MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Veb dasturlashga kirish fanidan LABORATORIYA ISHI №1, 2, 3
Mavzu: HTML hujjat tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, teg attributlari.
Bajardi: Xamzaqulov Bobur Guruh: WEB003-1 (215-21) Tekshirdi: Jo`raboyev Foziljon TOSHKENT – 2022 Laboratoriya ishi №1 Mavzu: HTML hujjat tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, teg attributlari. Ishdan maqsad: HTML tili bilan tanishish. HTML 5 haqida batafsil ma`lumot olish. HTML 5 va HTML 4 o`zgarishlar, kamchiliklar, afzalliklarini yoritish.
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.
Imkoniyatlari:
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.
HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995zyil „Xalqaro Oʻrgimchak toʻri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini oʻrash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan boʻlib, darxol 3.2 versiyaga oʻtildi. Unda 3.1 versiyadagi baʼzi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida koʻrsatildi.
HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan,