Reja: " Sab’ayi sayyor" dostoni haqida



Yüklə 354,93 Kb.
səhifə1/3
tarix12.11.2022
ölçüsü354,93 Kb.
#68758
  1   2   3
Sab\'ayi sayyor dostoni




Mavzu: ”Sab‘ayi sayyor” dostoni







THAME




Reja:

  1. Sab’ayi sayyor” dostoni haqida.

  2. .Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning shu mavzudagi dostonlari.

  3. . Dostonidagi timsollar.

  4. . Dostonning badiiy xususiyatlari.


TIIAME





Alisher Navoiy "Xamsa"sining to’rtinchi dostoni "Sab’ayi sayyor" (yetti kezuvchi) deb ataladi. Asarning nomlanishi sababini shoir shunday izohlaydi:
Lutf bu nazm aro bag'oyatdur, g'araz ammo yetti hikoyatdur. Chunki qoyil yetti musofir edi, Ki alar sayr ishiga mohir edi, Bo'ldi chun bu raqam ishi tayyor, Qo'ydum otini "Sab'ai sayyor".
(10-tom, 409)

TIIAME


Alisher Navoiyning "Sab’ayi sayyor" dostoni hijriy 889-yilning melodiy 1484-yilning iyun oyida yozib tugatilgan:
Garchi tarixi erdi sekiz yuz, Sekson o ‘tmish edi yana to ‘qquz.
Oyi oning jumodiyussoniy, Panjshanba yozildi unvoni.
Varaqu satrin aylabon ta 'yin.
Baytini besh ming ayladim taxmin. (10-tom, 411)



TIIAME


Turkiy tilda birinchi bo’lib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va o‘z dostonini «Sab’ayi sayyor» deb ataydi. «Sab’ayi sayyor» dostoni 38 bob, 5009 baytdan iborat, shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Navoiy Allohni olamning yaratuvchisi sifatida madh etar ekan, dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti raqamiga alohida e’tibor qaratib, badiiy san’ati vositasida falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo'lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr yuritadi.



TIIAME


Darhaqiqat, Alisher Navoiy salaflaridan Nizomiy Ganjaviyning shu mavzuga bag’ishlagan asari "Haft paykar" (“Yetti go’zal”) deb atalgan bo’lsa, Xusrav Dehlaviy uni "Hasht bihisht" (“Sakkiz bihisht”), zamondoshi Ashraf Marog’aviy esa "Haft avrang" (“Yetti taxt”) deb nomlagan edilar.
Ularda asosiy diqqat Bahrom qissasiga qaratilgan bo’lsa, Alisher Navoiy asosiy e’tiborni musofirlar tomonidan aytilgan hikoyalarga qaratdi va Bahrom qissasini ana shu hikoyalarning aytilish vositasiga aylantirdi. Demak, Alisher Navoiy an’anaviy mavzuni yangicha talqin, yangicha tahlil bilan boyitib, nazirai benazirni (o'xshash-o'xshamas) maydonga keltirgan edi.

TIIAME


Shoh Bahrom haqidagi qissa tarixiy asosga ega. Chunki Bahrom ibn Yazdijurd (Bahromi Go‘r, Varaxran V) sosoniylar xonadonining vakili bo’lib, 421-439 yillarda Ajamning podshohi edi. Alisher Navoiy o’zining "Tarixi muluki Ajam" asarida o’sha davrdagi tarixchilar dunyoqarashi asosida Bahrom binni Yazdijurd haqida ma'lumot bergan [16-tom, 234-237]. Garchi Bahrom tarixiy shaxs bo‘lsa-da, ammo u og’zaki va yozma adabiyotda tarixiy shaxslikdan ko’ra badiiy obraz- timsol sifatida ko’proq mashhurdir. Shuning uchun uning "sarguzashtlari" shunchalik badiiylashtiriladiki, natijada, tarixiylik o’rnini badiiylik egallab boradi.



TIIAME


Yazdijurd o‘g‘li Bahrom otasidan so’ng o’zining qahramonligi - sherni yenggani bilan podshohlik toj-u taxtini qo’lga kiritadi. Mamlakatda adolat va osoyishtalikni o’rnatishga intiladi va shuning bilan birga go‘r-qulon oviga ham beriladi. Shundan uni Bahromi go‘r deb atash ham odat bo’lib qoladi. Ov jarayonining birida Bahrom rassom Moniy bilan uchrashib, go’zal Dilorom va uning ta'rifi hamda Moniy chizgan rasmni ko’rib, unga oshiq bo’lib qoladi. Diloromni Xojasidan Xito mulki evaziga sotib olib, saroyiga keltiradi. Dilorom go’zallikda, xulqu atvorda hamda chang cholishda nodirai davron bo’lganidan Bahromni o’ziga maftun etadi.



TIIAME


Alisher Navoiyning "Sab’ayi sayyor"i tuzilish jihatidan oldingi dostonlaridan farq qiladi. Bu farq dostonning qoliplovchi qissa va turkum hikoyalar usulida yozilganidan ham bilinadi. Bu ham xamsanavislik an’anasining muhim detallareidan biridir. Ammo oldingi dostonlarda qoliplovchi qissa va etti hikoya alohida-alohida bo'lib tuyuladi. Alisher Navoiy esa o‘z dostonida yettinchi musofir tomonidan aytilgan hikoyatni qoliplovchi qissa voqealari (Dilorom sarguzashti) bilan bog'laydi. Natijada doston qurilishida yaxlitlik maydonga keladi.



TIAME


Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu yetti qasr yetti shohning mamlakatiga olib boradigan yo‘l ustida quriladi. Rassom Moniy ularining har birini alohida bir rang bilan bezaydi. Bahrom ularni tomosha qilar ekan, kasali tuzala boshlaydi. Yetti rangdagi yetti qasr bitgach, yetti iqlim shohining yetti qizi Bahrom bilan nikohlanadi. Yetti qasrning har biri yetti sayyoradan birining rangiga mos bo’lib, haftaning shu sayyora homiy hisoblangan kuniga xos edi. Yetti qasr tasvirini o’qir ekanmiz, Navoiy har bir qasrdagi shoh, malika va musofir hamda jihozlar tasvirini berishda ranglarning turfa xil nomlanishlaridan ustalik bilan foydalanganiga guvoh bo’lamiz.


Sab’ayi sayyor” Shoh Bahrom tinglagan hikoyatlar, o’tkazgan kunlar va qasr ranglari uyg’unligi


Yüklə 354,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin