4-maʼruza. Ekologik tizimlar. Organizmni muhit bilan oʻzaro taʼsiri
Maʼruza rejasi:
Reja:
1
. Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari
haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi.
2. Okean va quruqlik ekotizimlari.
3. Ekotizmlarda organizmlar jamoasi. Ekotizimlarni gomeostaz holati.
Ekotizimlarni mahsuldorligi.
4. Agroekotizimlar. Ekotizmlarda moddalar aylanishi.
5. O‘rmon cho‘l, o‘tloq, suv havzasi va boshqa ekotizimlari. Ekotop va
biosenozlar.
Tanch iboralari:
Ekosistema, biogeotsenoz, birlamchi mahsulot, sof birlamchi mahsulot,
ikkilamchi mahsulot, ekskrementlar, metobolizm, iyerarxiya, biom, produsent,
konsument, redusent, ozuqa zanjiri, ekologik piramida, tabiiy ekosistema, sunʼiy
ekosistema.
1. Jamoaning tuzilishi va shakllanishi
A.Tenslining
«ekosistema»
va
V.N.Sukachevning
«Biogeosenoz»
tushunchalari toʻgʻrisida.
Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning
populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa
organizmlar va oʻlik tabiatning taʼsirida boʻlishi bilan birga oʻz navbatida oʻzlari ham
ularga taʼsir koʻrsatadi.
Bir biri bilan va atrof muhit bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan organizmlarning
populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi.
Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz – bir — biriga bogʻliq
biotik va abiotik
tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir.
Biogeosenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar
(fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda
geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar)
biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi
gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resurslari
esa jonsiz komponentlarga kiradi
.
Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq,
iqlim sharoitlari, suv
rejimi, oʻsha joyda oʻsib unadigan oʻsimlik va hayvonlar bir-biriga monand va oʻzaro
bogʻlangan boʻladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi
A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev
ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeosenoz tarkibiga
odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeosenoz taraqqiy etib va oʻzgarib turadi.
Bu oʻzgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham taʼsiri ostida roʻy
beradi. Beogeosenozni oʻrganish qishloq xoʻjaligi va ayniqsa, oʻrmon xoʻjaligini
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali oʻtadigan energiya
oqimiga bogʻliqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil
qiluvchi biotik komponentlar tomonidan oʻzlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar
tomonidan organik modda sifatida toʻplaydigan energiya tezligi birlamchi mahsulot
deb ataladi. Bu eng muhim parametr boʻlib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga
bogʻliq boʻladi.
Maʼlumki, oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda boʻladi.
U koʻpincha geografik kenglikka, oʻsimliklar qoplamining
taraqqiyot darajasiga
bogʻliq. Oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasining taxminan 95 — 99% shu
zahotiyoq qaytariladi, u yoki issiqlikka aylanadi yoki suvni bugʻlatishga sarf boʻladi
va faqatgina 1 — 5% xlorofill tomonidan qabul qilinib organik molekulalarni hosil
qilishga sarf boʻladi. Oʻsimliklar qabul qilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish
yoki fotonafas olishga sarf boʻladi. Undan qolgan energiyaning organik moddalarni
hosil qilishga ketgan qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. (S.B.M.).
Birlamchi mahsulotning mahsuldorligi yozda qishga nisbatan koʻp boʻladi. Bir
organizmlarni ikkinchi organizmlar yeganda (isteʼmol qilganda) ovqat (modda va
energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga oʻtadi. Hazm qilinmagan ovqat
keyinchalik chiqarilib tashlanadi. Ovqat hazm qilish organlari boʻlgan hayvonlar
qoldiqlarni ekskrementlar (chiqindilar) sifatida tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu
chiqindilar tarkibida ham maʼlum miqdorda energiya saqlanadi.
Hayvonlar ham, oʻsimliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning maʼlum bir
qismini yoʻqotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda
chiqindilardan qolgan energiya oʻsimlik va hayvonlarning oʻsishi, koʻpayishi va hayot
faoliyatini taʼminlashga sarf boʻladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan
(toʻplangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi.
Ovqat zanjirining har bir boʻlimi (zvenosi)da bir qism energiya yoʻqoladi. Demak
ovqat zanjirining uzunligi koʻpincha shu energiyaning yoʻqolishi bilan chegaralanib
turadi.
Oʻsimliklar tomonidan qabul qilinadigan yorugʻlik energiyasi miqdorining
dastlabki sof mahsulotga boʻlgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-
biriga berilishi (oʻtishi) birlamchi oʻtishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan,
oʻsimliklardan oʻtxoʻr hayvonlarga oʻtadigan energiyaning oʻrtacha effektivligi 10%
ni tashkil qilgan holda, hayvonlardan hayvonlarga oʻtadigan energiyaning effektivligi
20% boʻladi. Umuman, oʻtxoʻr hayvonlarda yirtqichlarga
qaraganda hazm qilish
effektivligi past boʻladi. Buning sababi shuki, oʻsimliklarda koʻproq yogʻochlik va
selyulloza boʻlib, hayvonlar organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi, energiya manbai
boʻlib hisoblanmaydi.
Nafas olish jarayonida yoʻqotilgan energiya boshqa organizmlarga oʻtmaydi.
Ekskrementlarda metabolizm qoldiqlaridagi energiya esa detritofag va redusentlarga
oʻtadi hamda ulardagi energiyalar ekosistemada qoladi. Detrit zanjirlari oʻlik
organizmlar va oʻsimliklar qoldiqlaridan boshlanadi (toʻkilgan barg va poyalar).
Toʻgʻridan-toʻgʻri detritlarga va redusentlar ozuqa zanjiriga oʻtuvchi dastlabki toza
mahsulotlar hamma ekosistemalarda ham bir xilday emas. Oʻrmon ekosistemalarida
dastlabki mahsulotlarning koʻp qismi detrit zanjiriga oʻtadi. Shu sababli oʻrmon
ostidagi qoldiqlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun qulay sharoitdir. Biroq dengiz
ekosistemalarida ham intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki mahsulotning
yarmidan koʻpi yaylov ozuqa zanjiriga qoʻshilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov
zanjirlariga qaraganda kamroq oʻrganilgan. Biroq energiya oqimi nuqtai nazaridan
qaralganda ularning ahamiyati yaylov zanjiriga nisbatan koʻp boʻlsa koʻp, oz emas.
Agar ekosistema stabil (oʻzgarmaydigan) boʻlsa, unda umumiy biomassaning
hajmi koʻpaymaydi. Yaʼni yilning boshida qancha boʻlsa, oxirida ham shunchaligicha
qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda boʻlgan hamma energiya har xil trofik
darajadagi organizmlardan oʻtadi va natijada uning toza
mahsuldorligi nolga teng
boʻladi.
Koʻpincha ekosistemalar oʻzgarib turadi. Masalan, yosh oʻrmonlarda oʻsimliklar
vegetatsiya davrining oxiriga borib toʻplangan energiyaning bir qismi oʻsimliklar
biomassasining ortishiga olib keladi. Oʻsimliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan
davrlar (bahor, yoz)da dastlabki mahsulot koʻp boʻladi, ikkilamchi mahsulotning
ortishi esa keyinroq kuzatiladi.
Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak
boʻlgan energiya va ovqat manbaini koʻpaytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy analizlar yordamida oʻsimliklarni oʻstirish agrotexnik qoidalarni
takomillashtirib ularni mahsuldorligini oshirish mumkin.
Har bir trofik darajada
energiya yoʻqolar ekan, demak hamma narsani isteʼmol qiluvchi (odamlarda ham)
organizmlar uchun ekosistemadan samarador energiyani ajratib olish usuli — bu
oʻsimliklar hisoblanadi. Biroq, bu yerda boshqa omillarni ham eʼtiborga olmaslik
mumkin emas. Masalan, hayvonlar oqsilida koʻpincha almashtirib boʻlmaydigan
aminokislotalar boʻladi.
Bundan tashqari, oʻsimlik oqsillari hayvon oqsiliga qaraganda qiyinroq hazm
boʻladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir qancha
ekosistemalarda madaniy
ekinlarni parvarish qilish va moʻl hosil olish qiyin boʻlganligi sababli, bu
ekosistemalardagi hayvonlar oʻzlari uchun kerakli ozuqani katta maydonlardan
oladilar. Ana shunday ekosistemalarga dasht, Oʻrta Osiyoning choʻl zonasi, bugʻilar
yashaydigan tundra zonalarini misol qilib olish mumkin.