T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
BIRINCHI BOB
... Hind ummonidan suzib borayotgan kemaning nomi «Urvatul
vusqo» bo‘lib, yo‘lovchilar bu kemaga Indoneziya bandargohidan chiqishib,
Saudiya sohillarida tuproqqa tushadilar. Musulmon shirkatiga tegishli kema
ming
nafar y
o‘lovchini sig‘diradi. Ular ichida har toifa insonlarni uchratish
mumkin. Biroq kemaning qatʼiy qoidasi bor: unda Islomiy axloq hukm
suradi. Kemaga chiqishda bu qoida har bir insonga tushuntiriladi.
Ochiq
kiyinish, ajnabiy musiqalar tinglash, behayo odatlar taʼqiqlangan. Sarxush
qiluvchi
ichimliklar ichilmaydi, tamaki chekilmaydi. Kemada ixchamroq
masjid bor. Kemaning b
o‘lmalari har bir oila uchun alohida.
G‘ayridin ayol yo o‘zi, yo eri bilan chiqa oladi. Muslimalardan hamisha
mahramlari b
o‘lishi talab etiladi. Istisno holatlar ham bor,
buni kema
rahbariyati hal qiladi.
Erning b
o‘yi baland ammo ozg‘in, inglizlarga xos yuzi oq –sariq,
sochlari qiz
g‘ishtop –jingalak, burni uzun, yonoqlari turtib chiqqan, sepkilli,
k
o‘zlari ko‘kish rangda. Аyolning ham haqiqiy ingliz qiyofasi bor: sochlari
jigarrang, k
o‘zlari moviy,
peshonasi keng, qirraburun, iyagi biroz oldinga
ch
o‘zilgan, istarali ayol. Ko‘zlari tagidagi sepkil uni mehribon ko‘rsatadi.
Erning
ismi Jozef, ayolning ismi
Аnna. Jozef soqol qo‘ygan. Qulog‘idagi
sir
g‘asini kemada yechdi. Аnna esa ko‘kragini yopib, uzun libos kiydi,
muslimalar
ichida ajralib qolmaslik uchun, aniqro
g‘i, ularning hurmatini
saqlash
niyatida oq, zarlangan, sariq gulli r
o‘molni
boshiga yengil tashlab
yuribdi.
Jozef va
Аnna ikkisi ham jurnalist. Ular ishlaydigan axborot agentligi
o‘z nashrlari, tele va radiokanalari hamda internet saytlariga ega.
Аxborot agentligi xalqaro maqomga egaligi bois nomi «Blue sky's
sight» (tarjimasi «Moviy samo nigohi» bo‘lib, qisqartmasi BSS) dir. Jozef va