Qirg’iziston Bank tizimi Qirgʻiziston Milliy banki



Yüklə 47,54 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü47,54 Kb.
#196036
  1   2   3   4
xalqaro bank ishi


Qirg’iziston Bank tizimi
Qirgʻiziston Milliy banki: Qirgʻiz Respubliasining markaziy banki boʻlib, birinchi navbatda mamlakatning strategik pul-kredit siyosatini rejalashtirish hamda milliy valyuta somning muomalaga chiqarilishi uchun javobgar bank regulyatoridir.

Tarixi
Qirgʻiziston Milliy banki mamlakat 1991-yildaSovet ittifoqidan mustaqillikka erishgandan soʻng SSSR Davlat bankining vorisi boʻlgan Rossiya Markaziy bankidan mustaqil bank regulyatori sifatida tashkil etilgan. Mustaqillikning ilk yillarida Qirgʻiziston va boshqa koʻplab Postsovet mamlakatlari valyuta sifatida sovet rublidan foydalanishni davom ettirgan. Sovet pulining beqarorligi va koʻplab mamlakatlarning monetar va fiskal siyosat boʻyicha hamkorlik qila olmasligi, Rossiya Markaziy bankining kredit oqimiga cheklovlar oʻrnatishiga va oxir-oqibat rubl zonasidan chiqib ketishiga olib keldi. 1993-yil 10-may kuni Qirgʻiston somning dastlabki seriyasini 200 sovet rubli 1 qirgʻiz somi nisbati boʻyicha muomalaga chiqardi, bu banknotlar "oʻtish davri banknotlari" deb nomlandi. Keyingi yili somning ikkinchi seriyasi chiqarildi, bu banknotlar "barqarorlik davri banknotlari" deb nomlandi. Hukumat va markaziy bankning narxlarni erkinlashtirish, tijorat qonunchiligi, qishloq xoʻjaligini isloh qilish, aktivlarni xususiylashtirish va bozorni tashqi savdoga ochish koʻrinishidagi harakatlari, nihoyat, Qirgʻizistonni 1996-yilgacha boʻlgan har ikki davrda ham qiynab kelgan yirik inflyatsiya va ishsizlikni yengib oʻtishga olib keldi. 1997-yildan somning uchinchi seriyasi muomalaga chiqarildi. 2008-yilda dastlabki ikki seriyada emissiya qilingan banknotlarning chop etilishi toʻxtatildi, shu bilan birga kichik nominaldagi valyutalar muomalasini tashkil qilishdagi qulayligi tufayli ilk marotaba tangalar muomalaga chiqarildi. 2009-yildan somning toʻrtinchi seriyasi muomalaga chiqarildi. 2018-yilda Markaziy bank banknotlarning muomalaga chiqarilishiga 25 yil toʻldi, bir yil avval tagiga chizilgan C ni somning rasmiy valyuta ramzi sifatida tasdiqladi hamda oʻzining birinchi esdalik banknotalarini muomalaga chiqardi. Markaziy bank tomonidan milliy valyuta barqaror ekanligini koʻrsatish uchun ostida chiziqli C somning rasmiy valyuta ramzi sifatida tanlandi.
Vazifalari
Qirgʻiziston Milliy banki faoliyatining asosiy maqsadi mamlakatda monetar siyosatni amalga oshirish orqali narxlar barqarorligiga erishish va uni saqlashdan iborat. Regulyatorning asosiy maqsadiga erishishga yordam beradigan omillar milliy valyutaning xarid qobiliyatini, Respublika bank va toʻlov tizimining xavfsizligi va ishonchliligini taʼminlash hisoblanadi. Markaziy bank yuqoridagi maqsadiga erishish va oʻziga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun hukumatdan mustaqil ravishda boshqariladi va harakat qiladi. Qirgʻiziston Milliy banki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

  1. Qirgʻizistonda pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi, belgilaydi va amalga oshiradi;

  2. Qirgʻiziston Milliy banki tomonidan litsenziyalangan banklar va moliya-kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

  3. Yagona valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  4. Banknotlarni chiqarish uchun mutlaq javobgar hisoblanadi;

  5. Toʻlov tizimining samarali ishlashiga yordam beradi;

  6. Bank tizimi uchun bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi



Yüklə 47,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin