Rejalashtirishning asosiy bosqichlai va turlari



Yüklə 103 Kb.
səhifə1/10
tarix10.06.2023
ölçüsü103 Kb.
#128135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rejalashtirishning asosiy bosqichlai va turlari.


Rejalashtirishning asosiy bosqichlai va turlari.

Reja:




  1. Rejalashtirish: mohiyat, maqsad va vazifalar

  2. Rejalashtirishning asosiy turlari va bosqichlari

  3. Rejalashtirish yo’nalishlari

Rejalashtirish: mohiyat, maqsad va vazifalar


Rejalashtirish — Rejalashtirishni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, Rejalashtirishga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Rejalashtirishning mohiyati kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo’lgan miqdorda ish o’rni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish o’rinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat kishisiga eng maqbul ravishda o’z qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Rejalashtirish, jumladan, quyidagi savollarga javob berishi kerak:

  • qancha xodim talab etiladi, ularning malakasi, ular qachon va qaerda kerak bo’ladi (Rejalashtirishga ehtiyojni rejalashtirish);

  • ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda zarur Rejalashtirishni qanday qilib jalb etish yoki ortiqcha Rejalashtirishni qisqartirish mumkin (shtatga olish yoki qisqartirishni rejalashtirish);

  • xodimlardan ularning qobiliyatiga qarab qay tarzda foydalanish mumkin (Rejalashtirishdan foydalanishni rejalashtirish);

  • qay tarzda aniq maqsadni ko’zlagan holda Rejalashtirish malakasini oshirishga ko’maklashish hamda bilimini o’zgartirayotgan talablarga moslashtirish mumkin (Rejalashtirishni rivojlantirishni rejalashtirish);

  • rejalashtirilayotgan tadbirlar qancha sarf-xarajatni talab etadi (Rejalashtirish uchun sarf-xarajatlar).

Rejalashtirish maqsadlari tashqi muhitni (imkoniyatlar va xavf) tahlil etish, kompaniya yoki firma kuchli (ojiz) tomonlarini tahlil etish, kompaniya yoki firma qo’llab-quvvatlayotgan shaxsiy guruxlar manfaatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni taqozo etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda turli mamlakatlarda rejalashtirishda o’ziga xoslikni farqlash mumkin. Jumladan, Yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy etish mukammalligiga urg’u berilsa, Buyuk Britaniyada — resurslar taqsimoti, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa barcha bo’linmalar strategiyasini birlashtirish hamda resurslar taqsimoti birinchi o’ringa qo’yiladi.

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin