z
AXBOROT XATI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim
muassasalarida chet
tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda
2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash
maqsadida, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german
filologiyasi fakulteti
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi hamda “ASMIRUS” ilmiy anjumanlarni qo‘llab-quvvatlash
markazi hamkorligida ta’lim-tarbiya jarayonlarida xorijiy tillarni o‘qitishni yuqori saviyada
rejalashtirish, tashkillashtirish va o‘tkazish, chet tillarni o‘rgatishning
roli va ahamiyati hamda
undagi dolzarb muammolar va ularni yechish yo‘llarini muhokama qilish, o‘zaro fikr
almashishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish maqsadida
O‘zbekiston respublikаsi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirinig 2023-yil 2-maydagi
118-son buyrug‘i asosida 2023-yilnig 5-oktyabr kuni bo’lib o’tadigan
«ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI»
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.
Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha materiallar
taqdim etish mumkin:
➢
Chet tillarini o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash
masalalari;
➢
Chet til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va madaniyatlararo muloqot masalalari;
➢
Tilshunoslik,
xorijiy adabiyotshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik va
tarjimashunoslikning
dolzarb masalalari;
➢
Zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlashning strategiya va usullari;
➢
Tarjima
nazariyasi va amaliyoti, og‘zaki va sinxron tarjima masalalari;
➢
Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarda (kognitiv,
psixolingvistika, etnolingvistik,
kompʼyuter lingvistikasi va gender va boshqa) tadqiqot olib borishning muammolari.