International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org June 5
th
2022
253
SIGNALLARNI VEYVLET ALMASHTIRISH YORDAMIDA
FILTRLASH VA SIQISH JARAYONLARINI TAHLIL QILISH
М.A.Bolbekov
Muhhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Samarqand filiali
N.I.Abroqulova
Muhhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Samarqand filiali
Annatatsiya: filtr atamasi orqali kirish signali raqamli signal bo‘lgan va chiqish signali boshqa raqamli
signalni olishni ta’minlovchi matematik algoritmni apparat yoki dasturiy ta’minot orqali amalga oshiruvchi
qurilma tushuniladi. Bunda raqamli filtrning amplituda va faza xarakteristikasi maxsus shaklantirilgan bo‘ladi.
Ko‘p hollarda raqamli filtrlardan foydalanish afzalliklarga ega, ular amplituda va faza xarakteristikalari
qiymatlarini nisbatan aniq ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tayanch so’zlar: filtr, raqamli signal, loyihalash, Veyvlet tahlillash, signallarga raqamli ishlov berish.
Hozirgi zamon raqamli radioelektron qurilmalari va tizimlari xalq ho‘jaligining turli sohalari (radioaloqa,
televedeniya, kosmik uchish apparatlari, radioboshqaruvli raketalar, radiolokatsion tizimlar, tibbiyot
qurilmalari ) da keng qo‘llaniladi. Ushbu qurilmalarni yaratish va ulardan unumli foydalanish muhandis texnik
xodimlardan chuqur bilim talab qiladi. Signallarga raqamli ishlov berishda spektrial almashtirish
algoritmlaridan foydalanish Radiotexnika, Mobil aloqa tizimlari, Televideniya, radioaloqa va
teleradioeshittirish yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni echishga juda qulay hisoblanadi. Diskret signallarni
spektrial almashtirish qo‘yidagilarni amalga oshiradi [2].
- analog signallarni raqamli signallarga aylantirish va raqamli qayta ishlash uslublarining asosiy rivojlanish
yo‘nalishlari, signallarga raqamli ishlov berish va filtrlash.
- turli ko‘rinishdagi signallarni shakillantirish, ularni tahlil etish va sintezlash, raqamli filtrlash va ularga ishlov
berishning zamonaviy uslublari;
- signallarga raqamli ishlov berishda z – almashtirish, Uolsh, Adamar, Veyvlet, Fure tez almashtirishlari,
raqamli filtrlarni yaratish (loyihalash), impuls xarakteristikasi chekli va cheksiz filtrlarni loyihalash, turli
tezliklarda signallarga raqamli ishlov berish, tahlil etish va adaptiv filtrlar.
Ko‘p hollarda signalni qabul qilishda signallarni shakli avvaldan ma’lum, ammo kuzatilayotgan onda
signallarning qaysi biri qabullash qurilmasiga ta’sir etayotganligi noma’lum. Shakli avvaldan ma’lum
signallarga: raqamli signallar; shu jumladan IKM signallari; radiolokatsiya signallari; kodlangan signallar va
x.k. lar misol bo‘ladi. Signallarni moslashgan filtrlar orqali qabullashdagi asosiy ko‘rsatkich filtr chiqishidagi
S/X nisbatining kirishidagiga nisbatan kattalashishidir. Kirishdagi S/X nisbati berilganda o‘zining chiqishida
hamma boshqa filtrlarga qaraganda eng yuqori S/X nisbatini ta’minlovchi filtr optimal (mutanosib)
moslashgan filtr deb ataladi va Veyvlet almashtirishlari yordamida tahlil etiladi
Dostları ilə paylaş: |