О‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Davlat hokimiyati vakillik organlari



Yüklə 134,67 Kb.
səhifə9/10
tarix05.01.2023
ölçüsü134,67 Kb.
#78537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Djurayeva Gulmira.Nizomiy.

Davlat hokimiyati vakillik organlari — fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. D.h.v.o. vakillik xususiyati ularning saylov yoʻli bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida masʼul boʻlishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng koʻlamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida D.h.v.o. tarkibiga oliy vakillik organi — Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlari — hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.
Oliy Majlis fuqarolar tomonidan hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyali saylov asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat. 18 yoshga yetgan fuqarolar Oliy Majlisga saylash, 25 yoshga yetgan fuqarolar saylanish huquqiga ega. Deputatlar oʻz saylovchilarining, deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan tegishli siyosiy partiya yoki D.h.v.o.ning vakili hisoblanadi. Oliy Majlisning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boʻlim 18-bobida, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlis toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunida (1994 y 22 sentabr) va Oliy Majlis reglamenta da belgilab berilgan.
Mahalliy vakillik organlariga deputatlar 5 yil muddatga 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolar tomonidan saylanadi, saylanish huquqi 21 va undan yuqori yosh qilib belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-boʻlim 21-bobida hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonunda (1993 yil 2 sentabr) belgilangan (yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi). Sayt a`zolariga savol sizlarni qaysi maqolalaring o`zi butun
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Oʻz) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994-yil 25 dekabrda va 1999-yil 5 dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari — hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.

XULOSA
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida o’z Konstitutsiyamizni, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risidagi qonun, inson huquqlari masalalari bilan shug’ullanuvchi milliy institutlar tashkil topdi. Masalan, Oliy Majlisning inson huquqlari vakili (Ombudsman), Milliy Markaz, Oliy Majlis amaldagi qonunlar monitori ngi institutlari shular jumlasidandir. Bu institutlarning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqarolariga ularning o’z huquq va erkinliklarini himoya qilishlari, davlat nima, huquq nima ekanlikligi chuqur bilishlarini o’zida aks ettiradi.
2002-yil 29-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis to’qqizinchi sessiyasidagi «O’zbekiston demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» to’g’risidagi ma’ruzasining asosiy mohiyat va mazmuni xalqimizning orzu-umidlari va intilishlariga javob beradigan mamlakatimizga, ertaga o’rnimizga keladigan avlodlarga ulkan imkoniyat va istiqbollar eshigini ochadigan demokratik va huquqiy davlat qurish hamda bozor istisodiyotini shakllantirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Mustaqil Vatanimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, bosqichma-bosqich barcha sohalar bo’yicha islohatlarni rivojlantirish bilan bir qatorda ertaga o’rnimizga keladigan yosh kadrlar bazasini vujudga keltirish muhim va asosiy vazifalardan biridir.
Yurtboshimiz Islom Karimovning 2002-yil 5-dekabr kuni «Turkiston» saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi «Hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi» nutqida «Konstitutsiyamiz hayotimizda o’z aksini to’liq topishi uchun hali zamon talab qiladigan ko’pgina qonunlarni qabul qilishimiz shart»- dedi.


Yüklə 134,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin