Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha. Nafas olish a‘zolari kasalliklari. Reja



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə1/8
tarix08.05.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#109463
  1   2   3   4   5   6   7   8
SOG‘LIQ VA KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA.


SOG‘LIQ VA KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA.
NAFAS OLISH A‘ZOLARI KASALLIKLARI.
REJA:
1.Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha.
2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablar.
3.Kasallik belgilari.
4.Kasallik asoratlari.
5.Nafas olish a‘zolari kasalliklari:
- Rinit;
- Faringit;
- Laringit;
- Traxeit;
- Bronxit;
- Pnevmoniya;
- Plevrit;
- O’pka shishi;
- O’pkadan qon ketishi;
- Bronxial astma.

1.Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha.
Sog‘liq odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir.
Kasallik odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyati muvozanati birligining buzilishidir.
2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablar:
1.Odam organizmiga mikroblar, viruslar va boshqa mikroorganizmlarning yuqishi.
2.Zaharlanishlar.
3.Mexanik va fizik ta‘sirotlar: shikastlanish, jarohatlanish, issiq urishi, oftob urishi, kuyish, nurlanish, sovuq urishi.
4.Ruhiy ta‘sirotlar.
5.Moddalar almashinuvining buzilishi: kamqonlik, qandli diabet, raxit, spazmofiliya va boshqalar.
6.Tug‘ma kasalliklar: tug‘ma yurak poroklari, teshik tanglay, tirtiq lab, yassi tovonlik, mikrosefaliya, gidrosefaliya, gipotireoz va boshqalar;
7.Irsiy kasalliklar: albinizm, gemofiliya, fenilketonuriya, galaktozemiya, Daun kasalligi va boshqalar.
3. Kasallik belgilari: Har bir kasallikning o‘ziga xos belgilari bo‘lib, ular kasallikka tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Masalan:
- nafas olish a‘zolari kasalliklarida: nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi, yo‘talish, nafas qisish, xirillash, ko‘krak qafasida og‘riq kabilar bilan xarakterlanadi;
- yurak qavatlarining yallig‘lanish kasalliklarida (endokardit, miokardit, perikardit): yurak urishining tezlashuvi yoki sekinlashuvi, yurak sohasida og‘riq, bemor rangining oqarishi, lablarining ko‘karishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi yuzaga kelganda oyoqlarda shish hosil bo‘lishi, nafas qisishi, tomir urishining tezlashuvi va kuchsizlanishi kabilar;
- buyrak va siydik ayirish a‘zolari kasalliklarida: bel, qovuq sohalarida og‘riq, siydik ayirishning tezlashuvi, siydikning loyqalanishi yoki qizarishi, pastki qovoqlarda shish paydo bo‘lishi, siydikda eritrotsit, leykotsit, oqsil kabilarning paydo bo‘lishi;
- jigar va o‘t yo‘li kasalliklarida: o‘ng qovurg‘a yoyi ostida og‘riq, ko‘z oq pardasining sarg‘ayishi, ko‘ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, qonda bilirubin moddasi miqdorining ko‘payishi kabilar.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin