Reja: Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi



Yüklə 29,17 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü29,17 Kb.
#111321
  1   2   3
Falsafa refarat


Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.

Reja:

  1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.

  2. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.

  3. Korrupsiya shakllanishining sabablari.

  4. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi va takomillashtirilishi.

Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og`iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog`liq bo`lib, bu shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi...
Korrupsiya bu jamiyatni turli yo`llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to`sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta`kidlab o`tish joizki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag`al bo`lishidan qat`iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo`yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo`lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiyaning tarixiy o`zaklari juda-juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma`lum mavqega ega bo`lish uchun qabila sardorlariga sovg`alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O`sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to`siq ekanligini ko`rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma`lum. Chunki bu holat davlatning obro`siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg`alarni qabul qilma, chunki sovg`a ko`rni ko`radigan qiladi va haqiqatni o`zgartiradi” deyilgan bo`lsa, Qu`roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo`l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo`lgan narsalarni olish uchun o`z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora ko`proq ta`sir ko`rsata boshladi. Bu o`sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitusiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo`lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko`rsatib o`tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o`rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Davlat apparati tizimida mansab suiiste`molchiligi, poraxo`rlik, uyushgan yoki korrupsion jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo`ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdorlik jinoyatlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Mansabni suiiste`mol qilish orqali mulkni talon-taroj qilish yoki poraxo`rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta`minlash muhim jarayon bo`lib, bu jarayondagi asosiy vazifalardan biri korrupsiya bilan bog`liq holatlarning oldini olish, unga yo`l qo`ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdir.
Aytish joizki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsiyadan tozalash bo`yicha izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasining ko`pgina huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo`limlar shakllantirildi.
Hozirda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmi yaratildi. 
Xususan, 2017 yil 4 yanvardan O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo`ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog`liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. 
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo`nalishlari mustahkamlangan. Unga ko`ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularga chek qo`yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta`minlash ham shular jumlasidandir. 
Bundan tashqari, davlatimiz Rahbarining 2019 yil 27 maydagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5729-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro`-e`tiborini oshirishga qaratilgan.
Farmon bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi va Senat raisi Nig`matulla Yo`ldoshev boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etiladi. Ular joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks o`rganish, joylarda korrupsiya ko`rinishlari namoyon bo`lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to`g`risida O`zbekiston Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo`yicha qo`mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib boradi.

Yüklə 29,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin