O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining buyrug’I



Yüklə 41,1 Kb.
səhifə1/4
tarix28.08.2023
ölçüsü41,1 Kb.
#140831
  1   2   3   4
142 буйрук ижрога




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI DIREKTORINING
BUYRUG’I


Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo'yicha joriy etilgan karantin davrida joriy yil 10 iyundan xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishni online va offline shaklda tashkil etish to'g'risida



O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-martdagi yig’ilish bayoniga muvofiq joriy etilgan karantin davrida raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishni online shaklda tashkil etish hamda Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 9-iyundagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo'yicha joriy etilgan karantin davrida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirish kurslarini online va offline shaklda tashkil etish to'g'risida”gi №-142 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:

  1. Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 9-iyundagi №-142 sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 9-iyundagi №-142 sonli buyrug’iga asosan Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM da 2020-yilning aprel, may, iyun oylari uchun malaka oshirish rejasi hisobidan iyun va avgust oylarida onlayn va offlayn shakllarda masofadan malaka oshirishni tashkil etish bo'yicha malaka oshirish rejasi 2020-yil 9- iyundagi №-142 soanli buyruqning ilovasiga muvofiq tashkil etilishi belgilansin.

  3. O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi (I.Abduraimov)ga

Karantin e'lon qilinishi munosabati bilan o'quv jarayoni to'xtatilgan mart oyi kurslarini ”2+2” shaklda (2020-yilning iyun oyida) oxiriga yetkazish bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilsin.
Tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi jarayonlarini onlayn tarzda masofadan tashkil etish bo’yicha amaldagi talablar asosida tashkiliy ishlar amalga oshirilsin;
2020 -yil 10-iyundan onlayn kurslarga tinglovchilar qabulini tashkil etish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
onlayn kurslarning mashg'ulotlar jadvallarini ishlab chiqish va o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
onlayn kurslarda dars mashg'ulotlarini olib borishga birinchi navbatda asosiy shtatdagi professor-o'qituvchilarni dars jadvaliga kiritish vazifalari yuklatilsin.
malaka oshirish kurslariga jalb etilishi rejalashtirilgan xalq ta'limi xodimlari ro'yxatini kompyuter, internet tarmog'idan, elektron pochła va boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'Igan xodimlar tarkibidan shakllantirib, ulaming tegishli hujjatlari (pasport, diplom, buyruq) nusxalarini elektron shaklda olish, malaka oshirish kurslariga jalb etilishi rejalashtirilgan xalq ta'limi xodimlarining onlayn kurslardagi o'quv mashg'ulotlariga mas'uliyat bilan ishtirok etishini tashkil qilish va davomatini olib borish yuklatilsin.


  1. Yüklə 41,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin