Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari



Yüklə 350,5 Kb.
səhifə1/7
tarix05.12.2023
ölçüsü350,5 Kb.
#173871
  1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI


QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI
Reja:
1. Qadimgi Sharq falsafiy ta’limotlarida qadriyat masalalari.
2.Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qadriyatlar haqidagi ta’limotlari.
3.Tasavvuf falsafasida qadriyatlar tahlili.
4.Ma’rifatpar mutafakkirlar ijodida qadriyatlar talqini.

Sharq halqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarash va tasavvurlari xaqidagi, ularning mazmun va moxiyati haqidagi qimmatli material va mahlumotlar antik zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, halq og‘zaki ijodiyotida keng kо‘lamda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan biri — Bobilda miloddan avvalgi turtinchi ming yillik boshlarida paydo bulgan. Usha davrlardanoq odamlarning dunyoda ruy berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlarga bо‘lgan munosabatlari va qiziqishlarini, garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bо‘lsada, о‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar namoyon bula boshlagan.


Qadimgi bobilliklarning yaxshilik bilan yomonlikning, ezgulik bilan yovuzlik, boylik bilan qashshoqlikning bir biriga zid ekanligi, о‘zaro qarama qarshi va murosasizligi xaqidagi falsafiy g‘oyalarni о‘zida ma’lum darajada bayon qiluvchi «Jafokash avliyo haqida doston» va «Hujayinning qul bilan suxbati» degan asarlari ham mavjudligini aytib utish zarur. Ishlab chiqarishning rivojlanishi о‘rtaga quygan talablar va inson amaliy faoliyati ehtiyojlari asosida Bobilda tabiat hodisalarining ichki mazmunini ilmiy asosda tushunib, ulardan turmushda foydalanish zaruriyati tobora kuchayib borgan. Maxsulot va mollarning miqdorini, og‘irligini о‘lchash, ish kuchlari miqdorini aniqlash, binolar hajmini belgilash, yer satxini hisoblab chiqish zaruriyati eng qadimgi matematik hisoblarning paydo bо‘lishiga va bu sohada tegishli bilimlar tо‘planishiga hamda arifmetika va geometriyaning tug‘ilishiga olib kelgan.
Misr madaniyati jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bо‘lib hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar miloddan turt ming yil ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Sharq madaniyatining boshqa namunalari singari Misr madaniy yodgorliklarida, xususan, ertak rivoyat, gimn, duo, masal, epos, lirika va boshqalarda usha davrdagi ijtimoiy muxit, iqtisodiy hayot, nabobat, urf odatlar, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar, garchi yuzaki tarzda bо‘lsa-da, о‘z ifodasini topgan.
Misrliklar astronomik bilimlari asosida aloxida kalendar — taqvim tuzganlar. Kalendarg‘ yili 12 oy ga bulingan, qar bir oy 30 kundan iborat bо‘lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qо‘shilgan. Shunday qilib bir yil jami 365 kun bо‘lgan.
Kasalliklarni keltirib chiqargan, rivojlantirib, avj oldirib yuborgan sabablarni aniqlash, ularni oldini olish, inson salomatligini tiklash va mustahkamlashga bо‘lgan zaruriyat qadimgi Misrda tibbiyot fanini yuzaga keltirdi. Misrliklar Diagnostika — tashxis sohasida katta tajriba tuplaganlar. Misrda ginekologiya, xirurgiya va kо‘z kasalliklarini davolash ancha rivojlangan. Ular insondagi kо‘pgina kasalliklar yurak qon aylanishi tizimining qandayligiga bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlashgan. Misrda, tabiblikning siri — yurak harakatini bilishdan boshlanadi, tomirlar butun a’zoyi badanga ushandan tarqaladi, deb hisoblashgan.
Bashariyat tarixida qariyb birinchi sivilizatsiya beshigi hisoblangan Hindiston falsafasi о‘zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Antika tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va nabobot olamiga ega bо‘lgan qadimiy Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot о‘tmish davrlardan boshlab vujudga kelgan va g‘oyat darajada rivojlangan. «Ra­mayana», «Maxabharata», «Kural», «Megatuta», «Regxuvensha», «Kumarasambxava», «Dashakumacharita», «Pan chataitra», «Xitopadesha», «Shashuntala», «Mudrarak shasa», «Kalila va Dimna» kabi mashxur asarlari shu lar jumlasidandir.
Yuksak nafosat va mangu xikmat xazinasi bо‘lgan ana shu asarlarda Hind xalqining urf odatlari va anhanalari, odob axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy kadriyatlari, ijtimoiy siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari о‘zining yorqin ifodasini topgan.
Ana shu nodir asarlar, о‘z navbatida, qadimgi Hind falsafasini о‘rganish va ularda ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, umuminsoniy ahamiyatga ega bо‘lgan qadriyatlarni bilib olishda asil manbalar bо‘lib ham xizmat qiladi.
Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql idrok adolat, insof diyonat, halollik poklik mehnatsevarlik milliy totuvlik tо‘g‘ri sо‘zlilik vahdaga vafo qilish tо‘g‘risida, zulm va zо‘ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochkо‘zlikka, fitnachilik va qalloblikka, munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muxim va foydali falsafiy g‘oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va matallar bayon etilganki, ular shak shubqasiz, ham milliy, ham umuninsoniy, umumbashariy ahamiyatga molikdir.
Xitoyda dastlabki falsafiy tahlimotlar Hind falsafasi bilan taxminan bir vaqtlarda— eramizdan avvalgi IX—VII asrlardayoq paydo bо‘lgan edi. Ilk fal­safiy tahlimotlarda dunyo abadiy va u besh unsur — olov, suv, yer, daraxt va metalldan tashkil topgan, deb uqdiriladi.
Eramizdan oldingi VII—VI asrlarda esa dao qonuniga binoan harakat qiluvchi si — elementining mavjudligi xaqida fikr yurgizilgan. Xitoy mutafakkirlari fikricha, tabiat hodisalari si degan moddiy zarralardan tarkib topib, dao degan obhektiv tabiiy qonuniyatga buysunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, ularning, dunyo moddiydir, degan tahlimotiga bog‘likdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
Miloddan avvalgi V—III asrlarda vujudga kelgan konfusiychilik qadimgi Xitoyda keng tarqalgan falsafiy ta’limotlaridan bо‘lib hisoblanadi. Uning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfusiy Miloddan oldingi 551—479 yillarda yashagan. Konfusiy tahlimotiga kо‘­ra, odamlarning hammasi ham tug‘ma xususiyatlariga kо‘ra bir-birlariga yaqindir. Tug‘ilgandan keyin xosil qilgan xususiyatlariga kо‘ra, ular bir birlaridan farq qiladilar.
Konfusiya, agar podsho osmon va dengiz kabi ulug‘vor bо‘lsa, halq uni hurmatlaydi, uning aytganlariga quloq soladi va uning ishlariga xayrixoxlik qiladi, deb podshoxni ilolhiylashtiradi. U tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri imperator Osmon о‘g‘li, uning yerdagi kо‘rinishi, Osmonning jonli timsolidir. Yer yuzidagi quriqlikning markazi Osmon о‘g‘lidir. Har qaysi xalq о‘z chegarasida bir knyazga itoat qiladi. Osmon ug‘li amrni osmondan oladi, tobe knyazlar esa buyruqni Osmon ug‘lidan oladilar, deydi.
Qadimgi Sharq falsafasining dastlabki kо‘rtaklari jahon falsafasining ilk yutuqlariga asoslangan, ulardan oziqlangan, ijodiy foydalangan holda shakllanib, rivojlanib borishi bilan bir qatorda, о‘z navbatida insoniyat falsafiy bilimlarining kelgusi taraqqiyotiga zamin bо‘lib xizmat qildi hamda о‘zining ijobiy ta’sirini kо‘rsatdi.
Markaziy Osiyo jahonning ilmu fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan, tarixini g‘oyatda boy mintaqalaridan biridir.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng buyuk madaniy muvaffaqiyatlaridan biri yozuvni ixtiro etganliklaridir. Bu yerda yozuvning tarixi juda qadim zamonlardan boshlangan. Miloddan oldingi birinchi ming yillik о‘rtalarida oromiy yozuvi keng tarqalgan. Iskanjar Zulqarnayn istilosidan keyin yunon yozuvi ham kirib kelgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik о‘rtalarida oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, Sug‘d, Kushon, Urxun-Yenisey, Uyg‘yp yozuvlari vujudga kelgan. Yozuvning ixtiro "qilinishi, inson bilim doirasi va dunyoqarashi kengayishi va chuqurlasha borishiga xizmat qilgan.
Kо‘rinib tо‘rganidek Markaziy Osiyo xalqlarining, xususan, о‘zbeklarning madaniyat tarixi ildizlari ijtimoiy, falsafiy, axloqiy, diniy, badiiy qarashlari va fikrlari shakllana va rivojlana borishining ilk davrlari qadim zamonlarga borib taqaladi.
Avlodu ajdodlarimiznint qadim ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, anhanalari, madaniyati, tili, tarixi badiiy falsafiy jihatdan о‘ziga xos tarzda aks ettiradigan og‘zaki ijodiyotni nihoyatda boy va xilma-xildir. Miflar, afsonalar, qaxramonlar tо‘g‘risidagi dostonlar, tuy hashamlarda, xalq yig‘ilishlarida, bayramlarda, safarlarda aytilgan ashula-qо‘shiq va laparlar, lirik shehrlar, makol va matallar, masal va topishmoqlar xalq og‘zaki ijodiyoti madaniyatning eng qadimgi va о‘zoq tarixga ega bо‘lgan sohalaridir. Ularning ijodkori, og‘izdan og‘izga, avloddan-avlodga avaylab asrab utkazuvchi asosiy kuch — barcha moddiy va mahnaviy boyliklarning yaratuvchisi, bitmas tuganmas manbai bо‘lgan xalqdir.
Tarix qahridan, necha-necha о‘tmish davrlardan bizgacha eson omon yetib kelgan miflar, afsona va rivoyatlar, dostonlar, ertaq maqol va qushiqlar, о‘tmishning shunchaki bir aks sadosi emas, balki xalq kо‘nglidagi qayg‘u-hasrat va shodlikning yо‘ldoshi, uning bi­lim qomusi, uning diniy va falsafiy kitobi hamdir.
Halq og‘zaki ijodiyotining namunalari bо‘lgan ertaklar, rivoyatlar va dostonlar bilan tanishar ekanmiz, xalqda voqealarni oldindan kura biluvchi ajoyib qobiliyat va istehdod bor ekanligini, u hech qachon orzu umidsiz yashamaganligini, har doim kelajak tomon intilganligini anglab olamiz.
Har qanday mif, ertak va afsonaning, qadimgi rivoyatning zamirida xalqning muayyai maksad va niyatlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bо‘lgan munosabatlari, mehnat mashaqqatlarini yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bо‘lgan intilishlari yashirinib yotgan bо‘ladi. Ular xalq ommasining daxosi, uning talab va ehtiyojlarn asosida vujudga kelishi bilan bir qatorda, о‘z navbatida ular­ning о‘zi kishilarning mahnaviy, akliy, axloqiy taraqqiyotiga turtki vazifasini ham о‘tagan; mehnatni sevishga о‘rgatgan, tabiatning xatarli kuchlariga qarshi kurashish va ularni oldini olishda kishilarga yordam bergan, olamda rо‘y berib turadigan murakkab hodisa va jarayonlar sir asrorlarini bilib olishga dahvat etgan, inson, fikri, tafakkuri va hayolotini о‘tmishdan kelajakka tomon tortgan, hayotiy sevishga chorlagan.
Miflar, ertak va rivoyatlar, termalar, dostonlar, barcha folg‘klor asarlari о‘tmishning eng katta tarixiy xujjati, ajdodlarimizdan bizga qolgan nodir boylikdir. Jamiki sanhat asarlari va madaniyat yodgorliklarini hech ikkilanmay inson kо‘nglidagi shodlik va quvonchning, g‘am va anduhning ifodasi, inson aql idroki diniy komusi, bitmas tuganmas xikmatlar xazinasi, deb aytish mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari og‘zaki ijodiyotining eng qadimgi turlaridan biri — mifdir. Kо‘pchilik Sharq mamlakatlarida bо‘lgani kabi Markaziy Osiyoda ham qadimda yer, osmon, quyosh, yulduz va sayyoralar haqida kosmogonik miflar vujudga kelgan. Ularda insonlarning tabiiy muhit, koinot, samoviy hodisalar xaqidagi uy-fikrlari, hayolotlari ifodalangan. Insonlar taqdiri, qismatini yulduzlarga qarab bashorat qilish mumkinligi, baxt yulduzi xaqida qanchadan-qancha afsonalar va rivoyatlar yaratilgan. Mifologiyada insonlarga rizq beradigan yer, nur va issiklik beradigan osmon benihoya e’zozlangan, ota quyoshga, ona esa Oyga qiyoslangan.
Markaziy Osiyoda bir necha ming yillar osha yuzaga kelgan tarixiy taqakqiyot jarayonida mif va afsona­lar ijodi qayta ishlangan, yangi-yangi vokea va ma’lumotlar, fikr tushunchalar va g‘oyalar bilan boyib, takomillashib insoniyat ma’naviy madaniyatiga xissa bо‘lib qushilgan.
«Tо‘maris», «Shiroq», «Zariagr va Odatida», «Zari­na va Striangiya», «Uch og‘aini botirlar», «Qaxramon», «Malikai husnobod» kabi qissalar va «Alpomish», «Kirqkiz», «G‘ururli», «Ravshan», «Avazxon», «Chambich qamali», «Oysuluv» singari dostonlarida ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bо‘lgan falsafiy g‘oyalar ilgari surilgan.
Qahramonlik xaqidagi dostonlarning, ertaklar va afsonalarning falsafii moxiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g‘oya — inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargox — Vatanning istiqloli va istiqboli, erki va mustaqqilligi uchun ajnabiy dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish har erkagu-ayolning, kattayu-kichikning oliy insoniy burchi ekanligi xaqidagi fikr-mulohazalardir.
О‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy fikrlariga doir qimmatli mahlumotlarni olishda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» qadimiy tarixiy adabiy manbalardan biri bо‘lib xizmat qiladi. «Avesto»da aks etgan asosiy falsafiy g‘oyalar, diniy ehtiqodning yetakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zardushtning nomi bilan borlik. Uning ismiga nisbatan din ham shunday nom bilan yahni zardushtiylik deb ataladi.
Manbalarda yozilishicha, Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yillarda tug‘ilgan va yetmish yetti yoshida ibodat qilayotgan chog‘ida dushman qohinlaridan bi­ri tomonidan orqasidan xanjar sanchib uldirilgan.
Zardushtga qadar ajdodlarimiz har xil diniy tasavvurlarga ehtiqod qilib yashaganlar. Diniy ehtiqodlarning turli-tumanligi ibtidoiy munosabatlar urnini sinfiy jamiyat, qadimgi quldorchilik jamiyati ola boshlagan paytda barcha qabilalarning yagona mafkura asosida uyushishlariga allaqachonoq tug‘onoq bо‘lib qolgan edi. О‘lkaning turli qabilalarini birlashtirish, ularni ilk buyuk davlatchilik g‘oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug‘ilib qolgan edi. Ana shunday zaruriyatni tushunib yetgan ilg‘or kishilardan biri sifa­tida Zardusht tarix sahnasida paydo bо‘ldi. Zardusht kо‘p xudolik tasavvurlari, tabiat hodisalariga sig‘inishga qarshi chiqib, yakka xudolik g‘oyasini targ‘ib qildi. Uni odamlar payg‘ambar sifatida qabul qilishgan. Zardushtiylik juda qadimiy dinlardan bо‘lib, ib­tidoiy tо‘zumdan quldorlikka utila boshlagan paytlarda О‘rta Osiyoda paydo bо‘lgan va alohida diniy dunyoqarash sifatida shakllangan.
Zardushtiylik dinining qonun qoidalari «Avesto»da bayon etilgan. «Avesto» kitobi miloddan bir necha asrlar ilgari yuzaga kelgan. Manbalarning kо‘rsatishicha, «Avesto» о‘n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan ekan.
«Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushutiradi. Zar­dushtiylik dini va uning asosiy kitobi «Avesto» da berilgan sо‘zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo sotiq shartnomalariga qathiy amal qilish, qarzni vaqtida tulash, aldamchilik va xiyonatdan holi yuksak darajada ehzozlanadi. Tahkidlanishicha, iymonli odam ug‘rilik va talonchilikdan begonalar mol mulkiga kо‘z olaytirishdan, о‘z о‘ziga, vijdoniga xiyonat qilishdan chetda yuradi, ham tanini, ham qalbi ruhni pok tutadi.
«Avesto»da odamlarni iymonli bо‘lishga, pok toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va sо‘zlardan tiyilishga, ham qanday yomon amallardan voz kechishga, nojuya ishlardan yuz ugirishga dahvat etadigan axloqiy qoidalar, diniy о‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda kо‘p.
«Avesto»da kо‘rsatilishicha, dunyoda har doim yaxshilik bilan yomonlik ezgulik bilan yovuzlik о‘rtasida kurash boradi, kurash oxir—oqibatda yaxshilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Axuramazda doimo odamlar­ni ezgulikka chorlaydi.
IX—XV asrlar Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-mahnaviy taraqqiyotida, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, falsafii tahlimotlari rivojlanishida keskin о‘zgarish, tub burilish davri bо‘ldi. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, mahnaviy hayotni qamrab oldi. Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi saflarida turish darajasiga kо‘tarila oldi. Markaziy Osiyoning jahon madaniyati taraqqiyotining yirik о‘choqlaridan biriga aylanishi xuddi shu paytlarga tо‘g‘ri keladi.
Jamiyat taraqqiyoti о‘rtaga qо‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli IX-XV asrlarda Mar­kaziy Osiyoda, Yaqin va О‘rta Sharq mamlakatlarida ilm–fan va madaniyat chinakamiga gurkirab rivojlandi, gullab-yashnadi. Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo halqlari orasidan о‘zining aql idroki va tafakkuri, qomusiy bilimi bi­lan insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning sо‘nmas yulduzlari yetishdilar. Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, jahonni ilm, mahrifat va mahnaviyat nuri bilan yoritgan ana shu davr Sharq tarixida oltin asr yoki Uyg‘onish davri deb ataladi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari о‘zlarining qomusiyligi — bir paytning о‘zida ham faylasuf, ham musiqashunos, ham mantiqshunos, sotsiolog va filolog, ham tarixchi, shoir, matematik, xullas, ilmning hamma sohasida yetukliklari bilan ajralib turadilar. Bu siymolarning kishini lol qoldiradigan jihatlaridan yana biri sifatida ularning bir necha tilda bemalol gaplasha olganliklari, ijod qila olganliklari, il­miy manbalar, asarlardan bekamukо‘st foydalana olganliklarini ham aytib о‘tish lozim. Ular ilmning qaysi masalasi bilan shug‘ullanishgan bо‘lsa, о‘sha sohada buyuk kashfiyotlar qilishdi, о‘tmishdoshlaridan hech bir alloma zabt eta olmagan fanning nurafshon chо‘qilarini zabt eta olishdi. Bundan tashqari, ular­ning kо‘pchiligi fanda yangicha yо‘nalishlarni, yangicha tafakkur uslubini ixtiro qilishdi, tamomila yangi tahlimotlarni yaratishdi va ilmiy asoslab berishdi. Buyuk mutaffakkirlar tomonidan chuqur ilmiy asoslangan g‘oya va tahlimotlar faqat ular yashagan davr uchungina emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy voqea va jarayonlarni oldindan ay­tib berish nuqtai nazaridan ham bebahodir.
Donishmand bobolarimizning ilmiy falsafiy ta’limotlari milliy qobiqda о‘ralib qolgan emas, balki ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bо‘lgan tahlimotlardir. Yana shu narsa ehtiborga sazovorki, Sharq mutafakkirlarining deyarli hammasi о‘z davrining qaynoq hayoti markazida bо‘lishdi, amaliy ishlarda faol ishtirok etishdi, elim, xalqim, yurtim deya yashashdi, xalq hayotidan ayro tushmadilar. Bu ularning xaqiqiy barkamol inson, otashin vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanliklarining belgisidir. О‘sha buyuk zotlar, qomusiy aql egalari yashagan va ijod qilgan davrlardan boshlab Sharkda, Markaziy Osiyoda ilm fan va madaniyat, falsafa katta qadamlar bilan olg‘a tomon rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot uzoq davom etdi, bir necha yuz yillarni о‘z ichiga qamrab oldi.
Turonning jahonga mashhur olimlaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy bо‘lib, u taxminan 783 yilda tug‘ilgan va 850 yilda Bog‘dodda vafot etgan. Xo­razmiy ilm-fan va madaniyatning kadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda qomusiy olim sifatida shakllandi, voyaga yetdi va shu yerning о‘zida uning nomi dunyoga mahlum bо‘ldi.
Muhammad Muso Xorazmiyning kо‘p qirrali ilmiy qiziqishlari matematika, nazariy va amaliy astro­nomiya, geografiya, tarix va boshqa kо‘plab fanlarga oiddir. Uning nomini tarixda abadiy iz qoldirgan asarlaidan biri — «Al jabr va muqobala»dir. Bu asar Fapb va Sharq olimlariga algebra fani bо‘yicha dasturiy amal bо‘lib xizmat qildi, «Algoritm» va «Al­gebra» degan atamalar Xorazmiy nomi bilan bog‘liqdir.
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asplap davomida taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, mol- mulkini о‘zaro bо‘lib olishda, sud ishlarida, savdo-sotiq muomolalarida, shuningdek yerlarni о‘lchashda, kanallar qazishda, bino qurishda katta xizmat qildi.
Xorazmiy aytib о‘tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Yer surati») degan risola ham yozdi. Asarda u Ptolomeyning «Geografiya» nomli kitobini butunlay qayta ishlab chikdi. Sharq mamlakatlari tug‘risida kо‘pgina qimmatli mahlumotlar berdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, ularning nomlari, hajmi kо‘rsatilgan va bir necha izohlar berilgan haritalar mavjud. Bu kitobda Orol dengizining tasviri ham berilgan. Asarda bundan tashqari 637ta muxim joylar, 209ta torning geografik tafsiloti, daryolar, dengizlar va okeanlar xavzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim koopdinatalapi bayon etilgan. Olimning bu kitobi Sharq mamlakatlarida geogra­fiya fanining rivojlanishiga katta hissa qо‘shdi.
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati tо‘g‘risida risola», «Hind hisobi xaqida risola», «Usturlab olati qasida risola», «Zij» («Astronomik jadval»), «Musina bо‘yicha risola», «Tarix bо‘yicha risola» va boshqa kо‘plab nodir asarlar ham Muso Xorazmiy ka­lamiga mansubdir. Ana shu asarlar nomining о‘zidyoq Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma ekanligini, nafaqat о‘z davrining bal­ki hamma zamonlarning eng buyuk matematik va tabiatshunos olimi ekanligini kо‘rsatadi.
Xorazmiy о‘zining matematika, geografiya, tarix, musiqa, astronomiya va boshqa fanlarga bevosita taalluqli bо‘lgan asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga keng yо‘l ochib berdi, о‘rta asrlarda odamlar hayollariga ham keltirmagan eng murakkab masalalarni il­miy ravishda xal etdi.
Muhammad Muso Xorazmiyni bugungi avlod hozirgi zamon matematika, astronomiya, geografiya va tarix fanlarining asoschisi sifatida ehzozlaydi. Muhammad Muso Xorazmiy nafaqat buyuk matema­tiq tabiatshunos alloma, balki mashxur faylasuf si­fatida ham ma’lum va mashxurdir. Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bulmasa-da, lekin uning matematika, geometriya, astronomiya, geo­grafiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha kitoblarida ilgari surilgan va ilmiy isbotlangan falsafiy fikr mulohazalar, falsafiy goya, nazariya va tahlimotlar son-sanoqsizdir. Uningcha, Olloh tomonidan yaratilgan dunyoda, materiyada о‘z xaqiqatini doimiy ravishda о‘zgartirmay saqlab turadigan hech qanday narsa va hodisa yuq va bо‘lmaydi. Materiya tinimsiz utish, о‘zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimadir yangidan paydo bо‘ladi, mahlum vakt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham eskira boshlaydi va pirovard oqibatda о‘z urnini boshqa narsaga konuniy ravishda bushatib beradi. Eski narsa urnini yangisi, ulayotgan narsa urnini tugilayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy tahlimotida qayd etilishicha, tabiiy qonuniy jarayondir. Bu jarayon cheksiz va chegarasizdir.
Muso Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy falsafiy masalalar, xususan jamiyat va uning istiqboli haqidagi fikr-mulohazalar alohida о‘rin egallaydi. Ja­miyat taraqqiyotida ilm fan va madaniyatning, odob axloqning, islom dini, shariat qonunlarining katta о‘rin tutishi xakida alloma tomonidan bayon etilgan fikrlar hozirgi davr uchun muxim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aklini peshlash, iymon ehtiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar о‘rtasidagi insoniy munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning muximligi xususidagi fikrlari taxsinga sazovordir.
Bu vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta’limoti, ijtimoiy falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmas tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaxo ma’naviy boylikdir.



Yüklə 350,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin