Tadbir ssenariysi jarchi chaqirig’i



Yüklə 19,98 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#98982
navro\'z ssenariysi


“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori:_______ A.Eshniyazov
___ - _________ 2023-yil

Assalom Navro’zi olam” nomli


TADBIR SSENARIYSI
Jarchi chaqirig’i:
1-jarchi: Odamlar-u odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Navro’zni olqishlanglar,
Sayldan kech qolmanglar
2-jarchi: Bozorlar bo’lsin to’kin,
Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar,
Chevar-u holvagarlar,
Barcha-barchangiz bu kun,
Sayldan kech qolmanglar
Bayram 2-sinf ijrosida raqs bilan boshlanadi ham 1sinflar raqsi bilan davom etadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!
4-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.
Sahnada 3B-sinf ijrosida “Bahor valsi” raqsi ijro etiladi.


1-boshlovchi: Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-boshlovchi: Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
Sahnada 5-sinf o’quvchilari ijrosida “ Nahori nashta” raqsi namoyish qilinadi.
1-boshlovchi: Darhaqiqat, Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir. Endigi navbatni maktabimizning 9A- sinfi ijrosida “ Shalola” raqsiga beramiz
2-boshlovchi: “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. Sahnaga 3A-sinfining tayyorlab kelgan “Olmos g’unchalari” raqsiga beramiz.


1-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi. Sahnaga 10-sinf o’quvchilarining tayyorlab kelgan raqsiga beramiz
2-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, sahnaga 6A-sinf o’quvchilarini taklif qilamiz.
1-boshlovchi: Bugun Navro’z bayrami,
Zo’r tantana, hamma shod.
Ona yurtda quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
2-boshlovchi: Navro’z keldi yurtimga,
Dalalarga shoshaylik.
Keling, do’stlar, barchamiz,
Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.
Sahnada 8-sinf ijrosida “Oq bilak oyim” raqsi
1-boshlovchi: - Har bir xalqning o’ziga xos qadriyat, an’analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg’ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo’lagi bo’lgan Navro’z ham har yili yangilanib borayotgan ulug’ va navqiron bayramdir. Kutib oling sahnada 4A-sinf ijrosida “Boychechak” raqsi
2-boshlovchi: - Tarixiy manbalarda, jumladan, Mahmud Koshg’ariy, Beruniy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy kabi allomalamiz asarlarida Navro’z bayrami, u bilan bog’liq urf-odatlar haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Endigi navbat 7b-sinf ijrosida “Bahor” raqsiga
1-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktabimizning 9B-sinf o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun “Boychechak” haqidagi raqsni e’tiboringizga havola etamiz.
1-boshlovchi: Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.
2-boshlovchi: Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.
Sahnaga 4B-sinf o’quvchilari ijrosida “Shoxigul” raqsi
1-boshlovchi:-Navro’z –yangi kun, yangi fasl,yangi yil demakdir.Xalqimiz uni yilboshi deb ham ataydi. Navro’z biz uchun millatning ulug’ kuni , yosharish, yangilanish, yuksalish bayrami bo’lib qolaveradi. Endigi navbat 7A-sinfi ijrosida “ Jayron” raqsi
2-boshlovchi: -Navro’z shunchaki bir bayram emas. U millatning tarixi, falsafasi, madaniyati va san’ati, tafakkur tarzini o’zida mujassam etgan ayyomdir. Sahnada 5-sinf o’quvchilari ijrosida “ Olti halpo” raqsga
2-boshlovchi: -Darhaqiqat, mustaqillik sharofati tufayli bu ulug’ bayramning tiklanishi xalqimiz uchun unutilmas voqea bo’ldi. Navro’z bayramida odamlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, yor-u birodarlar, qarindoshlar diydor ko’rishadi. Endigi navbat 6B-sinf ijrosidagi raqsga beramiz.
1-boshlovchi: Bobomning bayti bor yaproqlaringda
Momomning tafti bor chorbog’laringda.
Onamni eslatar rayhoning, yurtim
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.
2boshlovchi: Qizg’aldoqzoringda ko’milib yotdim,
Billur shabnamlarda cho’milib yotdim
Dunyoni unutdim, o’zni yo’qotdim
Men ham vatan bo’ldim quchoqlaringda.
Shu bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Barcha tadbir qatnashchilarini, ustozlarni va o’quvchilarni bayram bilan yana bir bor muborakbod etamiz!
Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin