O’zbekistonning eng yangi tarixi “ fanidan 2-mustaqil ish guruh: 2308-fransuz Bajardi : Rajabova Nozima Mavzu: Amir-Temur buyuk davlat arbobi. Reja



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#211382
  1   2   3
Rajabova Nozima 2- MUSTAQIL ISH


SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI “ FANIDAN


2-MUSTAQIL ISH




Guruh: 2308-fransuz
Bajardi : Rajabova Nozima

Mavzu: Amir-Temur buyuk davlat arbobi.
Reja:
1. Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi
2. Siyosiy faoliyatining boshlanishi
3. „Buyuk amir“ sifatida saylanishi
Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temur (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) 1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi - oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi Amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin