Psixologiya” fakulteti “iqtisodiyot va turizm” kafedrasi



Yüklə 36,97 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü36,97 Kb.
#207873
4 bank jahon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
PUL KREDIT VA BANKLAR” FANIDAN

4-MUSTAQIL ISH


Mavzu: Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi J. Abdullayev


Qabul qildi: A.Nizametdiniov


Jizzax-2023
Mavzu:Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar
Reja:
1. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni baholash tartibi.
2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi.
3. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi.

Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo`layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o`zining rivojlanish yo`nalishlarini o`zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o`zgarishlar bo`lishiga sabab bo`ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ldi. Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo`nalishiga tobeligi, ya`ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish. siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo`nalishlarni tanlashda hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o`rni ko`p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo`nalish (tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko`rib chiqish mumkin. 70-yillar o`rtalaridan 80yillar o`rtalarigacha bo`lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko`pgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro`-e`tibori, nufuzi qsdi va bu ma`muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo`ldi. Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga:
− bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
− pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
− xukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlash chegaralanganligining mavjudligi va qat`iyligini ajratib ko`rsatish mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko`rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo`lib hisoblanadilar. Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob`ektiv omillariga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin: − Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; − bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko`rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli; − Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi; − Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari qrnatilgan qonun bilan tqxtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo`nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; − mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakllari. Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko`rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol’ o`ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga tegishli bo`lmasa ham, qonunchilikda ma`lum sharh (izoh) mavjud bo`ladi. Agar mavjud bo`lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi. Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko`rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga egadirlar. Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. SHu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari qonunda ko`rsatilgan. SHu sababli ulush egalari yig’ilishi chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to`g’ridan-to`g’ri bog’liq bo`lmaydi. SHunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko`proq Markaziy bank salohiyatiga va an`analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQSHning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko`rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. SHunday bo`lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a`zo-banklarning to`liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo`lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir. Bu omilning tahlilidan kqrinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o`rtasidagi farq faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim tavsiya etishida namoyon bo`ladi. Ko`pgina rivojlangan davlatlarda YAponiya, AQSH, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi. Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bqshatib bo`lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya). Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko`rsatuvchi uchinchi omil, uning qonunda ko`rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari hisoblanadi. Bu omil bir tomondan, Markaziy bank faoliyatini erkinligiga chegara qqysa, boshqa tomondan, uning qonunda ko`rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi. Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSH, SHvetsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta`rifi qonunda qayd etilmagan yoki umumiy holda ko`rsatilgan, xolos. SHunday bo`lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq bo`lgan markaziy banklar bordir. SHunday qilib, bu omilning ta`sirini faqat Markaziy bankning tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin. Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish omili shu sababli ikkinchi darajali rol’ qynaydi. Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo`yicha qanchalik darajada qrnatil-ganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta`sir ko`rsatadi. Mustaqillik darajasi nisbatan past bo`lgan markaziy banklarga Frantsiya va Italiya markaziy banklarini misol qilib ko`rsatish mumkin. Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo`nalishini xukumat belgilashi qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, xukumat ko`rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o`taydi. Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Frantsiya banki Moliya Vazirligi qaramog’idadir. Pul bozoridagi interventsiyaning tashabbuskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz franki kursini ushlash masalasi hamda Evropa Hamjamiyati bozorining tashkil topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham xukumat ishtirok etmoqda. Albatta, Frantsiya Markaziy banki tomonidan xukumatning pulkredit siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar bo`ldi. Masalan, 1982 yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga binoan xukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo`ldi va Frantsiya banki odatdagidek, Moliya Vazirligi ko`rsatmasiga bo`ysinishga majbur bo`ldi. AQSHning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u o`zfaoliyati vakolatini “Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi. SHveytsariya, Italiya, SHvetsiya va Daniyada xukumatni kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy banklarining bu mezon bo`yicha davlatga qattiq qaramliklarini ko`rsatadi.
Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko`proq Markaziy bank salohiyatiga va an`analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko`rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. SHunday bo`lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a`zo-banklarning to`liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo`lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir. Bu omilning tahlilidan ko`rinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin, chunki bu guruhlar kapitalining 100 foizi ham davlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi qrnini ham uning mamlakat xukumati bilan bo`ladigan munosabatidan bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati Markaziy bank to`g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. qonunda Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o`zaksini topgan bo`lishi kerak. CHunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa qonun hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to`g’risida”gi qonun oldida ustuvor emas. Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bo`shatib bo`lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya). O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy bank faoliyati to`g’risida”gi qonunning 20, 21 - moddalarida to`xtalib o`tilgan.
O`zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki raisi 5 yil muddatga saylanadi. qonunning 22-moddasida “Markaziy bank Raisining birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimiga ko`ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan. SHunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan bo`shatish tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv organlariga nisbatan bo`lgan mustaqilligini namoyon etadi. O`zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular: − pul muomalasini tartibga solish; − so`mning qadrini oshirishni ta`minlash; − pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; − tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazorat qrnatish; − tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha operatsiyalarni amalga oshirish; − davlatning tashqi qarzini to`lash va oltin-valyuta rezervlarini boshqarish. Qonun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit siyosati mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol tariqasida, kreditlarning foiz stavkasini, banklarga qrnatilgan iqtisodiy me`yorlarni, qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilarni keltirish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin. qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagilar bayon etilgan: “Kreditlar hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin muomalada bo`ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati to`lanadigan qarz majburiyatlari ko`rinishida, tasdiqlangan davlat qimmatli qog’ozlari garovga qo`yilishi sharti bilan beriladi. Bunday qimmatli qog’ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor stavkasi bo`yicha to`lanadigan daromad manbaiga ega bo`ladi va Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi qarz majburiyatlarini to`lash muddatlariga muvofiq kelishi lozim. Kredit berish xukumat va Markaziy bank o`rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to`lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi. Markaziy bank xukumatga obuna bo`yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a`zoligidan kelib chiquvchi boshqa to`lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli. Markaziy bank xukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”. Biroq, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi hamda inflyatsiyaning o`sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda Markaziy bankning byudjetni engilliklar bilan moliyalashtirishi kuzatilmoqda. Xukumat bilan Markaziy bank o`rtasidagi kreditlash borasidagi o`zaro munosabatlarni jahon mezonlariga moslash uchun 1 yilgacha beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim. SHu holatda O`zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar o`tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda qayta taqsimlashi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



1. Abdullaeva, Sh.Z. (2000). Pul, kredit va banklar.[O’guv qo’llanma.]. Moliya nashriyoti.
2. Omonov, A.A., & Ko’raliev, T.M. (2012). Pul, kredit va banklar. Darslik. Soliq akademiyasi. Toshkent moliya institute.-Toshkent, Moliya.
3. Shоdmоnоv, Sh., Yaхshiеvа, M., & Yusupоv, R. (2013). Pul nаzаriyasi: O’quv qo’llanma. TDIU.
4.«Pul nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua. Tuzuv- chilar: M. Yaxshiyeva., A. Adashev. - Т.: TDIU. 2010.
Internet saytlari:
1. www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.
2. www.mfer.uz — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligining rasmiy sayti.
3. www.UzA.Uz — O‘zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti
4. www.eurasianews.com - Yevro Osiyo tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti.
5. www.IntemetNews.com — yangiliklar serveri.
Yüklə 36,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin