Referat haqida toliq malumot: Organizm rivojlanishi va muhit



Yüklə 91,5 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#165547
növüReferat
zoologiya hayvon organizmari Komilova


rganizm rivojlanishi va muhit
Kategoriya Zoologiya
Bo'lim Referat
Sana
12-03-15
Yuklangan
98
Fayl hajmi
20,25 kB
Yuklab olish shartlari Referat haqida
1. Rivojlanish uchun zarur bo'lgan tashqi muhit omillari.
2. Embrional rivojlanish va ichki muhit.
3. Embrion va muhitning biotik omillari.
4. Evolyusiya jarayonida organlar hosil bo'lishida tashqi va ichki muhit
omillarining almashinishi.
5. Organizrn rivojlanishida kritik davrlar.
Referat haqida toliq malumot:
Organizm rivojlanishi va muhit

XIX asrning oxiri va XX asrda asos solingan eksperimental embriologiya maktablari vakillari organizm rivojlanishida tashqi muhit ornilarining ahamiyatiga e'tibor bermadilar (Shpeman, Gerstadius maktabi vakillari) yoki ayrim tadqiqotlar olib bordilar, xolos (V.Ru, P.P.Ivanov). XX asrning boshlarida ko'plab tadqiqotchilar embrional rivojlanish davrida tortishish kuchiga, osmotik bosimga, muhitning gazlar tarkibiga, suvning kimyoviy tarkibiga katta e'tibor berdilar.


Rivojlanish mexanikasi nazariyasining asoschisi V.Runing qarashlari tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. U tuxum ichidagi "determinasiyalovchi omil" va "realizasiyalovchi omillarni" farqlaydi. V.Ru flkricha, hayvon organizmi rivojlanishida to'rtta davr bor. Embrional rivojlanishning birinchi davri irsiy omillar bilan belgilanadi, ikkinchi davr, bir tomondan irsiy omillar bilan, ikkinchi tomondan, tashqi muhitning qo'zg'atuvchi omili bilan belgilanadi. Bu davrda organlar ichki omillar ta'sirida rivojlanadi, ammo ba'zi organlar difFerensiasiyasi tufayli trofik qo'zg'atuvchi omil ta'siri boshlanadi. Uchinchi davr faqat tashqi muhit omillari bilan belgilanadi.Ba'zi organlar gipertrofiyaga uchrasa, ba'zilari atrofiyaga uchraydi. V.Ru bu davrda trofik qo'zg'atuvchiga katta e' tibor beradi. Qarilik to'rtinchi davr hisoblanadi.
XX asrning 40-yillarida hayvonlar trivojlanishida tashqi muhit omillari ta'siriga katta e'tibor berildi. Bu tadqiqotlar biologiya farJarining hamma sohalari uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, organizm rivojlanishi va butun ontogenezini boshqarish imkoniyatini ham beradi. Hayvonlar ontogenezini davrlarga bo'lishga oid ko'plab nazariyalar yaratildi. Natijada embrional rivojlanishda tashqi muhit omillarining vazifasini o'rganish bo'yicha embriologiyaning yangi yo'nalishi paydo bo'ldi. Shunday qilib, embrion immuniteti, radiobiologiya kabi embriologiyaning zamonaviy sohalari paydo bo'ldi.
Rivojlanish uchiin zarur boigan tashqi muhit omillari
Evolyusiya jarayonida bir turga kiradigan orgamzmlarning kelib chiqishi ma'lum yashash muhitiga moslanish, mutasiyalar sodir bo'lishi kabi omillarga bog'Hq. Har xil turga kiradigan organizmlar turli o'zgaruvchanlik va muhit o'zgaiishlariga fiziologik jihatdan moslashadi.
8 million yillar davomida lesh balig'i deyarli o'zgarmagan. Ammo lesh balig'i liar xil muhit sharoitlariga tez moslashadigan baliq hisoblanadi. Bunday moslanish bu baliqda irsiy jihatdan nasldan naslga o'tadi. Bir xil sharoitga ega bo'lgan suvda har xil turga kiradigan organizmlar yashaydi. Ammo bir xil sharoit turli xil turlarga kiradigan organizmlarga bir xil ta'sir etmaydi. Hayvonlarning tuxumi va embrioni har xil bo'ladi. Evolyusiya jarayonida har xil hayvonlar turlicha rivojlanish yo'lini tanlagan. Bir hayvonning rivojlanishi uchun optimal bo'lgan sharoit boshqa tur individlari uchun neytral yoki zararli bo'lishi mumkin. Evolyusiya jarayonida organizmning tashqi muhitga munosabati, irsiyat, o'zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish qonuniyatlariga javobi o'zgarib boradi. Bunga sabab turlarning turli-tumanligi, irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlari har bir turda o'ziga xosligi hisoblanadi. Har xil organizm hujayrasidagi protoplazma bir xil moddalardan tuzilgan. Bu moddalarga har xil turga kiradigan organizmlar turli munosabatda bo'ladi. Ko'plab organizmlar ontogenezining har xil bosqichlarida yashash muhitini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ba'zi hasharotlarning lichinkasi va g'umbagi suvda yoki tuproqda, jinsiy voyaga yetgan bosqichi havoda yashaydi. Bunday yashash muhitining o'zgarishi baliqlar, qushlar va sut emizuvchilar rivojlanishida ham uchraydi. Aniqlanishicha, har bir davrda moslanishning organizm tuzilishi, fiziologiyasi, xulq-atvori bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'ladi. Hayvonlar rivojlanishi davrida ba'zi vazifalarning o'zgarishi va shunga bog'liq holda tashqi muhit omillariga moslanisliining o'zgarishi kuzatiladi. Suyakli baliqlar embrionida birlamchi nafas olish organi sariqlikxaltasidagi tomirlar sistemasi hisoblanadi. Embrional davr tugashi bilan tomirli sistema reduksiyaga uchraydi. Shundan keyin som baliqlarida nafas olish ko'krak suzgichlaridagi qon tomirlari orqali amalga oshadi. Lichinka erkin yashaydigan bo'lgandan keyin jabra orqali nafas olish amalga oshadi.
Amfibiyalar hchinkasida birlamchi nafas olish sariqlik xaltasining tomirlari orqali, keyin tashqi jabralar orqali amalga oshadi. Keyin nafas olish jabra, jinsiy voyaga yetganda o'pka orqali amalga oshadi. Tur evolyusiyasi davrida o'zgargan tashqi muhit omillariga moslanish evolyusiyaning mahsulidir. Ontogenez davrlarining funksional va ekologik o'ziga xosligi provizor organlarning keiib chiqishi va almashinuvi bilan bog'liq. 1963 yilda N.L.Gerbilskiy provizor organlarning organizm rivojlanishiga mos ravishda o'zgarishini ontogenezda filogenetik adaptasiyaning namoyon bo'iish jarayoni deb atadi. Lichinkaning qobiqdan chiqishiga yordarh beradigan moddalar ishlab chiqaradigan bezlar va embrion rivojlanishi o'rtasidagi nisbat bunga misol bo'ladi.
Hayvonlar embrional rivojlanishi davrida tashqi muhit bilan aloqasini uzmaydi, doimiy moddalar va energiya aimashinuvi sodir bo'lib turadi. Rivojlanayotgan organizmda doimiy destruktiv va strukturaviy qayta qurish jarayonlari sodir bo'lib turadi. Bu o'zgarishlar atom, molekula, hujayra darajalarida amalga oshadi.
Qanday sharoitlarda embrion rivojlanishini o'rganish mumkin? Bu 1) harorat; 2) suvda, quruqlikda yashaydigan hayvonlar tuxumi uchun havoning namligi, suvning kimyoviy tarkibi; 3) embrion yashayotgan muhitdagi kislorod, karbonat angidrid va boshqa gazlar tarkibi va miqdori; 4) atmosfera bosimi; 5) yorug'lik energiyasi va boshqa omillar ta'sirida embrion rivojlamshini o'rganish mumkin. Embrion rivojlanishi uchun zarur ekologik omillarning minimum, optimum, maksimum chegaralari bo'Mb, ular har bir tur embrioniga turlicha ta'sir etadi. Shunday omillarga harorat misol bo'ladi. Harorat birinchi navbatda moddalar almashinuviga ta'sir ko'rsatadi. Haroratning minimum va maksimum chegarasi embrionga salbiy ta'sir etadi. Jumladan, baqa tuxumi 20°S da normal taraqqiy etadi. 15°S da taraqqiyot sekinlashadi. Har bir tur individlarining normal taraqqiyoti uchun optimal harorat mavjud. Losos baliqlari noyabrda tuxum qo'yadi, may oyida lichinka ochib chiqadi. Ular uchun minimum harorat -4°S, maksimum +9 +10°S. Tovuq tuxumi uchun optimum harorat +38 °S.
Ba'zi olimlarning fikricha, qushlar embrional rivojlanishi davrida harorat bir xil bo'lmasligi kerak. Har xil nurlarning to'lqin uzunligi ham rivojlanishga ta'sir etadi. Quyoshning binafsha va ko'k nuri rivojlanishni tezlashtiradi, qizil nurlar sekinlashtiradi. Ammo bular umumiy qonuniyat emas. Bundan tashqari, muhitning kimyoviy tarkibi, konsentrasiyasi ham taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Ba'zi hayvonlar rivojlanishi uchun kislorod zarur bo'lsa, ba'zilari uchun shart emas. Masalan, askarida va boshqa parazit chuvalchanglar tuxiimining rivojlanishi davrida kislorod bo'lmasa, rivojlanish tuxtaydi.
Embrional rivojlanish va ichki muhit
Organizmning ichki muhitiga qon, limfa va hujayralararo suyuqlik kiradi. Embrionning ichki muhitf ham uning bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun embrionning bir qismini boshqa qismi uchun muhim ahamiyatga ega, deb qarash kerak. Keyingi paytlargacha embriologiyada embrion rivojlanishi davrida hosil bo'lgan suyuqliklarga katta etibor berilmas edi.. Amfibiyalar rivojlariishining sakkizta blastomerlik davrida bo'shliq va unda suyuqlik hosil bo'ladi. Bu bo'shliq va suyuqlik keyingi rivojlanish uchun qanday ahamiyatga ega? Blastula, gastrula, perivitellin suyuqliklari qanday ahamiyatga ega? Sut emizuvchilarning blastodermik xaltasi suyuqligining tarkibi va ahamiyati nimalardan iborat? Tuxum yo'li va bachadon suyuqligi sut emizuvchilar tuxumining implantasiyasigacha qanday ahamiyatga ega? Yaqin vaqtlargacha hayvonlar embrioni rivojlanishida sodir bo'ladigan bunday hodisalar tadqiqotchilarni qiziqtirmadi. Hatto sut emizuvchilar va odam embrioni amnion suyuqligini tibbiyot va veterinariyadagi amaliy ahamiyati noma'lum bo'lib qolaverdi. Ichki muhitning embrion rivojlanishi uchun ahamiyati o'rganilmaganligini quyidagi ma'lumotlardan ham bilsa bo'ladi.
Ba'zi cmbriologlar embrion rivojlanishida ichki muhitning ahamiyatini inkor etsa, ba'zilari bu sohada nazariyalar yaratdilar. Shulardan belgiyalik olim A.M.Dalk (1953) trofik epigenez nazariyasini yaratdi. Dalk fikricha, oosit atrofida qon tomirlarining bir xil tarqalganiigi tufayli tuxumning polyarligi, bilaterial simmetriyaligi kelib chiqqan. Har bir murtakning differensiasiyasi va o'sish xususiyatlari ularni o'rab turgan to'qimaning vaskulyarizasiyasi bilan aniqlanadi. Qon tomirlarining tarmoqlanishi oxiriga yetguncha embrionning har xil qismi qon bilan har xil ta'rninlanadi. Shunga ko'ra, embrionning har xil qismi turli trofik sharoitda bo'ladi. L.Dalk tuxumdan organlarning hosil bo'ladigan qismlarini tan olmaydi. Gavdaning har xil qismining biokimyoviy xususiyatlari qon aylanishi bilan bog'liq.
P.P.Ivanov ichki muhitga katta e'tibor berdi. Uning fikricha, amfibiyalarda gastrulyasiyaning normal o'tishi blastoseldagi suyuqlikning tarkibiga bog'liq. Amfibiyalarda blastulaning ko'p qavatli bosqichida turU hujayralar har xil muhitga ega bo'ladi. Animal qutbdagi bir qism hujayralar bevosita tashqi muhit bilan aloqada bo'ladi. Ulardan teri va nerv sistemasi paydo bo'ladi. Hujayralarning bir qismi ichki muhit bosimi ostida bo'ladi.
Gastrulyasiya jarayonida turli hujayralar uchun turhcha sharoit paydo bo'ladi. Ularning bir qismi tashqi muhit bilan, bir qismi gastrosel bilan bog'lanadi. Bu hujayralar ektodermani hosil qiladi. Bir qism hujayralar tashqi muhit bilan bog'lanmaydi. Bu hujayralardan mezoderma va jinsiy hujayralar hosil bo'ladi. Shunday qilib, rivojlanishning dastlabki davridan boshlab tashqi va ichki (blastosel suyuqligi) muhit paydo bo'ladi. Gastrula bosqichida ektoderma va entoderma hujayralari o'rtasida biokimyoviy farqlar paydo bo'ladi. Bu hujayralar tashqi muhit omillariga har xil javob beradi. Masalan, baqaning gastrula davrida entoderma ektoderamaga nisbatan kislotali muhitga ega bo'ladi. Gastrulyasiya jarayoni uchun tashqi va ichki muhit turlicha bo'lishi lozim. Tashqi epiteliy hujayralarining to'g'ri differensiasiyasi va o'sishi uchun ular har ikki yassi tomonidan bir xil bo'lmagan suyuqlik bilan o'rab turilishi lozim, ya'ni, bir tomondan tashqi muhit suyuqligi bilan, boshqa tomondan, ichki muhit suyuqligi bilan chegaralanadi.
P.P. Ivanov (1939) qon plazmasiga Rana temperaria va Trirurus taeniatus tuxumini blastula, gastrula, neyrula bosqichlarining po'stini olib tashlangan holda kiritgan. Shunday qilib, ichki va tashqi muhit farqini buzgan. Qon plazmasi tarkibi bo'yicha embrionning ichki muhitiga to'g'ri keladi. Natijada agar embrionni gastrulyasiya bosqichigacha tajriba o'tkazilgan bo'lsa, rivojlanish davom etmaydi. Agar gastrula bosqichida tajriba o'tkazilsa, rivojlanish davom etadi va normal organlar shakllanadi. Baqaning blastula davrida blastomerlari qon plazmasiga ko'chirib o'tkazilsa, ular faol harakatlanadi, shakli amyobaga o'xshab o'zgaradi, blastula ichida harakatlanadi, tartibsiz aralashadi. Demak, gastrulyasiya davrida hujayralar harakati o'zgaradi.
Agar baqa tuxumini maydalanish yoki blastula davrida qon plazmasiga o'tkazilsa, blastomerlar zich to'planib, blastoselni yo'qotadi. Qon plazmasi ektodermal hujayralarning normal joylashuv tartibini o'zgartiradi, ular epitelialsimon tartibda, ya'ni bir tomoni ichki, ikkinchi tomoni tashqi muhitga tegib turadi. Hujayralar differensiasiyasi va polyarligi mezenximanl olib tashlash tufayli sodir bo'ladi. Shakl hosil bo'lishi uchun zarur sharoit yo'qoladi. Shundan keyin hujayralar polyarligini yo'qotadi, pigmentlar protoplazmada tarqalib yo'qoladi.
Ekzogastmlyasiya bo'yicha o'tkazilgan tajribalardan ma'lum bo'lishicha, tashqi va ichki muhit rivojlanish yo'nalishini o'zgartiradi. Drish (1893) aniqlashicha, dengiz tipratikani tuxumidayuqori harorat (30 gradus) ta'sir etdirilsa, birlamchi ichak invaginasiya o'rnida tashqariga qatlamlanadi va ekzogastrulyasiya sodir bo'ladi.
Embrion va muhitning biotik omillari
Har qanday organizmning rivojianishi biotik omillar ta'sirida bo'ladi. Ko'pchilik organizmlar rivojianishi sterillanmagan (tuproq, suv, quruqlik) sharoitda, ya'ni hayvonlar, o'simliklar va mikroorganizmlar ta'sirida o'tadi. Ular embrionga bevosita ta'sir etadi va embrion yashayotgan muhitning haroratini, tuz va gazlar tarkibini o'zgartirishi mumkin. Embrion uchun tabiiy muhit hosil bo'ladi va ko'plab organik moddalar shu mubitda yashayotgan organizmlar maxsuloti hisoblanadi va embrion rivojlanishiga malum darajada ta'sir etadi.
Ko'pchilik mollyuskalar, chuvalchanglar, baliqlar, amfibiyalar va boshqa hayvonlar tuxumini suvga qo'yadi. Bunday suvda ko'plab bakteriyalar, zamburug'lar yashaydi. Ba'zi hasharotlar infeksion muhitda, hatto o'lgan o'simhk va hayvornarning gavdasida rivojlanadi. Hayvonlar embrioni va o'simliklar o'rtasidagi munosabat quyidagicha bo'ladi. Bu yo'nalish fitonsidlar aniqlanishi bilan yo'lga qo'yildi (B. P. Tokin 1928-1930). O'simliklar ishlab chiqargan fitonsidlar- (atmosferaga, tuproqqa, suvga) mikro-va makroorganizmlarni o'ldirishi yoki ko'payishini sekinlashtirishi mumkin. Fitonsid grekcha fito - o'simlik, sid - o'ldiraman degan ma'noni bildiradi.
Fitonsidlar o'simliklar immunitetihing asosiy omili hisoblanadi. Fitonsidlar uchuvchi organik modda bo'hb, tuxum po'stidan kira oladi. Jumladan, piyozning fitonsidlari uzoq masofadan mollyuskalar embrionini o'ldira oladi. Physa fontinales degan mollyuska embrionining rivojlamshini suv yoki suv bo'yida o'sadigan o'simliklar fitonsidi sekinlashtiradi yoki o'ldiradi. Rana temporaria degan baqa tuxumlarining bir qismini petri kosachasida akvarium suviga, ikkinchi qismini shunday suvga ossilyariya suv o'ti solib qo'yiladi. 5 kundan keyin akvarium suvidagi tuxumdan hcbinka chiqa boshlaydi, suv o'ti solingan suvdagi embrion hah gastrulyasiya va neyrula bosqichida bo'ladi, o'ninchi kunga kelib ular o'ladi. Ba'zi o'simliklar fitonsidi mollyuskalar rivojlanishini tezlashtiradi. F. A. Gurevich (1949) fikricha, ba'zi mollyuskalar ayrim o'simliklar bargi yoki poyasida tuxum qo'yadi. Ba'zi mollyuskalar o'simliklarda ayrim holatlarda kam miqdorda tuxum qo'yadi. Ba'zi hasharotlarning hayoti bevosita o'simliklar bilan bog'liq. O'simliklarning har xil organlarida turli xil tirik organizmlar bo'rtmalar hosil qiladi. Dub o'simligining bargidan ajraladigan fitonsid ko'plab hayvonlar hujayrasining protoplazmasini zararlaydi. Kanalar va ba'zi pashshalar embrioni ayrim yuksak o'simliklar fitonsidiga sezgir bo'lib, tuban o'simliklar, bakteriyalar va zamburug'lar antibiotiklariga chidamli bo'ladi. Evolyusiya jarayonida bu hayvonlar embrioni va tuban o'sirnliklarning toksin moddalari aloqada bo'lib, ularda moslanish paydo bo Igan.
XX asrning 60-70-yillarida olib borilgan tadqiqotlardan malum bo'lishicha, ba'zi hayvonlarning embrional rivojlanishi mikroorganizmlar bilan simbioz holda o'tadi. K. D. Spindlerva V. A. Myuller (1972) aniqlashicha, Hidractinia echinata ning planula Hchinkasining metamorfozi uchun bakteriyalar ishtiroki shart ekan. Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, ba'zi kovakichlilar, paypaslagichlilar, ninatanlilar Hchinkasining metamorfozi, substratga yopishishi mikroorganizmlar ishtirokida sodir bo'ladi. Ssifistomalar jinssiz ko'payishida simbiotik mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Cassiopea andromeda meduzasi simbiotik mikroorganizmdan ajralsa, strobilyasiya jarayoni to'xtaydi. Agar meduza yana mikroorganizm bilan simbioz holda yashay boshlasa, strobilyasiya jarayoni qaytadan tiklanadi. Kurtaklanish yo'li bilan ko'payishda simbiont ishtiroki shart emas. Shunday kilib, kelajakda hayvonlar r embrional rivojlanishi va mikroorganizmlar o'rtasidagi munosabat yanada kengroq o'rganilishi va bu munosabatni ifodalaydigan nazariyalar yaratilishi lozim.
Evolyusiya jarayonida organiar hosil bo'Iishida tashqi
va ichki muhit omillarining almashinishi
Har xil umurtqali hayvonlarda nerv sistemasining paydo bo'lishi va rivojlanishi har xil bo'ladi. Baliqlardan akulalarda nerv sistemasi embrionning orqa tomonida plastinka shaklida paydo bo'ladi. Suyakli baliqlarda nerv sistemasi ektodermadan bo'rtma holida paydo bo'ladi. A, A Moshkovsev tadqiqotlariga ko'ra, amfibiyalarda organiar hosil bo'lishining bir qancha mexanizmlari bor. U amfibiyalarning ayrim turlari tuxumlarini akvariumlarga joylab, suvning ustiga setka joylashtirgan. Tuxumdan chiqqan lichinka setka qo'yilganligi tufayli yuqoriga chiqa olmaydi va havodan nafas olmaydi. Bu lichinkalarda tuxumdan chiqqandan bir necha kundan keyin havodan nafas olishga imkon berildi. Natijada bir necha oy shunday sharoitda saqlanganligi tufayli o'pkasi difiFerensiasiyalanmagan va baliqlarning suzgich pufagiga o'xshab qolgan. Normal sharoitda rivojlanayotgan lichinkada esa o'pka murakkab kataksimon tuzilishda bo'lgan. Demak, aksolotlda o'pka rivojlanishi havodan nafas olish tufayli murakkablashgan. Baqa itbalig'ining o'pkasi faoliyat ko'rsatmasa, havodan nafas olish organlarida differensiasiya sodir bo'lmaydi. AAMoshkovsov fikricha, jabalarda o'pkaning rivojlanishi davrida tashqi muhit omillari ichki muhit omillari bilan almashinadi.
Kaltakesaklar va toshbaqalar o'pkasining o'ziga xos xususiyatlari birinchi nafas olguncha paydo bo'ladi. Kloakalilar va xaltalilarda o'pkaning ko'plab tarkibiy qismlari nafas olishning morfogen ta'siri tufayli, yo'ldoshli sut emizuvchilarda endogen omillar ta'siri natijasida paydo bo'ladi.
Organizm rivojlanishida kritik davrlar
"Kritik davr" terrninini 1897 yilda botanik P. I. Broun fanga kiritgan va u boshoqlilar maysasi, kartoshka ko'chati va boshqa o'sirnliMarning sezuvchanlik davrlari haqida fikr yuritgan. Uning fikricha, embrional va postembrional rivojlanishda davrlar almashinuvi sodir bo'ladi. Bu almashinuv davrida organizm har xil omillarga chidamli bo'ladi.
S. R. Stokkard (1921) hayvonlar organizmi rivojlanishida kritik davrlar bo'lishi aytgan. U ontogenezni bir nechta ketma-ket bosqichlardan iborat, deb tushunadi. Kritik davr rivojlanish tezligi bilan belgilanadi. Embriogenezning dastlabki bosqichida kritik davr butun organizmga tegishli bo'ladi, keyingi bosqichlarda kritik davr ayrim organlar rivojlanishida kuzatiladi.
Tashqi muhit omillari organizm rivojlanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki butunlay to'xtatishi mumkin. Ba'zi tadqiqotchilar fikricha, dififerensiasiya jarayoniga olib boruvchi taraqqiyot davri har xil tashqi muhit omillariga sezgir bo'ladi. Tajribalardan malum bo'lishicha, umurtqali hayvonlar embrioni har xil bosqichlarda turli xil omillarga har xil javob qaytaradi. Embrion rivojlanishining ba'zi davrlari ayrim tashqi muhit omillariga bir xil javob beradi.
V.M.Korovina (1953) ko'rsatishicha, neyrulyasiyaning oxirida kislotali muhitga embrionning chidamliligi ortib boradi, o't suyuqligiga sezgir bo'ladi. Hayvonlarning individual rivojlanishida chidamli va chidamsiz davriarining gallanishi sodir bo'Imaydi. Shuning bilan birgalikda, har xil davrlarda embrionning sezgirligi o'ziga xos bo'ladi.
Embrional rivojlanish haqidagi R.Goldshmidt (1927,1932) tasawurlari ham qiziqarlidir. U ontogenezni "koordinasiyalashgan rivojlanish tezligi sistemasi", deb hisoblaydi. Kritik davrlar har xil reaksiyalarning "kesisliish nuqtasi" hisoblanadi.
P.G.Svetlovning kritik davr haqidagi gipotezasi diqqatgasazovordir.U tashqi muhit omillarining embrionga ta'sirining 3 ta guruhini farqlaydi: 1) o'lim yoki patologik ta'sir etadigan omillar; 2) normal rivojlanishni o'zgartiradigan, ammo patologik o'zgarishlar keltirib chiqarmaydigan omillar;
3) rivojlanishning normal o'tishiga yordam beradigan omillar. Bu ta'sirlar (kislorod, oziqa, harorat va boshqalar) ko'zga tashlanmasa ham, embrion rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Svetlov fikricha, organizmda o'ta sezgir reseptorlar bo'lib, ular impulslarni sezish xususiyatiga ega. Minimal dozadagi ta'sir shakl hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Individual rivojlanish davrida embrionning zararlanishi va o'limi bir xil bo'lmaydi. Tashqi muhit omillariga embrion chidamsizligining kritik davrlari bor. Hujayraning kritik davrlarni sezishi reperativ faollik bilan bog'Uq bo'ladi. Determinasiya ontogenez davrida ketma-ket keladigan qonuniy jarayon hisoblanadi. P.G.Svetlov determinasiya deyilganda ketma-ket keladigan differensiasiya jarayonini tushunadi. Organizm rivojlanishi va uning elementlari uncha ko'p bo'lmagan davrlardan iborat bo'lib, ularning har biri determinasiyadan boshlanadi. Determinasiya differensiasiyadan boshlanadi. Shundan keyin o'sish va differensiasiya sodir bo'ladi, undan keyin yana kritik davr - determinasiya boshlanadi. Shunga ko'ra, ontogenezning asosiy qonuniyatlari qo'zg'alish fiziologiyasi tushunchasi bilan ifodalanadi. Embrion ma'lum davrda uning atrofidagi omillarga bo'ysunadi. Shuning uchun embrion bu davrda gormonlar, induktorlar, bosim, elektr tokiga chidamsiz bo'ladi.
P.G.Svetlov nazariyasining yutug'i shundaki, u determinasiya muammosini fiziologik asosda o'rganadi va o'z tadqiqotlarini bir tomonlama kimyoviy yoki genetik usul bilan olib bormaydi. Kritik davrni embrionning muhit omillariga o'ta sezgir bo'ladigan davri deb tushunmaslik kerak. Bu nazariyaga ko'ra, embrionning ma'lum bir davri haroratga sezgir bo'lsa, boshqa davri kimyoviy omillarga sezgir bo'ladi. Shuning uchun bu nazariya yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishi lozim.
Morfogenetik jarayonlar reaksiyalar orqali amalga oshishi haqidagi mulohazalar, agar genetikavahujayralarning genotipikbir xilligi haqidagi qonuniyatlarga asoslanilsa, ishonarli bo'ladi. Shunga ko'ra, rivojlanish hujayra genomi faoliyatining avtonom ravishda kuchayishi bo'lmay, balki ketma-ket reaksiya xususiyatiga ega bo'lgan, tashqi muhit omillari bilan aniqlanadigan jarayondir. Demak, hujayra elementlari va uning mahsulotlari reaksiya jarayonida tashqi muhit omillari ta'siri tufayli o'zaro aloqada bo'ladi, deb tushunmaslik kerak. Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi o'zgarib turadi. Doimo organizm a'zolari o'rtasida yangi integrasiya mexanizmlari sodir bo'lib turadi. Shuning uchun P.G.Svetlov nazariyasidagi kritik jarayonlar, reaksiya jarayonlarini farqlash, tushunish, teHninlarni tartibga solishni talab etadi. A. P. Diban fikricha, embriogenez jarayonida kritik davr bo'lmaydi.
A.Arshavskiy fikricha, organizmlar rivojlanishining har bir davri tashqi muhit omillariga o'ziga xos moslanish xususiyatiga ega.
Shunday qilib, organizm rivojlanishi davrlari haqida yagona fikr hozircha yo'q. Ko'pchilik olimlarning fikricha, organizm dastlabki davrlarda tashqi muhit omillarini tezroq sezadi, organizm rivojlanishi davrida bu sezgirlik ortib boraveradi. Ammo evolyusionistlar uchun evolyusion jarayonning akkumulyatori bo'lgan embrionning irsiy o'zgamvchanligini keltirib chiqaradigan omillarga osonlik bilan javob berishini tushunish, tahlil qilish, sabablarini bilish murakkab bo'lmoqda. Hayvonlar embrioni dastlabki davrlarda o'zgarishlarga beriluvchan bo'ladi. Ozgina o'zgarishlar ham ko'plab yangi belgilar paydo bo'iishiga olib keladi. Shuninng uchun organizmni murakkab va katta sirli narsaga o'xshatish mumkin.
Proembrional davrda eng sezgir davr oogenez va spermatogenez jarayonlari hisoblanadi. Shuning uchun rivojlanishni boshqarish bilan shug'ullanadigan embriologlar bu davrni o'rganishga katta e'tibor bermoqdalar.
Embriogenez davrlarining sezgirligi katta amaliy ahamiyatga ega. Jumladan, rivojlanish davrlarining sezgirligi bemorlarga, ayniqsa, homilador ayollarga preparatlar va kimyoterapevtik muolajalarning miqdorini belgilashda vrachlarga katta yordam beradi. Bunday biiimlar parazit va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega. Embriologlar hayvonlar rivojlanishini aniqlashda, belgilashda, shuningdek, rivojlanish jarayonini boshqarishda, genetiklar bilan birgalikda seleksiya usullaridan va tashqi muhit omillaridan foydalanishlari mumkin. Zamonaviy genetika bo'yicha, organizmlar tarkibi nafaqat genetik konstruksiya, balki tashqi muhit omillari bilan ham belgilanadi. Organizm fenoti pi genotip va tashqi muhit omillarining o'zaro ta'siri tufayli paydo bo'ladi. Shuning uchun "muhit" tushunchasini kengroq tushunish kerak. Jumladan, fiziklar va kimyo mutaxassislari bilan birgalikda embriologlar nazariga tushmagan kosmik nurlar, biologik, fizik hodisalarning o'zaro ta'sirini o'rganmoqdalar. Kosmik tadqiqotlarniig rivojlanishi munosabati bilan gravitasiya omillari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Embrion rivojlanishi davrida og'irlik kuchining ta'siri embriogenezning har xil tiplariga turlicha bo'ladi. Aniqlanishicha, amfibivalar embrionining dastlabki davrlarida sentrofugalash maydalanish, gastrulyasiya jarayonlarini buzishi mumkin, ba'zan esa egizakli mayiblar paydo bo'lishiga olib keladi. Ko'plab umurtqasiz hayvonlar embrional rivojlanishi davrida og'irlik kuchiga sezgirligi kam bo'ladi.
Shunday qilib, tashqi muhit omillarining ta'siri: 1) rivojlanish jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin (harorat); 2) rivojlanish jarayonida har xil anomaliyalarni keltirib chiqaradi (gormonlar); 3) zararlovchi ta'sirlar tufayli rivojlanish ma'lum bosqichda to'xtaydi. Mutasiyalar va morfozlar tufayli gametalar yoki genetik apparat tarkibi o'zgaradi. Biotik omillardan gormonlar embrional rivojlanish davrida ma'lum ahamiyatga ega. Tibbiyot va veterinariya amaliyotidan ko'plab misollar keltirish mumkinki, sut emizuvchiiar homilasining ati pik rivojlanishi endokrin bezlar faoliyati bilan bog'liq. Masalan, agar ona qonida kortikoid gormonlar ko'p bo'lsa, embrionning gipotalamo-gipofizar sistemasini o'zgartiradi vabuyrakusti bezining mag'iz kismi reduksiyalanadi. Diabet bilan kasallangan onadan semirish bilan bog'liq bo'lgan kasallik paydo bo'ladi.
Yo'ldosh orqali homila qoniga kirgan gormon bevosita ta'sir etishi mumkin.
L.G.Leybson va uning shogirdlarining kuzatishicha, rivojlanayotgan embrion metabolizmining gormonal regulyasiyasi shunday bosqichdan boshlanadiki, bu bosqich organizm bir butunligining ma'lum qismi hisoblanadi.
Hozirga ma'lumotlarga qaraganda, umurtqali hayvonlarning definitiv holatida 5 ta o'zaro bog'langan zveno farqlanadi:
l) to'qimayoki organlar; 2) endokrin bezlar; 3) adenogipofiz; 4) gipotalamusning relizing-omil sistemasi; 5) bu omiilarni boshqarish sistemasi.
Bu zvenolar alohida-alohida emas, balki birgalikda rivojlanadi.
Ichki neyrogumoral regulyator sistema gametogenez va embriogenez jarayonlarini boshqaradi. Bunday sistema nafaqat umurtqali, balki umurtqasiz hayvonlarda ham bor.

Foydalanilgan adabiyotlar



1.Tokin B.P. Obshaya embriologiY. M., «Visshaya shkola», 1987.
2.Gazaryan K.G., Belousov L.V. Biologiya individualnogo razvitiya jivotnix. M., «Visshaya shkola», 1988.
3.Salixbayev I.K. Individual taraqqiyot biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1988.
4.Salixbayev I.K. Rivojlanish biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1992.
5.Novikov N.I., Svyatenko YE.S. Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po gistologii i embriologii. M., 1984.
6.Yarigin V.N. i dr. Biologiya v 2-x knigax. M., «Visshaya shkola», 1999.
Teglar: boladi muhit bilan tash
Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin