1. Sotsial munosabatlar tushunchasi, mohiyati va
mazmuni.
Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o‗rin
tutadi. Chunki u orqali jamiyat a‘zolari bir-birlari bilan ma‘lum bir
muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiya dagi bu
maxsus soha o‗zining o‗ta dolzarbligi
va muhimligi bilan boshqa
muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar
tomonidan to‗liq ilmiy va sistemali ravishda o‗rganilmagan hamda
ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo‗lning
asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq Ittifoq falsafiy –
sotsiologik
adabiyotlarida
bu
masalaning
bir
yoqlama
talqin
qilinganligi bo‗lsa,
ikkinchisi esa, ilg‗or g‗arb ijtimoiy adabiyotlarining,
bu sohasi bo‗yicha to‗liq tadqiqot ma‘lumotlarining bizda yo‗qligidir.
Sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy
ko‗rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil
qilinadigan bo‗lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki,
yuqorida
ko‗rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo‗ladi.
Sotsial munosabatlar tushunchasi ko‗pgina adabiyotlarda 2 xil
darajada: keng va tor ma‘noda talqin qilingan. Keng ma‘noda tushunish
– sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan
tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko‗p e‘tibor bermaslik bilan
bog‗liqdir.
Tor ma‘noda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir
muhim elementi va turi deb interpretasiya qilinadi.
Sotsial munosabatlar
keng ma‘noda quyidagicha ta‘rif bilan belgilangan
1
.
Sotsial munosabatlar – bu, tabiat hodisalaridan o‗laroq bo‗lib, unda
ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.
O. Kont o‗zining pozitivistik ta‘limotida sotsial munosabatlar
muammolarini xuddi biologik hodisalar usuli bilan o‗rganish
prinsiplarini keng targ‗ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo‗nalishning
ashaddiy raqibi bo‗lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va
sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin etganligi uchun O. Kont va
uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning va jiddiy
kamchilik va xatoliklarini bartaraf
etish uchun fenomenologik
sotsiologiya, inson ongining faolligi bu muammolar yechimining asosiy
omilidir, deb isbotlashga intiladi. Bu yo‗nalish vakillarining fikricha,
faqatgina inson va uning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni hamda
1
«Умумий социология». Т.: ТошДУ, 1999, 79-бет.
sotsial munosabatlarni konstruksiyalash (yaratish) mumkin. Chunki
sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning
interpretasion faoliyati
orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli
vakillaridan biri D. Silverman yuqoridagi g‗oyalarni asoslash uchun
pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tanqid qiladi.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar
o‗tdi, yangi jug‗rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo‗ldi. Eng muhimi esa,
totalitar
tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi
jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi yemirildi va mustaqil suveren
davlatlar barpo bo‗ldilar. Endi esa jamiyatdagi jarayonlarni,
jumladan,
sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali
tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, sotsial munosabatlarning
muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug‗ildi. Ushbu
ijobiy
imkoniyatlarning
hosili
sifatida
respublikamizda
sotsial
munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining harxil yo‗nalish
natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko‗rsatish mumkin.