Rivojlanishida murakkab nuqsonlarga EGA bo’lgan bolalarni tibbiy-psixologik- pedagogik o’rganish



Yüklə 25,4 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü25,4 Kb.
#133635
BAXTIYOROVA FERANGIZ


RIVOJLANISHIDA MURAKKAB NUQSONLARGA EGA BO’LGAN BOLALARNI TIBBIY-PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK O’RGANISH.
Baxtiyorova Ferangiz Murodali qizi
Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti
5.2 PSIA guruh talabasi
Annotatsiya.Bu maqolada rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bollarning tibbiy psixologik xususiyatlari va ularni kompleks holda o’rganish. Turli yosh davrlardagi krizisli inqirozli holatlar. Shu bilan birga ko’rish, eshitish tayanch harakat sistemasi va boshqa tana a’zolaridagi nuqsonlarning inson psixikasiga ta’siri haqida fikr yuritilgan va ularni o’rganishda zamonaviy metodlar va usullardan foydalanilgan.
Aбстракт. В данно статье медико-психологические особенности детей отклонениями в развитии и их комплексное изучение. Кризисние ситуации в разном возрасте. В то же изучалось влияние дефектов зрительной, слуховой опорно- двигателной системи и других органов тела на психику человека, и при их изучении использовались современные методи и приеми.
Annotation. This article is article is about children with developmental disabilities, the medical psychological characteristics and their study without complexes. Crizis cases of crezis in different age periods. At the same time, the impact of defects in vision, auditory musculoskeletal system and other body organs on the human psyche was considered, and modern methods and methods were used their study.
Kalit so’zlar. Audiolog, defektolog, TPPK, aqli zaiflik, ekzogen, endogen, nerv sistemasi, sensor sistema, harakat sistemasi, hissiy intelektual jarayonlar, irsiyat.
Ключевые слова. Аудиолог, дефектолог, ТППК, умственная отсталость, екзогенная,ендогенная, нервная система, сенсорная система , двигательная система, сенсорные интеллектуальные процесси, наследственность.
Keywords. Audiologist, defectologist, TPPK, mental retardation, exogenous, endogenous, nervous system, sensory system, motion system, emotional intelectal processes, heredity.
Zamonaviy tekshirish metodlariga asosan rivojlanishida turli nuqsonlarga bo’lgan bolalarning bir qismida asosiy nuqsondan tashqari bir yoki qo’shimcha nuqsonlarning borligi aniqlanib, bu bolaning psixik rivojlanishini ahamiyatli ravishda o’zgartirmoqda. Maxsus maktablarning turli turidagi ko’pchilik bolalarda asoratlar yoki murakkab turdagi nuqsonlar aniqlanmoqda, aqliy rivojlanishida orqada qolgan ko’pchiligi bolalar bir qancha nuqsonlarga egadirlar. Rivojlanishida murakkab nuqsonli bolalar deganda ikki yoki undan ortiq birlamchi nuqsonlar organizmning turli sistemalaridagi jarohatlari bilan bog’liq bo’lib, ularga murakkab nuqsonlar kiradi. Masalan bunda ko’rishida nuqsonning bo’lishi bilan biurgaliukda eshitishida, ko’ruv va nutq va x.k. Ayniqsa bunday kompleks buzilishlar bolalarda murakkab turdagi nuqsonlar sifatida o’rganilishi kerak bo’ladi. Bir boladagi bir necha nuqsonlarni birgalikda kelishini tushunish lozim. Biroq murakkab nuqsonlarning bir turi – bolada korish va eshitishni birgalikda kelishini ko’rkarga kiritish mumkin ularni yetarlicha o’rganib chiqib aynan bunday bolalar uchun maxsus dastur va usullar ishlab chiqilgan.
Zamonaviy diagnostika murakkab va ko’p nuqsonli bolalarni kompleks tibbiy- psixologik- pedagogik o’rganishni talab qiladi. Tibbiy tekshiruv vrachlar (pediatr, yoki terpevt, nevrolog, psixiatr, oftamolog, zarur bo’lganda audiolog) barcha laborator malumotlarni hisobga olgan holda rentgenolog va boshqa tekshiruvlar orqali o’tkazilishi lozim. Boladagi birlamchi nuqsonlarni analiz qila turib uni nasliy yoki ekzoken (tasirlar natijasida) kelib chiqishini bilish lozim. Boladagi murakkab va ko’p nuqsonlar bir yoki ikki sabablar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bir nuqsonning kelib chiqishi genetik boshqasi ekzogen bo’lsa, har bir nuqsonning turli ekzogen sabablari bo’lishi va x.k. Murakkab nuqsonli bolalarni rivojlanishini psixologik- pedagogik tekshirish anchagina qiyindir. U albatta kompleks bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlarni, harakat bilish va bolani muloqotga olib keluvchi shaxsiy jarayonlarni, o’z –o’ziga xizmat qilish ko’nikmalari va predmrtli faoliyatni rivojlanish darajasini o’rganishni o’z ichiga olishi lozim. Ko’p nuqsonli bo’lgan sharoitda bolani o’ziga xos xulqini va odatiy uy sharoitida yoki ushbu mavzuga oid video ma’lumotlarni kuztish muhim ahamiyat kasb etadi. Diagnostik markazda tekshirishni o’tkazish vaqtida bolani yangi sharoitdagi xulqini uzoq vaqt ( bir soatda kam emas) kuzatish lozim, bunda unga yangi xona hamda notanish odamlarga biroz ko’nikishga va o’zlashtirib olishga imkoniyat beriladi. Murakkab nuqsonli va ko’p nuqsonli bolalarni birlamchi kompleks diagnostik tekshiruvni o’tkazishning vazifalari tekshiruvgacha bo’lgan uning jismoniy, somatik va psixik holatini bilish, mutaxasislarga qo’shimcha tekshiruvga yuborish va unga tayyorgarlik uni ota onasi yoki ularni o’rnini bosuvchilar bilan munosabatini yaxshilash, oilada yoki maxsus korreksion ta’lim muassasasida ta’lim tarbiyani taklif etish. Ikkilamchi psixologik tekshiruvda bolani o’tgan davrdagi o’qishdagi muvaffaqiyatlari va uning potensial imkoniyatlari haqida muhokama qilish mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha obektiv metodlardan foydalanganda ham bir qator hollarda bolani tekshiruvga tayyor emasligi hamda muloqotga kirishishdagi qiyinchliklar (ayniqsa bu aqli zaif autik bolalarga nisbatan qiyinchilik tug’diradi) natijasida eshitish va ko’rishni pasayganlik darajasini aniqlash mushkul bo’ladi. Faqatgina oila bilan yaqin munosabat uni xulqini e’tibor bilan kuzatish ko’rish va eshitishdagi nuqsonlarni darajasini ajaratishga hamda tibbiy va elektrifiziologik tekshiruvni o’tkazishga to’liq tayyorlash mumkin. Bolani ko’rish va eshitishini to’g’ri baholash uning intelektual rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, kuzatishlarning ko’rsatishicha boladagi ko’ruv qoldig’idan foydalanish imkoniyati qanchalik yuqori bo’lsa, uning intelektual va emotsional riuvojlanish imkoniyatlari shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun birlamchi tekshiruvda ko’rish qaysi yoshdan yomonlasha boshlagani va bu uning xulqini qanchalik o’zgartirganini aniqlash muhimdir. Ko’ruv imkoniyatlari qanchalik kech pasaygan bo’lsa, bolaning ko’ruv tasavvurlari shunchalik ko’p bo’ladi. Bolaning qaqncha vaqt ko’rmagani va ko’z operatsiyasi qanchalik samarali o’tganini aniqlash muhimdir. Katarakta operatsiyasidan so’ng keying bolani ko’ruv qoldig’ini rivojlanishida muhim bo’lgan doimo ko’zoynak taqishga o’rgata olingani aniqlanadi. Oilaning yashash joyidagi oftomologi ko’ruv qoldig’ini aniqlay olgani, bola ko’zoynak bilan yaxshi taniganda, aylanishga chiqqanda, va x.k larda foydalanishi kabi ko’pgina savollarga bolaning ota – onasidan diagnostik tekshiruvning boshidayoq javob olish mumkin. Malumki jismoniy eshitishi meyorda aqli zaif bolalar qo’zg’atuvchi tovushlarga ko’pincha aniq bo’lmaganlarni beradilar, kata ba’zida do’mbira ovozi ham ta’sir etmaydi. Aqli zaif bolalarda fonematik eshituv buzilgan bo’ladi, shuning uchun ko’r va zaif eshituvchi bolalardagi eshituv nuqsoni aqli zaiflik( aqli zaif bolalardan subektiv hamda obektiv eshitish audiogrammani olish ko’pincha qiyinchilik tug’diradi) gumonini keltirsa unga extiyotkorlik bilan yondashish kerak bo’ladi. Boladagi yo’q yoki pasayganini dalillovchi audiogramma bo’lmasa, unda uni eshituv holati haqidagi muhokamani bolani ota onasi yordamida audiologik tekshiruvga tayyorlaguncha qoldirish kerak.
Murakkab sensor nuqsonli bolalarning emotsional va intelektual rivojlanishini saqlaganini baholash murakkab vazifa hisoblanadi. Birlamchi tibbiy- psixologik- pedagogik tekshirish ko’rish va eshitish nuqsoni tug’ma yoki erta orttirilgan bolalarda aqli zaiflikni bor yoki yo’qligini taxmin qiladi. Bunday bolalarni chuqur psixodiagnostik o’rganish albatta diagnostic ta’limni talab qiladi bu esa mutaxasislarning tavsiyalariga oid ota-ona tomonidan, shuningdek maxsus diagnostic guruh sharoitida ham takomillashtirilishi mumkin. Murakkab ko’p nuqsonli aqli zaif bolalarni diagnostika qilish juda murakkabdir, shuning uchun ko’pgina bolalarga xos biosensor nuqsonli pedagogic qarovsiz bolalardan farqlash qiyindir. Faqatgina ta’limiy eksperimental sinovlar bunday bolalarni bajarish jarayonida diagnostik tekshiruvni maxsus diagnostic ta’lim sharoitida olib borilishi ularda aqli zaiflik bor yoki yo’q degan savolga javob berishi mumkin.
TPPK( tibbiy- psixologik- pedagogik komissiya) maxsus ( korreksion) muammolarni komplektlash masalasini hal etishadi hamda zarur bo’lganda maslahat- tashxis va korreksion yordam ko’rsatadi. TPPK ga yordam so’rab alohida taloim va tabiiy idoralar ha ota, ona, pedagog, o’smirlar o’zining tashabbusi bilan ham murojaat qilishga haqlidir. O’z faoliyatida TPPK defektologiya sohasida ishlab chiqilgan tamoyillarga amal qiladi. Asosiy tamoyillardan biri bu- har bir bolaga o’z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirish uchun o’z vaqtida kerakli sharoitlarni tashkil etishdan iborat bo’lgan insonparvarlik tamoyilidir. Bu tamoyil bolani chuqur vadiqqat bilan o’rganish, yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishni talab qiladi. Agar umumta’lim maktab sharoitida ko’rsatilgan barcha kerakli va mavjud bo’lgan choralar ijobiy natijalar bermasa, bolani maxsus muassasaga o’tkazish masalasi qo’yiladi va bunga ota onalarning roziligi kerak bo’ladi.
TPPKning maqsad va vazifalari quydagilar:

  1. psixik jismoniy rivojlanishida u yoki bu nuqsonlari bo’lgan bolalarni aniqlash va har tomonlama kompleks tekshirish;

  2. nuqsonlarning xarakteri va sabablarini o’rnatish(deviant xulq, kata va tengdoshlari bilan bo’lgan nizoli vaziyatlar, o’zlashtirishida orqada qolish va h.q);

  3. bolaning potensial imkoniyatlarini aniqlab ushbu ta’lim muassasa sharoitida unga maqsadli maxsus (korreksion) yordam ko’rsatish;

  4. “xatar guruhi” ga kiruvchi bolalarning individual rivojlanishini kompleks maqsadli dasturlarni yaratish;

  5. rivojlanish dinamikasini kuztish ( kuzatuv, o’quv yilining boshidagi yoki oxiridagi diagnostik “ kesimlar” tegishli tuzatishlarni kiritish);

  6. Ota- ona bilan maslahat ishlarini olib borish;

Ko’rsatilgan vazifalar maktab ( maktabgacha ta’lim muassasalari) pedagogic jamoasi va TPPKning mutaxasislarining kuchi bilan o’zaro kelishilgan aloqada bajariladi. An’anada rivojlanishida turli nuqsoni bo’lgan bolalarga mo’ljallangan maxsus muassasalarni bolalar bilan to’ldirish, muassasalarga bolalarni yuborish bilan shug’ullanib kelgan psixolog - tibbiy - pedagogik komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular ta’lim sog’liq, aholini ijtimoiy himoyalash organlari bilan birgalikda tuzilgan. Bunda bolalarning har bir tipdagi muassasai uchun (aqli zaif, ko’r va zaif eshituvchi va h.q) o’zining TPPKlari faoliyat ko’rsatgan. Ushbu komissiya faoliyatida malakali mutaxasislar qatnashib kelayotgan bo’lsada, uning ishini takomillashtirish va sharoitlari (tekshirish vaqti chegaralanganligi, bir martalik tekshirish davomida rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin bo’lmaganligi, ko’pincha ularning tarkibida psixologlar qatnashmaganligi va h.k) tibbiy va psixologik’ pedagogic tashxisning sifatini talab darajasida olib boorish imkonini bermaydi. Xato tashxis qo’yilgan vaziyatlar kam bo’lmagan. Tibbiy –psixologik- pedagogik komissiya psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’qishida, muloqotda, xulqida muammosi bo’lgan bolalarga maxsus yordam ko’rsatish tizimidagi davlat tashxis, korreksion markazi bo’lib hisoblanadi. TPPK bolalarga talim berishning ko’rinish va shakllarini aniqlash uchun ekspert xizmati funksiyasini bajarmoqda. O’z faoliyatida Tibbiy- psixologik- pedagogic- komissiya “Bola huquqlari to’g’risidagi Xalqaro konvensiya” hamda O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi, ta’lim , sog’liq, bolalar huquqini himoyalash to’g’risidagi qonunlarga amal qiladi. Ma’muriy bo’lishining hisobga olib viloyat, shahar, tuman, TPPKlar tuziladi. Tibbi –psixologik -pedagogik - komissiyaning muhim vazifasi hamda uning faoliyatining asosiy mazmuni deb bola va o’smirlarga tug’ilishidan 18 yoshigacha kompleks tibbiy- psixologik-pedagogik diagnostika o’tkazish hisoblanadi. Erta diagnostika bolalarga o’z vaqtida yordam ko’rsatish, ularning rivojlanish darajasi va o’ziga xos xususiyatlarga anqliklar kiritish, hamda tarbiya ta’lim olishi uchun joy topib berish maqsadida kerak. Bu vaziyatlarda maxsus (korreksion) muassasani bolalar bilan to’ldirish masalasi yechiladi.


Men xulosa qilib shuni aytamanki, insondagi oliy psixik funksiyalar yillar davomida shakllanadi, albatta. Unutqiy muloqot bilan tug’ilib, faoliyatning to’liq ramzi bilan tugallanadi. Bolaning psixik rivojlanishi va shaxsni shakllanishi ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’quv tarbiyaviy jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish , korreksiyalashga yo’naltirilgan pedagogik vositalardan to’g’ri foydalanish, psixik va jismoniy nuqsonlar ( aqli zaif, kar, ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi) bolalarni o’xshash holatlardan farqlash , bolalarni tegishli maxsus muassasalarga to’g’ri yo’naltirish, bolalarnining nuqsonlari tuzalishini bilish va hissiy – irodaviy doiralari , individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda pedagogik ta’sirning samarali metodlarini va usullarini bilish malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi deb o’ylayman .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.Mamedov K.M Shoumarov G’.B. “ Aqli zaif bolalar psixologiyasi. T.1994


2.Mo’minova .L.R. Nurkeldiyeva. D. Ilk yordam xizmati T.2018
3.Nurkeldiyeva D.A CHicherina Ya. E. Ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixologik pedagogik va logopedik tekshirish T.2014
4.Po’latova P.M va boshqalar. Maxsus pedagogika. T. Fan va texnologiyalar. 2014.
5.Bagdanova .T.G. Surdupsixologiya. M.2002.
Yüklə 25,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin