O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKUL’TETI
“TARIX”
kafedrasi
5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)
bakalavriat yo`nalishi talabalari uchun bitiruv-malakaviy
ishlarni tayyorlash va himoya qilish bo`yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Namangan - 2016
2
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5120300 - Tarix (mamlakatlar va mintaqalar
bo`yicha) yo`nalishini tamomlayotgan bakalavriat yo`nalishi talabalariga
mo`ljallangan bo`lib, bitiruv-malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va
himoyaga tayyorlash jarayoni bo`yicha asosiy talablar yuzasidan to`liq tasavvur
beradi.
Tuzuvchi:
t.f.n. A.A. Erqo`ziyev
Taqrizchilar:
t.f.n. Z.Sh. Madrahimov
t.f.n. Sh.A. Haydaraliyev
Uslubiy qo`llanma Tarix kafedrasining 2016 yil 22 apreldagi 8-sonli kafedra
majlisida muhokama etilgan va ma`qullangan.
Uslubiy qo`llanma Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Kengashining 2016 yil 29
apreldagi majlisida muhokama etilgan va nashrga tavsiya etilgan.
3
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining
1998-yil 31 dekabr 362-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «O`zbekiston
Respublikasi Oliy o`quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat
attestatsiyasi to`g`risidagi Nizom»da yakuniy davlat attesttsiyasi bir yoki
bir necha attestatsiyalardan iborat bo`lishi ko`rsatilib, bitiruvchilarning
malakaviy ishni bajarishi va himoya qilishi qayd etilgan. Bitiruv
malakaviy ishi (BMI)ga qo`yiladigan talablar «Oliy o`quv yurtlarda
bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo`yiladigan talablar»da
keltirilgan bo`lib, unda ishni bajarish tartibi, hajmi va mazmuni
talablarga muvofiq ravishda oliy o`quv yurti tomonidan belgilanishi
ko`rsatilgan.
Ushbu uslubiy qo`llanma yuqorida ta`kidlangan me`yoriy
hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Namangan davlat universiteti
Tarix yo`nalishi bitiruvchilarini, ularga rahbarlik qiladigan professor-
o`qituvchilarni bitiruv malakaviy ishini bajarishda rioya qilinishi lozim
bo`lgan qoidalar va talablar bilan tanishtirishga yo`naltirilgan.
Mazkur uslubiy qo`llanmada bitiruv malakaviy ishining maqsadi
va vazifalari, mavzuni tanlash va tasdiqlash, malakaviy ishga rahbarlik
qilish, ishni bajarish, shuningdek bitiruv malakaviy ishining tuzilishi,
adabiyotlar tahlili foydalanilgan manbaa va adabiyotlarni qayd etish
tartibi, ilova, jadval va chizmalarga qo`yiladigan talablar ilmiy rahbar
xulosasi, taqrizlar ishni rasmiylashtirish bilan bog`liq muammolar
yoritilgan.
4
Dostları ilə paylaş: |