Referati mavzu: Iqtisodiy o‘sish Tayyorladi: Abduvaliyev Sh. Tekshirdi: Dilshoda Begimova Toshkent 2023



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə1/7
tarix14.05.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#113361
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
IQTISODIY O`SISH Referat


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Fakultet: Iqtisodiyot (menejment) yo‘nalishi talabasi Abduvaliyev Shaxzodning O‘zbekiston iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan

REFERATI
Mavzu: Iqtisodiy o‘sish

Tayyorladi: Abduvaliyev Sh.
Tekshirdi: Dilshoda Begimova

Toshkent _ 2023

IQTISODIY O`SISH
Reja :
Kirish
· Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari
· Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari.
· R.Solouning neoklassik modeli.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YaIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YaIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur. 
“Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*
Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iktisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi.
Birinchi usulda iktisodiy o`sish real YaIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iktisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi.
Iktisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YaIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi.
. Iste`mol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi.
Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi..
Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi.

Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin