O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim va



Yüklə 5,03 Mb.
səhifə1/20
tarix07.01.2024
ölçüsü5,03 Mb.
#202100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
14. O\'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning yaratilish




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

D.Y. XUJAMKULOV

ERKIN IQTISODIY
HUDUDLAR

Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo„yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish


mumkin. Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini
joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim”.





KIRISH
Jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to„g„ridan- to„g„ri investitsiyalarni jalb etish bo„yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar yetakchi o„ringa ega.
Shu boisdan dunyoning aksariyat davlatlari, xususan, Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlar misolida hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish zaruriyat va an‟anaga aylangan. Birgina o„tgan asr 90 yillarining o„rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo„ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy-texnikaviy hududlar faoliyat ko„rsatgan. Chunki, bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to„xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko„p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o„tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 30 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo„lib, ulardan ko„p ulushga ega bo„lganlar bu bojxona hududlari, to„lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo„ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o„zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat ega kasb etib kelmoqda.
O„zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini kengaytirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Zero, erkin iqtisodiy hududlar milliy iqtisodiyotni alohda mintaqalar darajasida rivojlantirish bilan birga, ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini va xalqaro raqobatbardoshligini ta‟minlashda hamda boshqa bir qator dolzarb masalalarning ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
3

Buning uchun mamlakatda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, ko„nikma va malakaga ega bo„lgan kadrlarni tayyorlash talab etiladiki, mazkur darslik aynan ushbu vazifani bajarishga qaratilgan adabiyot sifatida xizmat qiladi.


Mazkur darslik o„n ikki bobdan iborat bo„lib, u, o„z navbatida, zarur ko„rgazmali rasmlar, jadvallar, zaruriy axborotlar va huquqiy-me‟yoriy hujjatlar tahlili bilan to„ldirilgan.
Birinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, rivojlanish tarixi va bosqichlari, maqsadlari hamda jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni yoritib berilgan.
Ikkinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko„rsatishining huquqiy asoslari va ularni shakllantirishning xorijiy va milliy tajribalari keng yoritilgan.
Uchinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarning tasnifi, turlari, xususiyatlari asoslab berilgan.
To„rtinchi bobda investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishdagi ta‟minlashdagi ahamiyati hamda undagi imtiyozlar va ta‟sir etuvchi omillar tahlil qilingan va yoritib berilgan.
Beshinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarda logistika infratuzilmasining ahamiyatini, uni shakllantirishning va logistik xizmatlarni samarali yo„lga qo„yishning zarurligi va bu boradagi O„zbekistondagi amalga oshirilayotgan islohotlar izohlab berilgan.
Oltinchi bobda erkin iqtisodiy hududda bojxona ishi va uni tashkil etishning zarurligi, asoslari, tartibi va jarayonlari masalalar o„rin olgan.
Yettinchi bobda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning jahon tajribalari, jumladan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida batafsil yoritilgan.
Sakkizinchi bobda AQShda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari va ularning tasnifi, xususiyatlari va ularning investitsiyalarni jalb etishdagi tutgan o„rni to„g„risidagi ma‟lumotlar berilgan.
Tuqqizinchi bobda Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishi bosqichlari kabi masalalar atroflicha yoritilgan.
O„ninchi bobda Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi, turlari, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari ko„rsatib berilgan.
O„n birinchi bobda offshor hududlarning mazmuni, yuzaga kelib sabablari, turlari, ahamiyati, jahon xo„jaligida tutgan o„rni, undagi imtiyozlar va offshor kompaniyalar faoliyati haqida ma‟lumotlar berilgan berilgan.
O„n ikkinchi bobda O„zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar va ularning rivojlanish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.
Ushbu darslikda yoritilgan barcha masalalar erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va unda investitsiyaarni jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borishda muhim asos bo„lib xizmat qilishi mumkin.

4




Yüklə 5,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin