O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti LaTeXga kirish fanidan bajarilgan Mustaqil ish №1 Mavzu
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Mavzu:Formulalar to'plami. Ko'p qatorli tenglamalar.
Bajardi: Bekniyozova Sh. Tekshirdi: Delov T.
Toshkent – 2022
Mavzu:Formulalar to'plami. Ko'p qatorli tenglamalar. Reja: Kirish.
Latexda formulalardan foydalanish Asosiy qism: Matematik formulalarning versiyalari.
Matematik belgilar. Murakkab belgilar va operatorlar.
Ko’p qatorli tenglamalarni tekislash. Xulosa.
LaTeX — turli xil koʻrinishdagi hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun moʻljallangan makropaket boʻlib, TeX dasturi asosida ishlaydi. Shuningdek, nashriyot tizimlarida ham qoʻllaniladi.
Ushbu paket yordamida turli koʻrinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili roʻyxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qoʻshimcha paketlar ham bor boʻlib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli koʻrinishga keladi.
Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX2ε deb nomlangan boʻlib, 1994-yilda yaratilgan.
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *.tex kengaytmaga ega boʻladi.
Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabilarda yaratilgan hujjatni *.tex formatga oʻtkazish imkoniyati mavjud.
Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida uning CTAN serveridan yuklab olish mumkin boʻlgan imkoniyatlari keltirilgan: