ANGREN UNIVERSITETI Guruh: M 108 Bajardi: Artikova Mardona Tekshirdi: Mirzakarimova Z.D. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi O’zbek tilini sohada qo’llanishi fanidan MUSTAQIL ISH
Reja: 1.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot. 2.Frazeologik iboralarning struktura va ma’no xususiyatiga ko’ra turlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyot
Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot
Tilning lug’at tarkibida xuddi so’z singari maqsadga muvofiq tanlab ishlatish mumkin bo’lgan, shu tilda so’zlashuvchi har bir kishining xotirasida bir butun holda saqlanadigan til biriktirmoq, dili siyoh bo’lmoq, obro’si ko’tarilmoq, nog’orasiga o’ynamoq, ko’ngli xira bo’ldi, ko’z qirini tashladi, tomdan tarasha tushganday, yostiqdan bosh ko’tarmoq kabi iboralar ham mavjud.
Bu tipdagi iboralar frazeologizmlar, deb ularni o’rganadigan soha frazeologiya deb ataladi.
Frazeologik iboralar (frazeologizmlar) birinchidan, tilda ko’p vaqt bir qolipda ishlatilaverib, bo’linmaydigan (bir butun) holga kelib qolgan bo’ladi. Ikkinchidan, ibora tarkibida eng kamida ikkita so’z qatnashadi. Uchinchidan, ibora yoki uning bir qismi ko’pincha ko’chma ma’noda bo’lgani uchun obrazlilikka boy bo’ladi.

Tilning lug’at sostavidagi so’zlar ham, frazeologik iboralar ham til birliklari sanaladi. Shu jihatdan ular quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
Ibora bir butun bir umumiy tushunchani bildiradi, shuning uchun ham u ma’no jihatdan ko’pincha bitta so’zga teng keladi. Masalan: ko’ngli ko’tarildi – xursand, kapalagi uchib ketdi – qo’rqdi, lom – mim demadi – indamadi.

Ibora ma’no va grammatik jihatdan ma’lum bir so’z turkumiga mos keladi, shuning uchun ham u bir butun holda ma’lum bir so’roqqa javob bo’ladi va gapda ma’lum bir gap bo’lagi vazifasini bajaradi. Masalan, Hamma ishlaridan ko’ngli to’q bo’lganidan(to’ldiruvchi)ikki kun ko’z ochib yumguncha(hol) o’tib ketdi.
Gap qaytarishga (to’ldiruvchi) o’zingiz majbur qildingiz. Nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi(kesim).
Ibora so’z strukturasi va tarkibidagi so’zlarning joylashish o’rni (tartibi)ga barqaror bo’ladi. Masalan, xamir uchidan patir, chuchvarani xom sanamoq.