Suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari



Yüklə 352 Kb.
səhifə1/8
tarix08.06.2023
ölçüsü352 Kb.
#126943
  1   2   3   4   5   6   7   8
suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari


SUYUQLIK KICHIK TEKSHIKDAN OQAYOTGANDA QARSHILIK TEZLIK VA SARF KOEFFISENTLARI
Reja:

  1. Siqilmaydigan suyuqliklarni yupqa devordagi kichik teshikdan oqib chiqishi.

  2. Suyuqlikni kichik quvurchadan oqib chiqishi.

  3. Suyuqlikni o’zgaruvchan sathi, vaqtida oqib chiqishi. Idishning bo’shash vaqti.

Texnikada juda ko`p hollarda suyuqliklarning tor va kalta naychalardan ham­da teshiklardan oqish hollarini uchratish mumkin. Bu holning o`ziga hos hu­su­si­­­yati shundan iboratki, biror katta idishdagi suyuqliklarning potensal energiyasi teshikdan chiqishda oqimchaning kinetik energiyasiga aylanadi. Albatta bu holda energiyaning bir qismi qarshiliklarni yengishga sarf bo`ladi. Bunday voqeani gid­ro­uzatmalarda moylarning gidrosilindrlardan bosim ostida oqib chiqishi, yoqilg`i­ning yonish kamerasiga oqib o`tish va hokazolarda uchratish mumkin. Odatda bu masalalarni yechishda oqim fizikasiga bog`liq shartlar kiritiladi.


Suyuqlikning yupqa devordagi teshikdan o`zgarmas bosimda oqishi
Biror katta idishda suyuqlik p1 bosim ostida saqlanayotgan bo`lib, u ozod sir­ti­dan Ha masofadagi kichik teshikdan oqayotgan bo`lsin (8.1-rasm, a). Diametri idish o`lchamlariga qaraganda juda kichik bo`lgan teshik kichik teshik deb ataladi. Yupqa devor deb oqayotgan suyuqlik teshikning faqat ichki qirrasiga tegib, uning yon sirtiga tegmagan holga aytiladi. Bunday hol devor qalinligi teshik di­amet­ri­dan bir necha barobar kichik bo`lsa yoki teshik kesimining ichki qirrasidan tashqariga kengayib borsagina (8.1-rasm, b) o`rinli bo`ladi.
Bu holda suyuqlik zarrachalari teshik atrofidagi hajmdan tashqariga qarab ha­rakat qiladi va teshikka yaqinlashgan sari tezlashib boradi. Shu bilan birga su­yuq­likning oqayotgan zarrachalarning barchasi uchun bir xil sharoit bo`lib, ular silliq trayektoriya bo`yicha harakat qiladi va teshik qirrasida idish devoridan ajraladi. Bundan keyingi oqish davomida oqimchaning kesimi bir oz torayadi va silindrik shakl qabul qiladi. Ko`rilayotgan holda asosiy masala teshikdan iborat. Suyuq­likka to`ldirilgan idishda (8.1-rasm, a) yuzasi S1 bo`lgan 1-1 (erkin sirt) va S2 bo`l­gan 2-2 oqayotgan suyuqlik oqimchasining teshik oldidagi kesimlari uchun Bernulli tenglamasini yozamiz:

Bundan teshik uchun mahalliy qarshilik koeffisienti nolga teng bo`lgan holda z1 - z2 = H va v1 S1 = v2 S2 ekanligini hisobga olsak, ushbu tenglamani olamiz:

bu tenglamadan oqimchaning nazariy hisoblangan tezligi uchun quyidagi munosabat kelib chiqadi:

Agar idishning kesimi S1 ga qaraganda teshikning kesmi S2 juda kichik bo`lsa, u hol­­­da

Idishdagi suyuqlik sirtida ham, teshik tashqarisida ham atmosfera bosimi bo`lsa yoki p1 = p2 bo`lsa, u holda

Bu formula Torishelli formulasi deb ataladi, u suyuqlikning tor teshikdan oqishi tezlikni hisoblash uchun nazariy formuladir.


Yüklə 352 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin