1-BILET
1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.
Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-
sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning
quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab
Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan.
XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan
so'ng
parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va
quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida
Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy
qismida esa Oq O'rda tashkil topdi.
Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon,
qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun),
karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus
O'zbeklar davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada shayboniylardan bo'lgan
Abulxayrxon (1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib,
katta
davlatga asos soldi. Keyinchalik mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga
birlashtirildi.
Qozoq
urug'lari
XV
asrning
40-yillarida
Abulxayrxonga
bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va keyinchalik
Qozoq xonligiga asos soldilar (1465).
Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta yer egalari bilan dehqonlar va
chorvadorlar o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida davlat zaiflashib bordi.
Ana shunday sharoitda hokimiyatni qo'lga olgan
Abulxayrxonning nabirasi
Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda tug'ilgan, yoshlik yillarida Samarqand va
Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi qabilalarni birlashtirib, davlat
hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz
feodal urushlar temuriylar
davlatining kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi davlatlar va
mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng raasofada
joylashgan turkmanlar bir necha qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ko'pincha o'zaro
kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay vaziyatdan foydalanib Temuriylar davlatidan
ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib mustaqil davlat tashkil etdi. Bundan
tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon ham mustaqil davlatga
aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini Abulxayrxonning
nevarasi Shayboniy asos solgan o'zbeklar davlati egalladi.
Temuriylar
davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va hokimlikka
da'vogarlarning o'zaro to'xtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga hujumi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XV asr oxirlarida Turkistonga
bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston) shaharlarini bosib oldi.
U 1499-1507-yillarda Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Shohruhiya, Farg'ona,
Qunduz, Xorazm, Balx va Hirotni ishg'ol qilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z
hokimiyatini o'rnatdi.
Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr
boshlarida
Movarounnahr
va
Xurosonni
egallab,
temuriy
shahzodalar
hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining
markazlashgan
davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI
asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi. Shundan keyin bu davlat Buxoro
xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida
saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta
ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi
uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va
Xurosondagi mahalliy turkiy xalq o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib
ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi.
Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida
Qipchoq dashtining
Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon
(1428-1468) hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon
(1450-1510) davlatlarini ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan.
Ammo bu
unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi
bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida,
qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan
shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan.