Шираларнинг экологик адаптацияланиш



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə1/12
tarix10.06.2022
ölçüsü189,5 Kb.
#61175
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ADXAMJON avtoreferat


O’zbekiston Respublikasi
oliy va o’rta MAXSUS ta’lim vazirligi
Farg’ona davlat Universiteti

Qo’lyozma huquqida


O’DK. 574.472.595.752(575)


RASULJONOV ADHAMJON ZOHIDJON O’GLI
JANUBIY FARG’ONA SHAROITIDA QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING SO’RUVCHI ZARARKUNANDALARI ( TUR TARKIBI, BIOEKOLOGIYASI VA XO’JALIK AHAMIYATI )”

5A140101-biologiya (fan yo’nalishlari bo’yicha)


magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
avtoreferati


Farg‘ona – 2021
Tadqiqot ishi Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan.


Ilmiy rahbar: biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Sh.Q.Yuldasheva


Taqrizchilar: Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti, b.f.n. SH.Toshmatova
Farg’ona davlat universiteti
biologiya kafedrasi
Katta o’qituvchisi, b.f.n, M.Yunusov
Dissertatsiya himoyasi 2021 yil “____”_________ soat ____da Farg‘ona davlat universiteti biologiya kafedrasida o‘tkaziladi.
Manzil: Farg‘ona shaxar, Murabbiylar ko‘chasi 19-uy.

Dissertatsiya ishi bilan Farg‘ona davlat universiteti axborot resurs markazida tanishish mumkin.


Magistrlik dissertatsiyasi biologiya kafedrasi yig‘ilishda muxokamadan o‘tkazilgan.
Bayonnoma № ____, _____ _________ 2021 yil.

Biologiya kafedrasi mudiri: Sh.Yuldasheva


Avtoreferat 2021 yil “_____”_________ da tarqatildi.
dissertatsiyaning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz olimlari tomonidan qishloq xo’jaligida uchraydigan zararkunandalar ko’p yillar mobaynida o’rganilib kelinmoqda. Qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalari, qishloq xo’jaligidagi zararli organizmlar, xususan, o’simlik qurtlarining rivojlanish jarayonini avtomatlashtirilgan bashoratlash va shunga muvofiq holda, ularga qarshi biologik kurashish usullarini ishlab chiqish masalasi hozirgi vaqtgacha nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham yetarli darajada tadqiq qilinmagan.
O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy iqlim sharoitlari, shuningdek, o’simliklarni o’sish davridagi havo haroratining qulayligi ko’plab zararkunanda hasharotlarning rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yaratadi. Shu sababli qishloq xo’jalik ekinlaridan minglab hasharotlar, kanalar, kasalliklar rivojlanib, hosil miqdoriga ham­da sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham qishloq xo’ja­ligi ekinlarining hosildorligini oshirishga, hosilni nobud qilmay, saqlashga qaratilgan ekologik xavfsiz, kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda, ishonchli himoya zarur bo’lib hisoblanadi. Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qillish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo’jalik ekinlarini asosiy zararkunandalariga qarshi kurashishning uyg’unlashgan usullari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, qishloq xo’jalik ekinlarini zarakunandalarini hududlar bo’yicha o’rganish, tarqalish darajasining bashorati, ularga qarshi kurash va nazorat qillish borasidagi ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
Mamlakatimizda o’simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha muhim vazifalar belgilab olindi. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, prognozlash va ularni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash qishloq xo’jaligi sohasi amalyotida muhim ahamyat kasb etadi. Dunyo miqyosida g’o’za va uning asosiy zararkunandalari rivojlanish fazalarini prognozlash tizimini qo’llab, g’o’za va uning asosiy zararkunandasi - g’o’za tunlami rivojlanishi va tarqalishining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqishda zarur bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning konseptual asoslarini ishlab chiqish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 martdagi PQ-3626-son qaroriga muvofiq Mamlakatimizda karantindagi zararli organizmlar O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni ta’minlash, shuningdek, o‘simlik va meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalligi, begona o‘tlardan Respublika hududining ishonchli himoyasini ta’minlovchi ichki va tashqi o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat tadbirlarining samarali tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ularning mamlakat ichida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 oktyabr, PQ-2640-sonli “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat ko‘rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo‘yicha xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi jaxon iqtisodiy inqirozidan chiqish davrida barcha yetishtirilayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarini jahon bozor talablariga javob beradigan darajada sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishini taqazo etadi. Endilikda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida islohotlar o‘tkazilib mamalakatimizning oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg’ona va Janubiy Farg’ona tabiiy ekosistemalardagi hamda agrotsenozlarda yetishtrilayotgan qishloq xo’jaligi ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarining tur tarkibi, bioekologiyasi va xo’jalik ahamiyatini o’rganish sabab bo‘ldi. Bugungi kunda hududdagi qishloq xo’jalik ekinlarining so’ruvchi zararkunandalarining ekinlarni zararlash darajasini va o’simlikning hosildorligiga, sifatiga ta’sirini o’rganish kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Zero, alohida olingan hududlar, shu jumladan, Janubiy Farg‘ona hududidagi qishloq xo’jalik ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarini qiyosiy o‘rganish, ularning tur tarkibi, bioekologiyasi va xo’jalik ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan rejali tadqiqotlar olib borilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin