Reja: Uglevodlarni tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#190264
  1   2   3   4   5
15 uglevod

Uglevodlarning sinflanishi.

Reja:


1. Uglevodlarni tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati

2. Uglevodlarning sinflanishi, nomlanishi va tuzilishi
3. Monosaxaridlarning kimyoviyxossalari. Mutarotatsiya

4. Disaxaridlar. Ularni tabiatda tarqalishi va kimyoviy xossalari
5. Polisaxaridlar. Kraxmal va sellyuloza tuzilishi va xossalari
1. Uglevodlarni tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati

Monosaxaridlar jumladan, glyukoza erkin xolda yashil o’simliklarning deyarli barcha organlarida uchraydi. Ayniqsa, u uzum sharbatida ko’p. Odam organizmida glyukoza muskullarda, qonda va oz miqdorda butun to’qimalarda bo’ladi. Tabiatda glyukoza fotosintez reaksiyalari natijasida
hosil bo’ladi:
Sanoatda glyukoza kraxmalni mineral kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo’li bilan olinadi:

Uglevodlar organik birikmalarning eng katta sinfi bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Bu birikmalar uglerod, vodorod va kisloroddan iborat. Ularning tarkibi Cn(H2O)m umumiy formula bilan ifodalanadi. Masalan, ksiloza C5H10O5, glyukoza C6H12O6, saxaroza C12H22O11 va kraxmal (C6H10O5)n
Organik brikmalarning asosiy hayot uchun ahamiyatli sinfini lipidlar, proteinlar, nuklein kislotalar va uglevodlar tashkil etadi. Ba’zi uglevodlar bizga “shakarlar” nomi bilan tanish. Ular biz iste’mol qilayotgan oziqovqatlarimizning katta qismini tashkil etadi va odam harakati uchun zarur energiyani ta’minlab beradi. Uglevodlar o’simlik hujayrasini va daraxtlar qobig’ini tuzilish qismini tashkil etadi.
Tarixdan ma’lumki, uglevodlar “uglerod gidrati” deb nom olgan, chunki ularning formulalari asosan quyidagi ko’rinishga ega Cn(H2O)m
Uglevodlar asosan ikki guruhdan tashkil topgan: aldegid va keton. Bu bo’lim ikki qismga bo’lingan. Birinchi va asosiy qism uglevodlar molekulasining tuzulishiga bag’ishlangan. Ikkinchi qismida esa uglevodlarning kimyoviy reaksiyalarda tutgan o’rni yoritilgan.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin