1
IDEAL
REZYUME
FORMULASI
Orzuyingizdagi kompaniya eshiklarini
ochadigan rezyume yozishni
6 qadamda o’rganing
2
MUNDARIJA
Rezyume tarkibi � � � � � � � � � � � � � 9
Rezyume qan day yoziladi? � � � � � � � 25
Rezyume dizayni � � � � � � � � � � � � 37
Rezyume tayyor� En dichi? � � � � � � � 41
Muqova xati � � � � � � � � � � � � � � 51
Q o’shimcha maslahatlar � � � � � � � � 55
1
2
3
4
5
6
3
MUQADDIMA
Bu qo’llanmani o’qiyotgan ekansiz, demak, biron
bo’sh ish o’rniga qiziqqansiz� Ish e’lon qilgan korxona
vakilidan
“Rezyumengizni falon emailga yuboring”
yoki
“Rezyumengizni yuborsangiz, shunga qarab
taklif haqida o’ylab ko’ramiz”
degan javobni olgan
bo’lishingiz ham mumkin� Tanishingizdan o’zi
ishlayotgan joyda ish borligi haqida so’rasangiz,
“xo’p, ish haqida so’rab ko’raman, faqat avval
rezyumeni yuborib qo’ygin”
degan so’rov ham
notanish bo’lmasa kerak�
Hozir biron joyga ishga kirmoqchi bo’lsangiz, albatta,
u joyga rezyumengizni taqdim qilishingiz shart�
Korxona rezyumengizdagi ma’lumotlar va uning
ko’rinishiga qarab siz haqingizda xulosa chiqaradi�
Rezyume ma’qul bo’lsagina, suhbat bosqichiga o’ta
olasiz� Bo’lmasa, yana ish qidirishda davom etasiz�
4
Tadqiqotlarga ko’ra rekruterlar nomzod ishga
to’g’ri kelish-kelmasligi haqida xulosa qilishi uchun
rezyumeni tahlil qilishga 6-8 soniya (!) ajratishadi�
Yaqinda mahalliy dasturlash korxonasi HR
mutaxassisi bilan suhbatda rezyumeni ko’rib chiqish
uchun o’rtacha 30 soniya ketishini aytib o’tishdi�
Shu va yana boshqa sabablar tufayli rezyume
yozishga yuzaki qarab bo’lmaydi� Axir, yillar ketkazib
yig’gan tajribangizni ifodalashda xato qilib, yaxshi
joyda ishlash imkoniyatini qo’ldan chiqarishni
xohlamasangiz kerak�
Rezyumeni to’g’ri to’ldirish vahima qiladigan darajada
qiyin emas� Bir qancha asosiy qoidalarga rioya qilib
tayyorlashning o’zi sizning rezyumengiz jiddiy qabul
qilinishi uchun yetarli bo’la oladi� Afsuski, ko’pchilik
o’z kelajagiga katta ta’sir o’tkazadigan bu masalaga
yengil qarashadi� Ish e’lonini ko’rib qolgandagina
rezyume kerakligi esga tushadi� Internetdan qo’lga
tushgan birinchi qolipni olib to’ldirib yuborishadi�
5
Natija ko’p holatlarda ijobiy bo’lmaydi� Shunga
o’xshash ko’p kuzatiladigan boshqa xatoliklar ham
talaygina�
Yana bir muhim masala� Rezyumeni bir marta yaxshi
yozishning o’zi yetarli emas� Uni doimiy to’ldirib,
yangilab borishni unutmaslik kerak� Ish joyingizda
yangi tajribalar olasiz, o’sasiz� Shu vaqtlarda
rezyumeni o’rnida to’ldirib ketish kerak� Zaruratga
ko’ra boshqa ishga harakat qilmoqchi bo’lganingizda
shoshilib qolmaysiz�
Bir “sir”ni ham aytib o’tishimiz kerak� Dasturlash
va unga yondosh sohalarga yangi bo’lsangiz,
sizda bir qo’rquv bo’lishi mumkin: “Minglab odam
sohani o’rganishni boshlayapti� Shuncha odam
bilan raqobat qilishim kerak bo’ladi”� To’g’ri,
sohani o’rganayotgan odam ko’p� Lekin hamma
ham fundamental masalalarga yetarlicha e’tibor
bermagani uchun avtomatik tarzda raqobatdan
6
chiqib ketadi� Rezyumeni to’g’ri yozish ham shu
asosiy masalalardan hisoblanadi� Mutaxassis
texnik tomondan qanchalik kuchli bo’lmasin, o’z
qobiliyatlarini rezyumeda to’g’ri ifodalamasa, o’zini
yaxshi sota olmaydi�
Siz o’qiyotgan bu qo’llanmada rezyumeni qanday qilib
to’g’ri yozish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot
berdik� Tavsiyalarni o’zimizning tajribamizdagi
maslahatlar bilan boyitdik� Bu qo’llanma sizga
rezyumeni to’g’ri yozishda yordam berishi va
kelajakda yaxshi korxonalarda ishlashingiz uchun
sabablardan biri bo’lishini tilab qolamiz�
Muhammadjavohirbek Sur’atov
7
KIRISH
Rezyume – bu ma’lum bir korxonadagi ochiq ish
o’rniga nomzod bo’lib borilayotganda taqdim
etiladigan hujjat� Rezyumeni ish beruvchi, uning
vakili yoki HR xodimi ko’rib chiqadi� Rezyume
odatda muqova xati bilan birga taqdim etiladi va
unda rezyumedagi ayrim muhim ma’lumotlar va
nomzodning alohida nuqtayi nazarlari batafsilroq
ko’rsatilgan bo’ladi�
Rezyumeda, odatda, sizning malakangiz, bilim
darajangiz, tajribangiz va lavozimda foydali
bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa layoqatlar
hamda ko’nikmalaringizga urg’u berilishi lozim�
Bundan tashqari, oldingi lavozimlarida erishgan
yutuqlaringizni ham ta’kidlab o’tishingiz mumkin�
Masalan, sizning xizmatingiz sababli xarajatlar
qisqargani, sotuv oshgani, ish unumdorligi
8
necha foizga ko’tarilgani, va hokazo� Muhimi, bu
ma’lumotlar yolg’on bo’lmasligi�
Rezyume uchun ko’plab formatlar mavjud� Qaysi
formatda bo’lishidan qat’i nazar, rezyumeda malaka
va tajriba haqida qisqacha ma’lumot, ishlagan
lavozimlaringiz va tamomlagan o’quv yurtlaringiz,
kurslar birin-ketin ro’yxat asosida ko’rsatilishi lozim�
9
Rezyume tarkibi
Dostları ilə paylaş: |