Shartnoma raqami: № __________
TALABALAR TURAR JOYIDAN XONA (JOY) VA JIHOZLAR BERISH BOʻYICHA
SHARTNOMA № _______
Jizzax ____.09.2023 yil
Nizom asosida faoliyat yuritayotgan MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI (keyingi oʻrinlarda “Ta’lim muassasasi” deb yuritiladi) rektor (direktor) Turakulov Olim Xolbutayevich bir tomondan, (F.I.O)___________________________________ (JSHSHIR______________) (keyingi oʻrinlarda Talaba deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladigan shaxslar mazkur shartnomani quyidagicha tuzdilar:
“Ta’lim muassasasi” 2023/2024 oʻquv yilida oʻziga qarashli talabalar turar joyi (TTJ)dan oliy ta’lim muassasasida taʼlim olayotgan talabaga vaqtinchalik foydalanishi uchun xona va mazkur shartnomaning 1.2 bandida keltirilgan jihozlarni beradi. Talaba ulardan vaqtincha foydalanish huquqiga ega boʻlib, shartnoma muddati tugagandan soʻng TTJ mas’ul xodimiga xona va jihozlarni qaytarish majburiyatini oladi. Ta’lim oluvchining ta’lim ma’lumotlari quyidagicha:
Ta’lim bosqichi: Bakalavr Ta’lim shakli: Kunduzgi taʼlim O‘qish muddati: 4 yil
O‘quv kursi:
___-kurs
Ta’lim yo‘nalishi:
_______________________________________________________
Ajratilgan xona unda yashash uchun vaqtinchalik foydalanishga moʻljallangan.
TOʻLOV SHARTI
Talaba TTJning xona va jihozlaridan foydalanishga 2023/2024-o‘quv yili uchun 2023-yil 25-avgustdagi "Ta'lim muassasasi" Kengashining kengaytirilgan yig‘ilish bayoniga asosan quyidagicha:
Muddati:
10 oy
Bir oy uchun:
150000 (bir yuz ellik ming so'm)
Jami: 1500000 soʻm miqdorda haq toʻlaydi.
Toʻlovlar oʻquv yilining boshida “Ta’lim muassasasi” hisob raqamiga toʻlanadi.