Tarbiyachi-pedagogning kompetentlik transformatsiyasi. Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
Pedagogika fanlari falsafa doktori., v/b dotsent
Rasulxo’jayeva M.A.
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim yo’nalishi magistiri
Urinova.Z.O‘
Annotasiya: Maqolada zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachining kompetentsiyalari, tarbiyachining kasbiy faoliyatida kompetensiyaga asoslangan yondashuv, pedagogika tarixi bo'yicha tarbiyachining kasbiy faoliyati sifati, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachining kasbiy faoliyati bilan bog'liq ilmiy-nazariy masalalar, tarbiyachi shaxsining kasbiy o'zgarishini tashkil etish.
Kalit so’zlar:nutqning aniqligi, ilmiy bilim, ijodkorlik, kasbiy kompetensiyalar, nutqning sofligi, falsafiy tizimlar.
Аннотация: В статье расматриваются компетенции воспитателя в современных организациях дошкольного образования, компетентностный подход в профессиональной деятельности воспитателя, качества профессиональной деятельности воспитателя в истории педагогики, а также научно-теоретические вопросы, связанные с организацией профессиональной трансформации личности педагога.
Ключевые слова: точность речи, научные знания, креативность, профессиональные компетенции, чистота речи, философские системы.
Annotation: The article examines the competencies of a teacher in modern preschool education organizations, the competency-based approach in the professional activity of a teacher, the quality of a teacher’s professional activity in the history of pedagogy, as well as scientific and theoretical issues related to the organization of professional transformation of a teacher’s personality.
Key words:accuracy of speech, scientific knowledge, creativity, professional competencies, purity of speech, philosophical systems.
Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachisi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajara olishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, shu bilan birga umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi va fiziologiyasi hamda shu kabi fanlarni mukammal egallagan bo‘lishi lozim1.
Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari maktabgacha yoshdagi bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks etishi kerak:
Nutqning aniqligi.
Nutqning irodaviyligi.
Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.