintaqalari shunchalik to`liq tipga kirgan mintaqalarga ega bo`ladi. Balandlik mintaqalari ko`p bo`lgan joylarga Ximalay tog`larining janubiy yon bag`irlari ular kam bo`lgan joylarga esa Ximalay tog`larining shimoliy yon bag`irlari bilan Kunglun tog` bag`irlari misol bo`ladi.
Ekvatorial mintaqa. Ekvatorial o`rmonlar zonasi deyarli butun Malayya arxepelarini Filippin orollarining janubiy yarmini Selon orolining janubiy yarmini va Malakka yarim orolini ishg`ol qilgan. Bu zona Ekvatorial iqlim mintaqsiga deyarli to`g`ri keladi va radiyasiya balansi bilan namlik miqdorlari ham shu mintaqalarda ichadi. Yillik yog`in miqdori ko`p bo`lgan holda bug`lanish imkoniyati kam tog`larda 500 mmdan 750 mm gacha tekisliklarda 750 mm dan 1000 mm gachadir. Yillik havo tempiraturalari yuqori bo`lishi va yomg`ir bir tekisdan yog`ishi sababli namning ortiqcha ekanligi oqim bir meyorda bo`lishini taminlaydi va organik duyon va nurash po`sti taraqqiyoti uchun eng qulay sharoit yaratadi. Nurash po`sti ustida ishqori yuvilgan va podzollashgan laterik tuproqlar tartib topadi. Tuproq hosil bo`lishida alletlashish va podzollashish protsesslari ustun turadi. Organik moddalarini aylanma xarakati g`oyat intetsiv ro`y beradi. Yiliga har bir gektar yerga hisoblanganda 100-200 tonna barg shox-shaba va ildiz qoldiqlari chirindiga aylanadi hamda mikroorganizimlar yordamida minerallashadi.
Osiyoning Ekvatorial o`rmonlarida turlari eng ko`p Maleziya florasi kichik oblasti ko`pdan - ko`p oilalari tarqalgan. Ko`p yarusli soya - salqin o`rmonlarda ko`pdan- ko`p past baland va rang - barang daraxtlar orasida palmalardan sago, kareota, shakarpalma, arek ya`ni betel, roting palma - liana va boshqa palmalar fikuslar daraxatsimon papnotiklar bahaybat rasamalar Janubiy Sharqiy Osiyo uchun endemik bo`lgan qo`shqanoq mevalilar va boshqalar ajrab turadi. O`rmon tagi o`simliklar va o`t qoplami rivojlanmagan.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin