PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA
TUSHUNCHA
Reja:
1.
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
2.
Pedagogik maqsadga muvofiqlik va o’qituvchi tashqi qiyofasi.
3.
O’qituvchining o’z-o’zini boshqarishi, mimika va pantomimika.
Tayanch
tushunchalar:
o’z hulq–atvorini boshqarish, mimika,
pantomimika, diqqat, kuzatuvchanlik, tasavvur, nutq texnikasi, nutq nafasi, ovozni
sozlash va boshqarish, diktsiya (talaffuz), nutq sur’ati, didaktik, tashkilotchilik,
konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar.
1. Pedagogik texnika haqida tushuncha
Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari
uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni
san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus
ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol
qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik,
jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini
boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi.
Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy
ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati
ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda
namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning
vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari.
Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 –
guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid
ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika);
hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat,
kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq
sur’ati).
2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish
ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular
– didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish,
pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning
tehnologik usullari.
Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha
yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil
etishga oid masalalar hususida to’htalamiz.
YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar.
O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan
o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar
mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar,
ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab
turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi.
O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan
havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga
qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l
harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz
qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan.
Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining
noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar
kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish,
nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi
ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik,
ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq.
Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir
ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni
yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga
tayyorlashning muhim omillaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |