O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix18.01.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#51362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
akademik litseyda mexanika va molekulyar fizikani oqitishning innovatsion usullari

 

«Himoya qilishga ruxsat berildi» 

Fakul’tet dekani __________ Sh.M.Mirzayev 

«_____» ______________ 2015 y. 

 

Buxoro-2015 




 

M U N D A R I J A 



 

 

KIRISH….…………………………………………….………… 



I.  INNOVATSION  TEXNOLOGIYALAR  –  TA’LIM  TARAQ-

QIYOTINING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI............... 

 

10 



1.1.  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limida  zamonaviy  texnologiyalar 

tadqiqoti masalalari.................................................................. 

 

10 


1.2.  Innovatsion texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va 

o’quv jarayonidagi ahamiyati................................................... 

 

15 


1.3.  Innovatsion texnologiyalar uyg’unligi..................................… 

22 


II.  MEXANIKA  VA  MOLEKULYAR  FIZIKANI  O’QITISHDA 

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH..... 

 

29 


2.1.  Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.............

 

29 


2.2.  Mexanika 

va 


molekulyar 

fizikani  o’qitishda  axborot-

kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati... 

 

42 



2.3.  Mexanika  va  molekulyar  fizikani  o’qitishda  innovatsion 

texnologiyalardan foydalanish namunalari............................... 

 

54 


  XOTIMA............................………………………………......... 

69 


  ADABIYOTLAR...................................................................... 

71 



 

KIRISH 



Mamlakat  maktablari,  kollej  va 

akademik 

litseylarida, 

oliy 

ta’lim 

muassasalarida  ta’lim  berish  sifatini 

tubdan yaxshilaylik.   

                           I.A.Karimov. 

Har  bir  pedagog  shuni  doimo  esda  tutishi  kerakki,  dars  o’quv-tarbiya 

jarayonining  asosiy  shaklidir.  Tarbiyaning  barcha  jarayonlari  har  tomonlama 

rivojlangan  shaxsni  tarbiyalash,  birinchi  navbatda  dars  jarayonida  amalga 

oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy ahamiyatini 

oshirish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o’qituvchilar oldiga birinchi darajali 

vazifa qilib qo’yilmoqda.  

Hozirgi  zamon  darsi  uchta  maqsadni:  ta’lim,  tarbiya  va  rivojlantirish 

maqsadlarini ko’zda tutadi. Ammo, o’quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda 

o’zaro  faollik,  texnikani  o’rganish  va  mehnatning  roli  tobora  oshib  bormoqda. 

Bugungi  kunda  O’zbekistonda  «shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustivorligi»  e’tirof 

etilgan bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish shakl va usullari, 

mazmun  va  prinsiplarini  o’rgatadi.  Yoshlarga  ta’lim  va  tarbiya  berishning 

murakkab  vazifalarini  hal  etish  o’qituvchilarning  goyaviy  e’tiqodiga,  kasb 

mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va innovatsion 

texnologiyalarni  qo’llash,  o’quvchilarni  o’zaro  faollikka  olib  kelishiga 

bog’liqdir. 

Zamonaviy  darsga  qo’yiladigan  eng  muhim  talab  innovatsion 

texnologiyalarni  dars  jarayoniga  olib  kirib,  har  bir  darsdagi  mavzuni  ilmiy 

asoslash,  o’quvchilar  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  material  hajmini 

belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar 

bilan  bog’lash;  o’quvchilarga  beriladigan  topshiriqlar  va  ularning  mustaqil 

ishlari  tizimini  aniqlash;  darsning  moddiy-texnik  jihozini  belgilash  va 

ko’shimcha  ko’rgazmali  qurollar  bilan  boyitish;  qo’shimcha  axborot 



 

vositalaridan  (komp’yuter)  foydalanish  va  darsda  muammoli  vaziyatni  vujudga 



keltirishdan iboratdir. 

 Akademik litsey va kasb-hunar kolleji darslariga qo’yiladigan eng muhim 

talablardan  yana  biri ta’lim  usullari  va  innovatsion  texnologiyalar  bir-biri bilan 

mustahkam bog’lab olib borishning samaradorligini oshirishdir. 

Barcha  didaktik  vazifalar  (xarita,  jadvallar,  rasm,  ranglar,  matnlar, 

ko’rg’azmali  qurollar)  darsning  o’zida  hal  etilishi,  uyga  beriladigan  vazifalar 

o’quvchilarning  darsda  olgan  bilimlarining  mantiqiy  davomi  bo’lishi  kerak. 

O’tilgan  har  bir  darsning  tahlil  qilib  borilishi  ham  katta  samara  beradi.  Bunda 

darsning  tahlil  qilinishida  ko’zlangan  maqsadga  erishildimi,  o’quvchilar 

qanchalik  bilim  oldilar,  qanday  kamchiliklarga  yo’l  qo’yildi?  Bunday  tahlil 

darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam beradi. 

Ta’lim oluvchilarga bilim bеrishda zamonaviy ta’lim tехnologiyalarining 

ahamiyati  to’g’risida  so’z  borganda  Prеzidеntimiz  I.A.Karimovning  “O’quv 

jarayoniga  yangi  axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  keng  joriy  etish, 

bolalarimizni  komil  insonlar  etib  tarbiyalashda  jonbozlik  ko’rsatadigan 

o’qituvchi  va  domlalarga  e’tiborimizni  yanada  oshirish,  qisqacha  aytganda, 

ta’lim-tarbiya  tizimini  sifat  jihatidan  butunlay  yangi  bosqichga  ko’tarish 

diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” dеgan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir [1]. 

Bu  masala  “Barkamol  avlod  yili”  Davlat  dasturida  ham  asosiy  yo’nalishlardan 

biri sifatida e’tirof etilgan. 

Bugungi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Fizika” o’quv 

fanidan  innovatsion  texnologiyalarni  qo’llash  asosida  ishlab  chiqilib,  ta’lim 

tехnologiyalarining har  biri  o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti 

to’g’risida  aхborot  matеriallari,  pеdagogik  maqsad,  vazifa  va  ko’zlangan 

natijalar,  o’quv  mashg’ulotining  rеjasi,  o’qitishning  usul  va  vositalari 

mujassamlashtirilgan.  Shuningdеk,  zamonaviy  fizika  fani  o’qituvchisi  o’quv 

mashg’ulotlarining  tехnologik  xaritasini,  ya’ni  o’qituvchi  va  o’quvchining 

mazkur  o’quv  mashg’ulotida  erishadigan  maqsadi  bo’yicha  hamkorlikdagi 

faoliyatining  bosqichma-bosqich  ta’rifini  ham  darsdan  oldin  tuzishi  lozim. 



 

Mashg’ulotlar  davomida  o’quvchilarning  faolligini,  erkin  fikrlashlarini  yanada 



rivojlantirish maqsadida o’quv jarayoniga turli innovatsion texnologiyalari joriy 

etilgan.  Hozirgi kunda  jahon tajribasidan ko’rininib turibdiki, ta’lim  jarayoniga 

o’qitishning  yangi,  zamonaviy  usul-vositalari  kirib  kelmoqda  va  samarali 

foydalanilmoqda.  Pedagogik  va  innovatsion  texnologiyalarini  ishlab  chiqish 

asosida aynan shu talablar yotadi. 

Mamlakatimizda  sog’lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash,  yoshlarning 

o’z  ijodi  va  intellektual  salohiyatini  ro’yobga  chiqarib,  mamlakatimiz  yigit-

qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan 

shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish 

bo’yicha  keng  ko’lamli  aniq  yo’naltirilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish 

maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan [2]. 

Unda quyidagilar asosiy vazifalar  etib belgilangan. 

Ilm-fanni  yanada  rivojlantirish,  iqtidorli  va  qobiliyatli  yoshlarni  ilmiy 

faoliyatga  keng  jalb  etish,  ularning  o’z  ijodiy  va  intellektual  salohiyatini 

ro’yobga  chiqarishi  uchun  sharoit  yaratishga  doir  kompleks  chora-tadbirlarni 

ishlab chiqish kerak. 

Albatta  ta’lim-tarbiya  ong  mahsuli.  Lekin  ayni  vaqtda  ong  darajasi  va 

uning  ravnaqini  ham  belgilaydigan,  ya’ni  xalq  ma’naviyatini  shakllantiradigan 

va  boyitadigan  eng  muhim  omildir.  Binobarin,  ta’lim-tarbiya  tizimini  va  shu 

asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shuni 

unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida  yaratiladi, 

boshqacha 

aytganda 

xalqimizning 

ertangi 

kuni 


qanday 

bo’lishi, 

farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq. 

Oxirgi  yillarda  ta’limni  tarbiya  sohasida  amalga  oshirilgan  ko’lami  va 

mohiyatiga  ko’ra  ulkan  ishlarimiz  biz  ko’zlagan  ezgu  niyatlarimizga  erishish 

hech  kimdan  kam  bo’lmaydigan  hayot  barpo  etish,  yoshlarimiz,  butun 

xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi. 

Ma’lumki,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  asosiy  bo’g’inini  uzluksiz 

ta’lim tizimi tashkil etadi. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli 



 

ta’lim  dasturlari  bilan  ta’minlashda  avvalo  ularning  jahon  talablari  darajasiga 



javob  berishi  yuksak  ma’naviyat  zamirida  qurilganiga  asosiy  e’tibor  berish 

kerak.  Barkamol  avlod  tarbiyalash  insoniyatning  eng  yorqin  orzusi  bo’lib 

kelgan.  Bunday  orzudagi  insonlar  azaliy  ma’rifatga,  ma’naviyatga  mansub 

bo’lgan  yurtlarning  donishmandlari,  eng  mo’tabar  ziyolilari,  hukmdorlari 

hisoblangan [3].  

O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bilimlarning  zarur  hajmini  beradi, 

mustaqil  fikrlash,  tashkilotchilik  qobiliyati  va  amaliy  tajriba  ko’nikmalarini 

rivojlantiradi,  dastlabki  tarzda  kasbga  yo’naltirishga  va  ta’limning  navbatdagi 

bosqichini  tanlashga  yordam  beradi.  Hozirgi  zamon  mutaxassislari,  faoliyat 

doiralari  qanday  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  fizika  va  informatika  bo’yicha  keng 

ko’lamdagi  bilimlarga,  zamonaviy  hisoblash  texnikasi,  informatsion  aloqa  va 

kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida 

yetarli  malakalarga  ega  bo’lishi,  hamda,  yangi  informatsion  texnika  va 

texnologiya  asoslarini  uning  ertangi  kuni,  rivoji  to’g’risidagi  bilimlarni  o’zida 

mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.   

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ma’lum  sohani  tubdan  isloh  qilish 

orqali  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlash  milliy tizimni yaratish maqsad qilib qo’yilgan [3]. 




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin