3-Mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy metodik asoslari.
Mashg’ulotnibg qisqacha naqsadi:
O‘quv fаnigа аjrаtilgаn o‘quv sоаtlаri hаjmi,
tаlаbаlаr o‘quv-biluv fаоliyatigа qo‘yilаdigаn
tаlаblаr, bilimini nаzоrаt qilish vа
bаhоlаshning rеyting tizimi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi.
Matematika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini
loyihalashtirish bilan
tanishtirish.
REJA
1.
Matematika fanini о‘rganish metodlari
2.
Matematika о‘qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari
1. Matematika fanini о‘rganish metodlari
Metod sо‘zi grekcha sо‘z bо‘lib, ―yо‘l kо‘rsatish‖ demakdir. Ta’lim metodi
tushunchasi esa xozirgi zamon metodiga va
didaktik fanlardagi asosiy
tushunchalaridan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodik
adabiѐtlarda turli mazmunda qо‘llanib kelinar edi.
Hozirgi
zamon didaktikasida, jumladan matematika о‘qitish metodikasi
fanidan ta’lim metodning muammolari umumiy holda hal qilingan bо‘lib, u
о‘zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi.
A) о‘qitish (о‘qituvchining faoliyati);
V) о‘rganish (о‘qituvchilarning ongi bilan faoliyati);
Maktab matematika kursdagi ta’lim metodlarini quyidagicha
klassifikatsiyalash mumkin.
1. Ilmiy izlanish metodlari (kо‘zatish, tajriba
taqqoslash, analiz va sintez,
umumlashtirish, abstraksiyalash konkretlashtirish va klassifikatsiyalash).
2. О‘qitish metodlari (evristik metod, dasturlashtirilgan ta’lim metodi, muammoli
ta’lim metodi, ma’ruza va suhbat metodlari).
3. Xulosa chiqarish metodlari (induksiya deduksiya va analiz).
2. Matematika о‘qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari.
Bizga ma’lumki, matematika fanining о‘rganadigan obyekti materiyadagi
narsalarning fazoviy shakllari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlardan
iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jaraѐnida
matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar.
Matematikadagi izlanish uning ilmiy metodlari bir vaqtning о‘zida matematikani
о‘qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. О‘qitishdagi
ilmiy
izlanish metodlari quyidagilardan iborat:
1. Tajriba va kuzatish.
2. Taqqoslash
3. Analiz va sintez
4. Umumlashtirish
5. Abstraksiyalash
6. Konkretlashtirish.
7. Klassifikatsiyalash.