Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#125419
  1   2   3
Muhammadiyeva Mushtariy 45-53 JUSR



45 
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IQTISODIY TARBIYA HAQIDAGI 
TA’LIMOTLARI 
Muhammadiyeva Mushtariy Shokirovna 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Ta’lim tarbiya 
nazariyasi va metodikasi(Boshlang`ich ta`lim) yo`nalishi 2-kurs magistranti 
Telefon raqam (+998 94) 266 33 77 
 
Annotatsiya: Mutafakkirlarimizning iqtisodiy tarbiya haqidagi ta’limotlari 
bugungi kun yoshlari uchun asosiy manba bo`lib hizmat qilmoqda.
Kalit so’zlar: tarbiya, iste’mol, hayot, iqtisodiyot, tajriba. 
Kirish 
Milliy tarbiya tizimida sinovdan o’tgan o’gitlar, chin insoniy fazilatlar yosh 
avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashning asosi halollik, rostgo’ylik, o’zaro 
hurmat, mehnat qilish, hunar egallash, mehnatni qadrlash, mas’uliyatli, tashabbuskor 
bo’lish kabilarda aks etadi hamda hunar o’rganish, halol ishlab pul topish ustuvor 
hisoblanadi. A.Tojiboev, M.Asatullaeva IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan, 
savdo-sotiq, iqtisod rivojini quyidagicha izohlaydilar: Bu davrlarda butun dunyoga 
tanilgan mutafakkirlar yashab ijod etdi. Ular asarlarida iqtisod, tijorat, mulkdorlik, 
hunar sirlari, qarz olish, qarz berish, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat 
ko’rsatish, xayr-ehson qilish, soliq turlari va miqdori, halol mehnat qilish, kasb 
egallash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanish haqida ibratli fikrlar bayon 
etilgan. Ular bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q 
O’zbek xalqi juda qadimiy ma’naviy va iqtisodiy merosga ega. U o’lmas tarixiy 
merosi bilan har qancha faxrlanishga haqlidir. Bu iqtisodiy meros xalqimizning 
iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritishi, zamonaviy iqtisodiy tafakkurga ega bo’lishi, 
iqtisodiy jihatdan iqtidorli millatga aylanishida xizmat qildi va qilmoqda. Shuni alohida 
qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo xalqlarining tadbirkorlikka doir bilimlarini 
egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning g’oyalari ham ijobiy ahamiyatga ega 
bo’ldi. Ma’lumki, islom iqtisodiy g’oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni 
Karimda, payg’ambarimiz hadislarida, mashhur Muxtasar kitobida o’z ifodasini 
topgan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin