O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“Fizika o’qitish metodikasi fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “O’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari.”
Bajardi:_____________________
Ilmiy rahbar:____________________.
Kurs ishi himoya qilingan sana:
“____” _______22
Komissiya a’zolari:_________________________
_________________________
_________________________
Ball _________
Buxoro – 2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………...3-6
I BOB. Dars jarayonini hosil qilish va mustaqil ta’limni tutgan o’rni.
1.1.Mustaqil ta’lim jarayoniga tayyorgarlik ko’rish uslublari …………… ........7-10
1.2.Mustaqil ta’lim turlari………………...............................11-1
II BOB. Fanni o’qitishda o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish.
2.1Dars jarayonida mustaqil ishlar tahlili. ……………. ...........19-22
2.2.Darsda tashqari mustaqil ishlar jarayonlarini olib boorish usullari.……............................................................................. .. ….. .23-29
Xulosa…………………………………………............................30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…..…………......................31
“Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham
bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasidagi milliy va ijtimoiy–tarixiy taraqqiyotning tezkor surati, ro‘y berayotgan ijtimoiy hodisalar mazmuni, fan texnika va texnologiya sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning ta’lim sohasiga faol tadbiq etilishi yosh avlodni tarbiyalashda o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, qabul qilinishi jamiyatda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ta’lim jarayonining faol subyekti o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabat mohiyatining yangicha yo‘nalishi va mazmunga tayanish zarurligini ko‘rsatmoqda.[3]
O’zbekiston respublikasi prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 5032-sonli qarorida bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovastiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.[1]
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko’rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida“ nomli kitobida ilm-fan imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish to‘g‘risidagi o‘zining fikrlarini quyidagi so‘zlar bilan bayon etgan: ,,Hozir Respublika har qachongidan ham ko‘ra ilgarilab ketishi, o‘sishi yangi sifat bosqichlariga ko‘tarilishi juda zarur. Buning uchun, avvalo, ilm-fanda ham, texnikada ham, texnologiyada ham, ishlab chiqarishni tashkil etishda ham shitob bilan ishlash, shunga yarasha odamlar ongida, dunyoqarishida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kerak. Endilikda ilm-fan yangi yo‘llar ochishi, sifat jihatidan yangi texnologiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga o‘tishini taminlashi lozim’’.
Fanni malakali kadrlar bilan ta'minlash, xodimlarning professional bilimdonligi darajasini oshirish, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish, ilmiy jarayonni jadallashtirishning asosiy omilidir.
Talim tiziming rivojlantirish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o‘rinni band etgan.
Bugungi kunda O'zbekistonda ta'lim tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, mutlaqo yangicha qarash barpo etildi desak hech ham mubolag’a bo'lmaydi. Mustaqillik yillarida ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko'tarish sohasida muhim chora tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. O'zbekiston hukumati ta'limga islohatlarning barcha bosqichlari uchun ham ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
Yoshlarimiz iste'dod, bilim va intellektual salohiyat bobida hech kimdan kam bo'lmaslikka intilmoqdalar. Bu, albatta, yurtimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning iqtidorini kashf etish va yuzaga chiqarishga yuksak e'tibor qaratilayotganligi samarasidir. Zero, mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, umumta'lim maktablaridan tortib, o'rta mahsus kasb-hunar o'quv maskanlarigacha - barchasida ta'limning yangicha, o'ziga hos uslublari joriy qilindi. Ayni jihat esa intiluvchan yoshlarning yutuq hamda muvaffaqiyatlarga erishishini ta'minlash, jamiyatning turli jabhalarida hizmat qiladigan etuk malakali mutahassislar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etayotir.[3]
Har bir davlatning kuchi uning ilmiy-texnikaviy salohiyati bilan belgilanadi. Mamlakatimizning, umuman olganda barcha davlatlarning texnika va texnologiyalarda erishadigan yutuqlari bevosita fizika fani bilan bog‘liq. Yoshlarimizning fizika qonunlarini yaxshi anglashi, voqelikni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushunishi va amalyotga qo’llay bilishi lozim.
Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o‘qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o‘quvchilar bilimining sifatiga bo‘lgan talablarning oshib borishi o‘qituvchidan o‘z bilimini uzluksiz ravishda to‘ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni talab qiladi[3]. Hozirgi zamon o‘qitish nazariyasi va amaliyoti o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishda didaktik tamoyillarga asoslangan, innavatsion texnologiya va multimediali vositalardan foydalanishni dolzarb ilmiy-metodik muammo hisoblanadi.
1-Prezidentimiz ta’lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazaridan yondashib,uni quyidagicha ta’riflaydi:”Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi.O’sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi,kasb-kori ,mahorati uzluksiz takomillashadi,katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi.[2]
An’anaviy o’quv jarayonida asosan o’qituvchi shaxsi ,uning mahoratiga ahamiyat beriladi.Buning uchun uningtajribali bo’lish,kasbiy malakaga ega bo’lishi muhim hisoblanadi.Pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishida esa o’quv jarayoni loyihalash orqali pedagog qisqa vaqtda ruhan va aqlan charchamasdan ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishi mumkin.Shuning uchun o’quv jarayonini tashkil etishda o’quv maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi.Interfaol metodlar pedagogika tajribalaridan ayonki,ta’lim-tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bo’lib,unda fan bo’yicha ma’lum bilimlarning asosiy mazmuni tushuntiriladi.Bu esa o’quvchi uchun muhim albatta,lekin o’sha olingan nazariy bilimlarni,ma’lumotlarni amalda tadbiq etishda ta’lim-tarbiyaning tashkil etishning qo’shimcha shakli hisoblangan noan’anaviy darslar o’quvchilar bilimini ko’nikma va malakaga aylantirishda muhim o’rin egallaydi.Bugungi kunda rivojlanib borayotgan yurtimizning rivojiga yanada hissa qo’shishda fizika fanining o’rni beqiyosdir.Shuning uchun kasb-hunar kollejlarida ham fizika fanini chuqurroq,tushunarli qilib o’tish,har bir darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tish muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishining maqsadi: Fizik to’garaklarni tashkil etish uslubiyotini o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Fizika fanida sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Fizik to’garaklarni tashkil etish uslubiyotini doir ma’lumotlarni va vositalarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
- fizika fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar turi bilan tanishish;
- fizik to’garaklarni tashkil etish uslubiyoti oid ma’lumot topish va o’rganish;
- fizika kursidan fakultativ kurslarni pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish metodini o’rganish.
I BOB. Fizika fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kompanentasi.
1.1.Fizika fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar turi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning umumiy ta’lim va politexnik saviyasini oshirish uchun, ijodiy tashabbuskorliklarini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ular o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda sinfdan tashqari mashg’ulotlar mavzusini tanlaydi, ularni qanday vaqt oralig’ida va qancha vaqt o’tkazish kerakligini, va bu ishni qanday boshqarish kerakligini aniqlaydi.Bunday mashg’ulotlar tasodifiy va tartibli bo’lishi mumkin.Tasodifiy ravishda o’tkazilgan mashg’ulotlarga fizika va texnika sohasidagi esdalik sana yoki ajoyib voqealarga bag’ishlangan fizika kechalari, qiziqarli fizika kechalari, olimpiadalari, konferensiyalar va hokazolar kiradi.
Fizika yoki fizika-texnika to’garak ishi tartibli ravishda o’tkaziladigan
mashg’ulot hisoblanadi.To’garak o’zgarmas miqdordagi o’quvchilarga ega bo’lib,
to’garak a’zolarining umumiy majlislarida qabul qilingan programma va
jadval bo’yicha ishlaydi.
Sinfdan tashqari ish o’qituvchidan katta ijodiy tashabbuskorlikni va amaliy tayyorgarlikni talab etadi.O’qituvchiga dars berishdan ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotni yaxshi o’tkazish qiyinroq bo’ladi.Fizika o’qitishning ko’p yangi ilg’or metodlari sinfdan tashqari mashg’ulotlarda paydo bo’lgani va ishlab chiqilgani tasodifiy emas. Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum, eksperimental masalalar, o’quv kinosi o’qitish praktikasiga sinfdan tashqari ishlar orqali kiritilgan edi. Sinfdan tashqari ish tekshirilayotgan metodlar uchun sinash toshi bo’lib hisoblanadi.[7]
Fizika kechalari - bu maktabda ommaviy sinfdan tashqari ishni avj oldirib yuborish uchun ko’p mehnat talab qiladigan va samarali tadbirlardandir.Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish uchun yaxshi vosita bo’lib hisoblanadi va o’quv miqdordagi o’quvchilarning ishtirok qilishlarini talab qiladi.Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari o’zlari asbob yasaydilar va hokazo.
Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni,
aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining ketma-ketligi va davomiyligi, fizika kabinetini bezatish, dokladlarni mazmuni demonstratsion tajribalarni, asboblarni, modellarni, diapozitivlarni, kinofilmlarni tanlash, devorish gazeta chiqarish – bularning hammasi aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak.
Fizika kechalarining mavzulari turlicha bo’ladi.Kecha fizika kursining qandaydir bo’limi yoki mavzusiga, fan yoki texnikaning katta yutug’iga, ajoyib
sanalarga, vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga,
to’garak ishlarining natijalariga, shuninigdek, tajribalarga, masalalarga - qiziqarli fizikaga bag’ishlangan bo’lishi mumkin.
Fizika bo’limlari yoki mavzulariga bag’ishlangan kechalari o’quvchilar
bilimlarini sistemalashtirish vositasi bo’lib xizmat qilishi uchun ularni bir necha marta o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ulug’ fiziklar xotirasiga bag’ishlangan kechalar jamoatchilik tomonidan belgilanadigan yubiley munosabati bilan yoki u yoki bu sinfda kursni o’rganish munosabati bilan o’rganiladi.
Fizika o’qituvchisi va yuqori sinf o’quvchilari tashabbuskor ota-onalar
birgalikda kechaning rejasini ishlab chiqadilar.Kechada qiziq shaklda XVII asr
boshida Italiyadagi holat ko’rsatiladi.Bu vaqtda CHerkov rasmiy ravishda
Kopernik ta’limotini qoralagan va uning "Osmon sferalarini aylanishi haqida" gi kitobini ta’qiqlagan edi.Tomoshabin kuz oldida Kopernik sistemasining tarafdori Galiley ustidan sud manzarasi o’tadi. Kopernik va Aristotel g’oyalari tarafdorlari orasidagi kurash ikki gruppa o’quvchilar tomonidan ochib beriladi.Bir gruppa Kopernik va Galiley g’oyalarini, boshqasi esa Ptolemey va Aristotel g’oyalarini yoqlaydi. Bu kechaning materiali inersiya qonuni haqidagi bilimlarni faqat
chuqurlashtirishgagina yordam beribgina qolmay, balki Kopernik sistemasini
asoslash va tasdiqlash ustida qat’iyat bilan ishlagan Gelileyning grajdanlik
jasoratini ko’rsatadi.[5]
Fizikadan sinfdan tashqari ish bo’yicha o’quvchilar ishtirok etishlari ijodiy aktivlikning vositasi sifatida ma’lum vaqt oralig’ida bir yoki bir necha to’garak ishlari natijalariga bag’ishlangan kechalar katta ahamiyatga egadir. Bunday kechalarga odatda, o’quvchilar tayyorlangan modellar, asboblar va qurilmalarning ko’rgazmasi tayyorlanadi. O’quvchilarning predmedga qiziqtirish, ularning ijodiy fikrlashlarini o’stirish uchun qiziqarli fizika kechasini o’tkazish juda foydalidir. Bunday kechaning mazmuni bo’lib qiziqarli tajribalar, eksperimental masalalar va
paradokslar hisoblanadi.O’quvchilarning yaikib gapirishlari uchun kerakli
materialni o’qituvchi shu vaqtda o’rganilayotgan o’quv materialiga va o’quvchilarining tayyorgarligiga mos ravishda tanlaydi. Agar qiziqarli fizika kechasiga g’olibni yoki gruppasini aniqlaydigan olimpiadalar, musobaqa yoki konkurs shakllari berilsa, kechalar ayniqsa qiziqarli o’tadi. Kecha taxminan 1,5-2 soat davom etishi kerak.Ko’pincha kechaning strukturasi bitta asosiy dokladdan, tajribalarni, diapozitivlarini va kinofilmlardan fragmentlarni demonstratsiya qilishdan, kecha qatnashchilarining qisqacha chiqishlaridan va o’qituvchining yakunlovchi nutqidan iborat bo’lishi kerak.
To’garak - bu sinfdan tashkari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan tayyorlangan programma asosida o’quvchilar qo’shimcha ma’lumotlar to’plamini oladilar, mavjud bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.Fizikadan to’garak ishida eng qimmatlisi shuki, ya’ni hayotga,
ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.
Fizika - texnika to’garagini tashkil etish bilan o’qituvchi o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish va rejalashtirilayotgan to’garak faoliyatini ular bilan birga qo’shib olib borish kerak. To’garaklar tematikasining zamonaviyligi katta axamiyatga ega. Ma’lumki, o’quvchilarning avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarimo’tkazgichlar, raketa texnikasi va boshqa masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan to’garak ishlari o’quvchilarni ayniqsa qiziqtiradi: fizika kabinetida elektr simlarni o’tkazish; qo’ng’iroqni avtomatik chalish, magnitofonni ulash va o’chirishni avtomatlashtirish; maktabni radiolashtirish va hokazo.
To’garak g’oyalarini o’quvchilar yaxshi tushunib olishlari,to’garak olib borayotgan ishning nazariyasini yaxshi o’rganishlari uchun maktab fizika to’garagining yetakchi mavzusi kelajagi bor, uzoqroq muddatga (yarim yilga, bir
yilga, bir necha yilga) mo’ljallangan bo’lishi kerak. Ammo mavzuni to’gri tanlash - hali o’quvchilar faoliyatining ijodiy rivojlanishini ta’minlaydi degan ma’noni bildirmaydi. Ijodiy faoliyatning maxsuloti doim qandaydir yangilikka ega bo’ladi.
Lekin shunga qaramay shunday turdagi yangilik elementinig bo’lishi o’quvchining o’quv - texnik mustaqilligini baholash uchun mezon bo’lishi mumkin.Yangilikning bu elementi o’quvchi o’z bilimlaridan uning uchun yangi bo’lgan sharoitlarda hayotning, praktikaning konkret talablariga mos holda ongli ravishda foydalanish mumkin ekanligidan dalolat beradi. Afsuski, ko’pchilik hollarda bu mezondan foydalanishmaydi. O’quvchilarning ijodi deganda ularning har qanday mustaqilligi: oddiy nusxa ko’chirish. Natijada, ko’pincha turli qo’lda yasalgan asboblardan hech qanday yangilik, originallik bo’lmaydi, deb hisoblash noto’g’ri bo’ladi. Ishlab chiqarish o’quvchilar ijodining boshlang’ich pog’onasidir. Bunda avval bu ishga yangilikning faqat juda kichik zarrachalari qo’shiladi, keyin o’quvchilar uchun yangi narsa hosil bo’ladi, shundan keyin esa haqiqiy original ishlar paydo bo’ladi.[6]
1. 2.FIZIKADA FAKULTATIV MASHG’ULOTLAR
Fakultativ mashg’ulotlar fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarni har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni mutaxassislik bo’yicha yo’naltirish uchun tashkil qilinadi.
Fizikadan fakultativ kurslarni o’rganish gruppasiga VII sinfdan boshlab, bitta yoki bir necha sinflardan o’quvchilarning xohishlari bo’yicha qabul qilinadi. Gruppadagi o’quvchilar sonini maktab direktori belgilaydi, ammo fakultativni tashkil etish uchun gruppadagi o’quvchilar soni 10 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Fizikadan fakultativ mashg’ulotlar uchun 4 tipdagi kurslar ishlab chiqilgan. O’quvchilar qiziqishlarining xarakteriga, kabinetdagi asbob-uskunalarga, maktabni o’rab olgan ishlab chiqarish sharoitlariga qarab o’qituvchi shulardan birini tanlashi mumkin. Yuqori bosqichli fakultativ kurslar asosiy fizika kursi bilan uzviy bog’langan, o’quvchilarning nazariy va eksperimental tayyorgarligini birga qo’shib olib boradi, ularning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi. Bunday kurslar yordamida hamma umumiy ta’lim maktablarida fizikani o’qitish bo’yicha yuqori bosqichli yagona standart hosil qilinadi. Yuqori bosqichli fizika kursi o’quvchilarni har tomonlama qiziqishlarini rivojlantiradi va ularni fizika va uning amalda qo’llanishi bilan bog’lik bo’lgan mutaxassisliklarni keng tanlashlariga yo’naltiradi.
Amaliy fizikadan fakultativ kurslarning asosiy vazifalari fizik qonun va hodisalardan amalda foydalanishning muhim yo’llari hamda metodlari bilan tanishtirish va hozirgi zamon texnikasiga qiziqishni rivojlantirish hisoblanadi. Ular fizikaning texnik qo’llanilishi bilan bog’lik bo’lgan mutaxassislikka aniq qaratilgan kasb tanlash yo’nalishiga ega bo’ladi.[7]
Fizik - texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kursning asosiy vazifasi maktab fizika kursi asosida texnik loyihalash sohasida o’quvchilarning ijodiy aktivligini rivojlantirish hisoblanadi. Bu kurs texnik ijodkorlikka injenerlik va ishchi mutaxassislikka moyilliklari bo’lgan o’quvchilarni orientirlash uchun mo’ljallangan. Fakultativlardan maxsus kurslarda o’quvchilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynaydigan fizikaning qandaydir bo’limi chuqur o’rganiladi, ularni fizik qonunlarni amalda turli qo’llanishlari bilan
tanishtirish kengaytiriladi. Amaliy xarakterdagi maxsus kurs maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarining talablariga mos holda o’quvchilarni ishchi va injenerlik mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlashga yo’naltiradi. Hamma programmalar bir-biriga bog’lik emas, shuning uchun o’qituvchi fakultativ mashg’ulotni istagan sinfdan boshlashi mumkin. Ammo fakultativ mashg’ulotni tashkil etishning eng yaxshi varianti - bu umumiy holatda ma’lum sistemani hosil qiladigan bir tipdagi programma bo’yicha 3 yoki 4 yil davomida mashg’ulotlarni muntazam o’tishdir.
Fakultativ mashg’ulotda o’qituvchi mashg’ulotlarni tashkil etish shakllarini va
o’qitish metodlarini tanlashda katta erkinlikka ega. Mashg’ulotlarga o’quvchilarning o’zlari tanlab va xohishlari bilan qatnashishlari fakultativni to’garak mashg’ulotlariga yaqinlashtiradi, ma’lum kursni programma asosida
muntazam o’rganish fakultativning va asosiy kursning umumiy belgisi hisoblanadi. Fakultativ mashg’ulotning asosiy va to’garak mashg’ulotlarining oralig’ida bo’lishi o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan ishning shakl va metodlaridan foydalanish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Fakultativ mashg’ulotni o’tkazish bir qator o’ziga xos xususiyatlar, avvalo gruppada o’quvchilar sonini kamligi va ular qiziqishlarining umumiyligi bo’yicha birlashganligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday mashg’ulotlar
gruppadagi o’quvchilar orasida, shuningdek, ular bilan o’qituvchi orasida
mustahkam aloqalar o‘rnatishga yordam beradi. Bu o’quvchilarning shaxsiy moyillik va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib mustaqil ishlarni tashkil
qilishda yordam beradi. Bu o’z navbatida o’quvchilarning ijodiy xarakterdagi
topshiriqlarni bajarishlarida bilish aktivliklarini va qobiliyatlarini muvaqqiyatli rivojlantirish uchun dastlabki shartlardan iborat bo’ladi.[5]
Fakultativ programmasini o’tishda qat’iy belgilangan vatning yoqligi o’quv jarayonini ko’prok o’quvchilarning mustaqil samarali ijodiy faoliyat sifatida tashkil etish uchun qulay sharoit vujudga keltiradi. Shu maqsadda eng qiziqarli o’quv materialidan (xususan, hozirgi zamon fani va texnikasining yutuqlaridan ) foydalaniladi. O’rganuvchilarning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtiradigan o’quv metodlari odatdagi darslardagiga nisbatan ko’proq qo’llaniladi. Masalan, albatta o’qituvchining tushuntirishi va ilgari o’rganilgan materiali o’quvchilardan so’rash shaklida tipik dars o’tkazish o’rniga fakultativ mashg’ulotda fizikaning ayrim masalalari bo’yicha o’quvchilarning dokladlari, fizika tarixi materiallari bo’yicha referatlari, seminarlarda doklad va axborotlarni muxokama qilish, eksperimental masalalar yechish, labaratoriya ishlari bajarish, mustaqil tekshirish olib borish praktikasi keng qo’llanilmoqda. Fakultativlar majburiy mashg’ulotlarga nisbatan o’quvchilarni fizik xodisalarni o’rganishga tadqiqot nuqtai nazaridan yondashishga va ularning fizika qonunlarini amalda ijodiy qo’llashga ko’proq imkoniyat beradi.
Fakultativ mashg’ulotning asosiy vazifalaridan biri - kelajakda har qanday hayot yo’lini tanlanganda ham o’quvchilarda o’qishni davom ettirishga bo’lgan talabni tarbiyalashdir. Fakultativda qatnashgan o’quvchilarning ko’pchiligi oliy o’quv yurtlariga yoki turli mutaxassislik kurslariga kiradilar, shuning uchun ularni oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan metodlarga tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun yuqori sinflarning fakultativ mashg’ulotlarida yangi materialni bayon qilish, asta - sekin ma’ruza shakliga yaqinlashtiriladi, o’quvchilardan so’rash esa seminar sistemasi bilan almashtiriladi.
Fakultativ mashg’ulotni o’tkazish tajribasi umumlashtirish va fakultativ kursining amaldagi dasturlarini ichki mantiqini tahlil qilish fakultativ mashg’ulotni o’tkazishning turli shakl va metodlari orasidagi munosabat taxminan quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi: fizikadan yuqori sinflarda: hamma o’quv vaqtining 20-25% i ma’ruzaga, 10-15% I seminarga, 25-35% i masalalar yechishga, 35-40% i frontal labaratoriya ishlariga va fizik praktikumga ajratiladi. Shunday qilib o’quv vaqtining yarmidan ko’prog’ini masalalar yechish va labaratoriya ishlari bajarishi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarga ajratish tavsiya qilingan.
Bu yerda ishlab chiqarishda mehnat kollektivlari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarga yaqin munosabatlarni gruppada shakllantirish imkoniyatining borligi fakultativ mashg’ulotning o’ziga xos xususiyati ekanligini ta’kidlab o’tish zarur. Hozirgi zamon ishlab chiqarilishi mutaxassislashtirilgan. Shuning uchun yuqori sinf o’quvchilariga umumiy ta’lim bilan birgalikda mutaxassislikni tanlash bo’yicha ma’lum tayyorgarlik zarur, chunki maktabni tamomlashlari bilan ular "hammaga oz-ozdan" mashg’ulotidan "kamchilikka ko’pdan" mashg’ulotiga o’tishlari kerak.
Bunday tanlashning birinchi sinovi fakultativni tanlashda amalga oshiriladi. Shaxsiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarni aniqlashdagi xatolik bu yerda hali muhim salbiy natijalarga olib kelmaydi, chunki bu xatolikni tuzatish uchun bir yoki ikki marta harakat qilib qurish mumkin bo’ladi. Lekin shunga qaramay, o’quvchilarni shunday yo’naltirish kerakki, ular o’zlarining kelajakdagi hayotiy rejalariga tayanib, u yoki bu fakultativni tanlashlari uchun yaxshilab o’ylashlari va o’rtoqlari, ota-onalari bilan muxokama qilishlari kerak. Shunda qo’yilgan maqsadlarning birligi bilan uyushuvchi, o’zaro munosabat bo’yicha ishlab chiqarish mehnat kollektiviga yaqin bo’lgan, qiziqishlarining umumiyligi bo’yicha birlashgan o’quvchilar gruppasidan kollektiv tuzish mumkin bo’ladi. Uzoq vaqtga mo’ljallangan kundalik topshiriqlarni va shaxsiy vazifalarni bajarish o’quvchilarda mustaqil o’rganish malakasini rivojlantiradi, har bir o’quvchiga uning qiziqishi bo’yicha mashg’ulot tanlashga va uning xohishi hamda imkoniyati bilan aniqlanadigan tempda bajarishga imkon beradi. Har bir fakultativ ishtirokchisining shaxsiy qiziqish va qobiliyatlariga mos vazifalarni o’qituvchining tanlashi ularning
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Buning natijasida o’quvchilarda o’z
kuchlariga ishonch paydo bo’ladi.
Ammo fakultativni faqat o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadidagi mashg’ulotlarga aylantirish pedagogik nuqtai nazardan xato bo’lar edi. Har bir vazifa uni bajaradigan o’quvchi uchun emas hamma qolgan fakultativ ishtirokchilari uchun ham ma’lum qiymatga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun o’quvchilar tayyorlagan hamma dokladlar yoki referatlarni eshitish va muxokama qilish kerak, ular tayyorlagan modellar, asboblar,labaratoriya qurilmalaridan esa fizika kabinetining ehtiyojlari uchun, ko’pchilik oldida aytiladigan gapni ko’rgazmali qilish uchun albatta foydalanish kerak. Shunday qilib, fakultativning har bir ishtirokchisining mehnati kollektiv a’zolari uchun foydali, maktab fizika kabineti uchun foydali bo’lishi lozim. Seminarda o’quvchi doklad qilishi yoki axborot berishida ko’pchilik o’quvchilar uni maksimal darajada qiziqib eshitishlari uchun ko’pchilikka kamroq ma’lum bo’lgan mavzuni tanlash yaxshi bo’ladi. Bundan tashqari axborotni tayyorlash uchun fakultativning boshqa ishtirokchilarida bo’lmagan adabiyot tanlanadi va tavsiya qilinadi. Ma’ruzachiga o’rtoqlari oldida mashg’ulotni muvaffaqiyatli o’tkazishi uchun javobgarlik yuklatiladi. O’rtog’ining mehnatiga bunday qiziqish bilan qarashni labaratoriya va demonstratsion qurilmalarni tayyorlashda, asboblarni va modellarni yasashda ham taxminlash kerak. Vazifalarni bajarish natijasidan o’zaro manfaatdorlik, o’rtoqlari oldida javobgarlik mehnat kollektivlaridagi munosabatlarning muhim elementlari hisoblanadi va u fakultativni mexnat kollektivi maktabiga aylantiradi.
Fakultativ mashg’ulotlarda fizika eksperimenti. Fakultativm mashg’ulotlarda fizika eksperimenti ikkita muhim o’ziga xos xususiyatlarga ega -bu gruppadagi o’quvchilar sonining nisbatan kamligi va uni o’quvchilar mustaqil bajarishlariga ajratilgan vaqtning chegaralanmaganidir.[8]
1.3.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi.
O'quvchilarning uy mustaqil ishlari o'quv jarayonining zaruriy elementlaridan biridir. Uy mustaqil ishlari faqat kitobni o'qib kelish va masala yechish bo'lmay, ko'proq ijodiy xarakterdagi topshiriqlardan iborat bo'lishi kerak.Uy ishining mazmuni va hajmini aniqlashda o'quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
O'qituvchi uy ishini bajarishga oid ko'rsatmalar berishda 'shning maqsadi va ahamiyatini ochib beradi. Uni bajarishga oid tavsiyalar beradi. Mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va uni "bartaraf qilish yo'llarini aytib o'tadi, o'z-o'zini nazorat qilishning maqsadga muvofiq keladigan usulini tavsiya qiladi.
Ba'zan uy vazifani ikki, uch variantda berish maqsadga; muvofiqdir. Chunki bunda fizikaga qiziqmagan o'quvchilarni qiziqtirish imkoni tug'iladi. Ular ishlarining o'zlariga yoqqani ni tanlab bajaradilar. Ular uy ishi haqida qisqacha hisobot yozadilar. Bu esa fikrlarini aniq va qisqa bayon etishga o'rgatadu, Kuzatgan hodisa va tajribalarini tasvirlashda o'quvchilar chui qur o'ylab, asosiylarni ajratishga o'rganadilar. Nazariy material o'quvchilardan frontal yoki doska ol| dida shaxsan so'ralishi mumkin. Uy ishlarini qay darajada; bajarganliklari o'quvchilar daftarlarini o'zaro tekshirish savol-javob orqali aniqlanishi ham mumkin.
Masala yechishni tekshirishni o'xshash masalani ishlatisl yoki vazifani yechish yo'lini o'rnidan turg'izib so'rash оrqali amalga oshirish mumkin. O'quvchilarning uy mustaqil ishlarini, daftarlarini davriy ravishda tekshirib, baholab boj rish, daftarlariga bir necha baho qo'yilgandan keyin ularni umumlashtirib jurnalga ham baho qo'yib borilishi lozim.Uy vazifalarini yangi mavzudan oldin, uni o'tish paytda, masala yechish, tajriba o'tkazish, dars oxirida, takrorlash darslarida tekshirish mumkin.
Sinfdan tashqari ish bir tomondan sinfdagi ishning davomi bo’lsa, boshqa tomondan, o’quvchilarni mehnatga tayyorlash imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
Sinfdan tashqari ishda ishtirok etish ixtiyoriy bo’ladi. Shuning uchun bunday ishga jonboz, tashabbuskor o’quvchilar jalb etiladi. Ular faoliyatining mazmuni dars mashg’ulotlaridagi faoliyat mazmunidan bir oz hayot bo’ladi. Bu hol o’quv programmasida ko’zda tutilganidan murakkabroq vazifalar qo’yishga va ularni hal etishga imkon beradi. Ixtiyoriylik prinsipi o’quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida fizika fani ta’limining asosiy vazifalarini bajarish bo’yicha yaxshi natijalarga erishiladi.
Sinfdan tashqari ishning maqsadlari shunday ifodalanishi kerakki, o’quvchilar uzoqni ko’ra olsinlar, ularning texnik tafakkuri rivojlanishi, balki jamiyatga ham foyda keltirishini, sinfdan tashqari ishda ishtirok etish, jamiyat taraqqiyotiga shaxsiy hissa qo’shish uchun yaxshi tayyorgarlik ekanligini tushunib yetsinlar.
To’garak mashqlari, odatda, har xaftada bir marta 45 minutdan o’tkaziladi. Biroq o’quvchilar orasida bu bilan qanoatlanmaydigan jonbozlar ham uchraydi. Ular bilan ko’proq mashg’ulot o’tkazish mumkin, lekin buning uchun sinf rahbari bilan kelishish kerak, chunki u har bir o’quvchining boshqa predmetlarni qanday o’zlashtirishini yaxshi bo’ladi.
Bir to’garakda 15 nafardan ortiq o’quvchi bo’lmasligi lozim, aks holda ularning har biriga individual tarzda rahbarlik qilish kiyinlashadi.
To’garak mashg’ulotlarida o’qitish metodlari qo’yilgan didaktik maqsadlarga, o’quv materialining mazmuniga, o’quvchilar va o’qituvchining tayyorgarlik darajasiga qarab tanlanadi.To’garak mashg’ulotlariga qandaydir maxsus metodlar xos emas. Ularda mehnat ta’limiiing oddiy metodlari qo’llaniladi. Biroq bu metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, kuzatuvlarning ko’rsatishicha, og’zaki metodlardan ko’pincha tushuntirish metodi qo’llaniladi, hikoya metodi esa eng kam qo’llaniladi. Birinchi qarashda bu g’alatiroq, tuyulishi mumkin, ma’lumki suhbat jarayonida boshqa og’zaki metodlarga qaraganda o’quvchilarning bilish aktivligi ortadi. Biroq to’garak mashg’ulotlarida ta’lim metodlaridan foydalanishning o’ziga xosligi ham ana shunda. Ma’lum bo’lishicha, o’quvchilar ayniqsa dastlabki mashg’lotlarda suhbatlar bo’lishini yoqtirishmas ekan, chunki suhbatlar ularga odatdagi darslardagi savol-javobni eslatar ekan. Namoyish qilish metodlariga shu narsa ham xoski, V—VI sinf o’quvchilariga ko’pincha ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinadi, VIII—IX sinf o’quvchilariga esa grafik tasvirlar namoyish qilinadi. Ishga bunday yondashishda o’quvchilarning grafik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi.
Sinfdan tashqari ishning bu barcha formalari ko’plab o’quvchilarni jalb qilishga imkon beradi. Tajriba sinfdan tashqari ishning ommaviy formalari yuksak darajada samarali ekanligini tasdiqladi. Ular o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari to’g’risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi va xokazo. Lekin, afsuski ular o’quvchilarni foydali mehnatga, bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmaydi. Shuning uchun o’quvchilar, masalan, tematik kechalarda, sinfdan tashqari ishning boshqa formalarida qatnashish bilan birga biror boshqa to’garak ishida ham qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ba’zi hollarda o’z-o’zidan shunday bo’lib ham
qoladi. [8]
II BOB. Fizika fanini sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi.
2.1. FIZIKA FANIDAN KECHALAR O’TKAZISH NAMUNASI
Fizika kechasi— maktabda fizikadan sinfdan tashqari ishlarni ommalashtirishni eng oson amalga oshiriladigan samarali, ko'p mehnat talab etadigan tadbirlaridandir. Bir necha o’quvchi ma'ruza tayyorlaydi, boshqalari tajriba o'tkazadilar, devoriy gazeta chiqaradilar, o'zlari asboblar tayyorlaydilar. Kechani o'tkazishda turli sinf o'quvchilari qatnashadi. Asosiy ishlarni fizika to'garagi a'zolari bajaradi.
Maktablarda ko'p hollarda quyidagicha kechalar o'tkaziladi: qiziqarli fizika kechasi; fizika va texnikaning ауrim muammolariga bag'ishlangan kechalar, u yoki bu olimning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kechalar, ijodiy mushohadalar va hokazo.
Kechaga tayyorlanishni o'qituvchi shunday tashkil qilishi kerakki, u ijodiy va o'ziga jalb etuvchi jarayonga aylanib ketsin. Unda har bir o'quvchi o'zining mahorati va bilimini ro'yobga chiqara olsin. Kechaga tayyorlanish rejasi quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim:
1. Kecha dasturini tuzish.
2. Boshqaruvchi va ma'ruzachilarni aniqlash.
3. Tajribalarni tanlash.
4. Konkurs va viktorinaga savol va masalalar tanlash.
5. Tasvirlovchi material tayyorlash va uni namoyish qilish vositalarini aniqlash.
6. Badiiy qism qatnashchilarining tayyorgarligini o'tkazish.
7. Xonani jihozlash, chiroyli e'lon chiqarish, taklifnoma tayyorlash.
8. Kecha o'tayotgan paytida navbatchilik tashkil qilish.
9. Tanlovlar natijalarini baholash uchun hay'at tashkil qilish.
10. Tanlovda g'olib chiqqanlarga mukofotlar tayyorlash Kecha o'tkazishga misol tariqasida bionikadan «Muxandis va tabiat» mavzusiga oid kompleks kechani qisqacha ko'rib o'taylik. Kechani musobaqa shaklida o'tkazish ham» mumkin. Buning uchun to'rtta sinfdan bittadan jamoa tuziladi. Har bir jamoada 7—8 tadan o'quvchi bo'ladi. Har bir jamoaga alohida mavzu beriladi: «Tezlik uchun kurash», «Tirik lokatorlar», «Tabiat sinoptiklari», «Tabiat va texnikada gidroaerodinamika qonunlari». Jamoalar mavzularni chek tashlash yo'li bilan oladilar.
Jamoalar o'qituvchi maslahati bilan adabiyotlar yig'adilar, ma'ruza, tajriba va jihozlash ishlariga tayyorlanadilar boshqa jamoalarning ma'ruzalariga oid savollar topib qo'yadilar. Har bir mavzu rejasi quyidagicha bo'ladi:
1.«Tabiat sinoptiklari»
1-ma'ruza: «Exolokatorlar»
Musobaqadoshlardan beriladigan taxminiy savollar:
1. Exolokatsiya prinsipi birinchi bo'lib Yer hayvoni ko'rshapalakda payqalgan edi. Nima uchun bu prinsip texnikada suv osti ishlarida foydalaniladi?
2. Bitta xonadagi ko'rshapalaklardan har biri faqat o'zining signalini (tovushini) qabul qilishini, boshqalarining signalidan farqlanishini qanday tushuntirish mumkin? Radar qurilmalarida bu hodisadan qanday foydalaniladi?
2-ma'ruza: «Issiqlikni ko'rish mumkinmi?
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan taxminiy savollar:
1. Ma'lumki, muhandislar ilon detektorlarga nisbatan kattaroq sezgirlikka ega bo'lgan infraqizil detektorlarni loyihaladilar. Ehtimol ilon termolokatori bilan shug'ullanishning qizig'i qolmagandir?
2. Ilonlar qorong'ida «ko'rish», termolokatsiya qobiliyatiga egalar. Odam shunday qobiliyatga egami? Odamga qorong'ida ko'rish uchun qanday asboblar yordam beradi?
Kechani olib boruvchi jamoalarning ma'ruza va boshqa faoliyatlarini baholash uchun hay'at saylashni taklif etadi. I Hay'at saylanadi. Jamoalar o'zlarining chiqishlarini tugatgandan keyin hay'at ularni baholashga band bo'lgan vaqtlarida I viktorina o'tkaziladi.
Viktoriya savollari quyidagicha bo’lishi mumkin:
1 ) Qaysi hayvonlar Yer qimirlashini oldindan «aytib» beradilar?
2) Tabiatning qanday patentlari texnikaga joriy etilgan?
3) Texnikada qurbaqaning ko'rish prinsipidan qayerda foydalanish mumkin?
4) Nima uchun baliqlar Yer usti mavjudotlariga nisbatan kuchsizroq skletga ega bo'ladi? Baliqlarning bu xususiyatidan texnikada qayerda foydalaniladi?
5) Qanday tirik elektr mashinalarini bilasiz?
6) Texnik qurilmalar barpo qilishda o'rgimchakning qanday «ixtirolaridan» foydalanilgan?
7) «Timsohning ko'z yoshlari» nimani bildiradi?
8) Nima uchun hasharotlar yorug'likka qarab uchadi? Ularning bu qobiliyatlaridan texnikada qayerda foydalaniladi?
9) «Baliq kabi soqov» maqoli to'g'rimi?
10)Tasavvur qiling, Orol dengiziga yarim stakan o'tkir
hidli modda quyib, butun hajmi bo'yicha aralashtirib yubordik. Suvdagi o'tkir hidli moddaning ana shunday juda oz aralashmasini payqash mumkinmi?
Hay'at jamoalarning faoliyatlarini baholab, ilg'orlarga mukofotlar beradi.
Keyingi vaqtlarda quvnoqlar va zukkolar musobaqasini o'tkazish keng tarqalib bormoqda. U ikkita parallel sinflar o'rtasida maxsus uy topshiriqlari asosida o'tkaziladi. Uy vazifasidan tashqari jamoalar orasida va muxlislar orasida ham musobaqalar o'tkaziladi. Har bir jamoada 6—8 kishi, hay'at a'zolari bitta o'qituvchi va 2—4 ta yuqori sinf o'quvchisidan iborat bo'ladi.
Fizika haftaligi bir o'quv yilida 2—3 marta o'tkazilib, avval uni tashkil etuvchi kengashi tuziladi. Haftalikka atab devoriy gazeta, fotomontaj, stendlar («Fiziklar hazillashayotir», «Sirli rasmlar») chiqariladi. Haftalikda yuqori sinf o'quvchilari hamma sinflarda suhbatlar o'tkazadi, konferensiya va radioeshittirishlar tashkil qiladilar, olimlar va ilg'or ishchilar bilan uchrashuvlar uyushtiradi, filmlar festivalini o'tkazadilar. Haftalik yuqori sinf o'quvchilariga bag'ishlangan kecha bilan tugaydi.[4]
2.2.O’rta maxsus ta’limidagi Buxoro tibbiyot kolleji “Yosh fiziklar” to’garak ishlari.
Buxoro tibbiyot kolleji “Yosh fiziklar” to’garak ishining nizomi.
1.Har bir to’garak a’zosi kollej ichki tartib intizomiga rioya qilishi va o’z intizomi bilan boshqalardan ajralib turishi
2.Yaxshi va a’lo baholarda o’qishi
3.To’garak yig’ilishlarida faol ishtirok etish
4.Qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish
5.To’garakka berilgan ballarni va amaliy ko’nikmalarni chuqur egallashi lozim.
“Yosh fizik” to’garagining maqsadi
1.Talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtirish va saviyasini oshirish
2.Tanlangan kasbga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish va uni rivojlantirish
3.Talabalarni ijodiy ishlarga qiziqtirish va mustaqil fikrlashni o’stirish
4.Fanlararo bog’lanishni kuchaytirish
5.Guruhlar orasida do’stona munosabatni mustahkamlash
6.Talabalarni anjuman va ko’rik tanlovlariga tayyorlash.
“Yosh fizik” to’garagidagi mashg’ulotlarning mavzularidan biri:
MAVZU:
|
Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini.
|
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
O‘quv soati – 45min
|
O’quvchilar soni: 15 ta
|
O‘quv mashg‘ulot shakli
|
Aralash
|
Ma’ruza rejasi
|
Qaytar va qaytmas jarayonlar.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini.
Ikkinchi tur „perpetuum mobile“.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
|
a) talimiy maqsadi:
- Qaytar va qaytmas jarayonlar haqida bilimlarga ega bo’lish;
- Termodinamikaning ikkinchi qonuni tadbiqini o’rganish.
b) Tarbiyaviy maqsadlari:
- mavzularni o‘rganish borasida ma’naviy barkamol muttaxassislar tayyorlash.
- o‘z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishini tarbiyalash .
v) rivojlantiruvchi maqsadi:
- o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
- o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni va mustaqil mulohaza yurutishni shakllantirish.
- o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini o‘stirish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O‘quv faoliyati natijalari:
|
Qaytar va qaytmas jarayonlar haqida umumiy tushuncha berish;
Termodinamikaning ikkinchi qonuni qo’llanilishi tushuntirish.
|
Qaytar va qaytmas jarayonlar bilan tanishtiriladi;
Termodinamikaning ikkinchi qonuni qo’llanilishi va uning amaliy ahamiyatini yoritib beriladi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |