Mundarija: I.Kirish…………………………………………………………………………….3 II.Asosiy qism …………………………………………………………………….4 Vertual olamning insonlarga tasiri……………………………………….6
Real hayotdan virtual olamga o’tishning asosiy omillari ………………15
Virtual olam tahdidlari……………………………………………………19
III.Xulosa …………………………………………………………………………24 IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………25 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston va umumbashariy muammolar"XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib insoniyat koʻplab umumbashariy muammolarga duch keldi . Ushbu muammolar va ularning echimlariga doir masalalar bugungi kunda nixoyatda dolzarb boʻlib qolmoqda . Avvalo globallashuv xodisasining oʻzi aloxida mavzuga aylandi va bu haqida aloxida globalistika fani shakllandi . Global jarayonlar va muammolarning paydo boʻlish tarixi , bugungi xususiyatlari va darajalari , milly hamda umuminsoniy jihatlari bilan bogʻliq masalalarga ortib bormoqda.1 Bizning mamlakatimiz uchun ham bunday global masalalar va ularning echimlariga doir muhim vazifalarni ado etish zarurati mavjud , albatta. Bu borada nafaqat global daraja , balki milliy muhitda , yani mamlakatimiz xududida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar ham talaygina. Axborot sohasidagi globallashuv qanchalik yuqori cho’qqisiga chiqqaniga bugungi kunda millionlab yoshlarning internetdan internetdan foydalanishga o’tganligi va o’z kasbining ustalarini internet tarmog`i orqali mablag` ishlab topayotganidan ham anglash mumkin. Shunday chigal va murakkab sharoitda biz uchun galdagi yeng muhim vazifalardan biri – yosh avlodning ongi hamda qalbini yot g’oyalardan, mafkuraviy tahdidlardan asrab-avaylashdir. Shuni hisobga olgan holda, internet tizimi orqali ma’naviy targ`ibot ishlarini, jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirishi zarur. Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o`tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo`lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz [1.592]. Axborotlashgan jamiyatda aholini, ayniqsa yoshlarni kiberjinoyatchilikdan himoya qilish dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Inson ma’naviy qiyofasini saqlab qolish, uning axloqiy ongini kiberhujumlardan saqlash dolzarbligicha qolmoqda.
Asosiy qism “… Albatta internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa urnatish, zudlik bilan zarur akhborot va malumotlarni olish, bilim va marifatni oshirishda uning beqiyos urni va ahamiyati borligini hech kim inkor etolmaydi. Biz odamlarimizning internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishga bulgan intilishlarini har tomonlama qullab-quvvatlaymiz. Takror bulsa-da aytmoqchiman – akhborot olamida qandaydir devor urnatish, uz qobigiga uralib, mahdudlikka yuz tutish yuli bizga aslo maqul emas..” Islom Karimov Tekhnika asri hisoblangan hozirgi zamon sharoitida ish faoliyatimizni, ijtimoiy aloqalarimizni, talim jarayonlarini, khullas, butun hayotimizni internetsiz tasavvur qilish mushkul bulib qoldi. Buni sababi oddiy internet yordamida ishlar oson, tez va kamkharajat bajariladi. Shuningdek,mislsiz qulayliklarga ega ekanligi ham kishilar hayotida internetni keng urin egallashiga sabab bulmoqda. Tasavvur qilish uchun birgina misol keltirishning uzi kifoya qiladi, deb uylayman. Samolyot bilan safarga chiqmoqchi bulgan inson chipta olish uchun chiptakhonaga borishi, navbatda turib, chipta olishi, agar chipta u istagan kunga topilmasa, ortiga qaytib ketishiga tugri keladi. Khuddi shu ish internet orqali amalga oshirilsa-chi?!U uyda utirib, chipta kharid qiladi,vaqti kelganda, tayyoragohda uchishdan oldin avtomatdan elektron chiptasini oladi. Bu ish avvalgisiga solishtirilganda, ancha kamkharj va osonroq. Chiptakhonaga borib ovora bulinmaydi, navbatga turilmaydi,ustiga ustak arzonga tushadi.Shuning uchun davlatlarda bunday qulayliklarni rivojlantirish,takomillashtirish va undan yuqori darajada foydalanishga harakat qilinmoqda.
Hozirgi kunda asosan internetdan faol foydalanuvchilar, shubhasiz, yoshlar. Ular soni ortib bormoqda. “Bolalarni asraylik” (Save the Children) khalqaro tashkiloti AQShdagi 15-17 yashar usmirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi internetdan muntazam foydalanishini elon qilgan.
Yurtimizda internet foydalanuvchilar soni 2008 yilda 2 million bulsa, hozir kunga kelib 15 milliondan oshgan va ularning aksariyati yoshlar.
Aqlli insonlar har doim barcha imkoniyatlardan mukammal foydalanish va bu yulda buladigan zararlarni iloji boricha daf etishga intiladilar. Barcha ishlarda bulganidek, undan foydalanishning uziga khos qoidalari, shartlari va odoblari mavjud. Ularga rioya etish bilan maqsadga tezroq va sifatliroq erishish mumkin. Aks holda, uning zarar va ofatlari kulfat keltirishi tayin. YOshlarni chalgituvchi, etiqod va aqidaga putur etkazuvchi,fahshva akhloqsizlikni targib qiladigan saytlar kupayib bormoqda. Ayrim kimsalar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda, haqoratlab sukishmoqda, bir-birini sharmanda qilmoqda.Hatto uorqali siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa kupgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilmoqda. Qupol qilib aytganimizda,internet mazkur qabohatlarni amalga oshirishni osonlashtirmoqda.